So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  0 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  1 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  1 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  10 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

PFL: Sergey Lushan "Bunyodkor" bilan sudlashmoqda Yangiliklar

PFL: Sergey Lushan "Bunyodkor" bilan sudlashmoqda

Yaqindagina Jizzaxning “So'g'diyona” klubi bosh murabbiyi Sergey Lushchan jamoasi bilan shartnomasini uzaytirganligi haqida xabar qilingandi. PFL ushbu xabarga o'z munosabatini bildirdi.

O'zbekiston Professional futbol ligasi “So'g'diyona” futbol klubi bosh murabbiy Sergey Lushchan bilan shartnomani uzaytirishi borasidagi xabarlar paydo bo'lganidan kelib chiqib, quyidagilarni malum qiladi va klubni rasman ogohlantiradi.

1) Sergey Lushchan ayni vaqtda “Bunyodkor” futbol klubi bilan sudlashayotganidan va bu ishni O'FAni chetlab o'tib, boshqa organga oshirganidan kelib chiqib, rasman tushuntirish berishi kerak bo'ladi. Yo'qsa, PFL mazkur ishni O'FA ijroqo'mi byurosiga qadar oshirib, FIFA nizomlariga zid harakati uchun Lushchanni O'zbekistonda faoliyat olib borishini cheklash bo'yicha ish ochishni so'raydi. 

2) Sergey Lushchan “Bunyodkor” klubi bilan shartnoma tuzayotgan vaqtida ayrim qonun hujjatlariga zid keluvchi holatlarga yo'l qo'ygan bo'lishi mumkin. “Bunyodkor” futbol klubining mazkur shubhasi o'z tasdig'ini topsa, har ikki tomon bu masala yuzasidan tegishli organlar oldida javob berishi kerak bo'ladi.

3) “So'g'diyona” futbol klubining Professional futbol ligasi oldida qarzdorligi mavjud. 2019 yilgi mavsum uchun klublarni licenziyadan o'tkazish reglamenti allaqachon “So'g'diyona” klubiga elektron shaklda jo'natildi va PFL rasmiy saytida elon qilindi. Demak, qarzdorligi mavjud klublar transfer oynasida faol bo'la olmaydi. Bu holat bosh murabbiylar bilan tuziladigan shartnomalarga taalluqlidir.

Reyting: -23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика