Pike finaldagi penalti haqida: "Italiyaga yana birinchi bo'lganlari yordam berdi. Ispaniya bilan o'yindagidek ularda xato qilishga huquq bor edi"
13 iyu 2021 07:28
Yangiliklar
Pike finaldagi penalti haqida: "Italiyaga yana birinchi bo'lganlari yordam berdi. Ispaniya bilan o'yindagidek ularda xato qilishga huquq bor edi"
"Barselona" himoyachisi Jerar Pike Italiya terma jamoasining Evro-2020dagi g'alabasi haqida gapirdi.
"Italiya haqli ravishda Evro-2020da g'alaba qozondi. Tabriklayman. Bu turnirning eng yaxshi jamoasi.
Albatta, ular penaltini birinchi bo'lib tepganlari yana ularga foyda qildi. Ispaniya bilan o'yinda bo'lganidek, ularda xato qilishga huquq bor edi. SHu sabab ular o'yinda qolishdi, hatto xato qilgan bo'lsalar ham", - deydi Pike.
Eslatib o'tamiz, Evro-2020da barcha 4ta penaltilar seriyasida birinchi bo'lib 11 metrlik nuqtadan zarba bergan jamoalar g'olib bo'lishdi. Pike oldinroq birinchi bo'lgan jamoaga bu ustunlik berishi, ikkinchi tepadigan jamoada bosim ko'p bo'lishini aytgandi.
Futbolchi ABBAABBAAB formatidagi yangi penaltilar seriyasini taklif etgandi.
Fikrlar