So’nggi yangiliklar

11:05Расман: Асрор Алиқулов "Шўртан" билан уч ойлик шарнома имзолади  3 10:44"Бунёдкор" ва "Насаф" "Олимпия" стадионида жанговар дуранг ўйнашган баҳсдан ГАЛEРEЯ  0 10:12Пролига. Бугун иккита дерби бор  0 09:44Манчестер жамоалари "Бавария" футболчиси учун курашмоқчи  0 09:17Рустам Ашурматов Каннаворонинг терма жамоага мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  23 08:51"Ал Ҳилол" Кейнга жуда катта маош таклиф қилмоқчи  5 08:40Туркия Суперлигаси. Гюндоган "Галатасарой" сафидаги илк голини урди ва жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  0 08:20Суперлига. Бугун тур якунланади  4 07:53МЛС. Месси учта ассист берган баҳсда "Интер Майами" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  10 03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  1 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  1 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  4 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0 02:08Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Вильярреал"ни таслим этди  11 02:04А Серия. "Интер" ва "Кромонезе" ўртасидаги ўйинда 5 та гол урилди  0

PFL: Rashidov uchta o'yinga diskvalifikaciya qilindi Yangiliklar

PFL: Rashidov uchta o'yinga diskvalifikaciya qilindi

O'zbekiston Professional futbol ligasi Tartib-intizom qo'mitasining yig'ilishi bo'lib o'tdi va unda quyidagi qarorlar qabul qilindi.

Oliy Liga

Oliy Liga 14-turida Qo'qon-1912 jamoasiga qarshi o'yinda hakamga nomaqbul so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan So'g'diyona yarim himoyachisi Sanjar Rashidov 3 o'yinga diskvalifikaciya qilindi va jarimaga tortildi.

Yoshlar Ligasi

So'g'diyonaga qarshi 13-tur o'yinida hakam yordamchisiga nomaqbul so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan Navbahor darvozaboni Nodirjon Ashurmatov 3 o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Neftchi jamoasi bilan 14-tur o'yinida hakamlar brigadasiga nisbatan nomaqbul so'zlar  ishlatgani uchun Mashal murabbiyi Ruslan Ahmedov 5 o'yinga chetlatildi.

Bunyodkorga qarshi 14-turda agressiv xatti-harakati uchun maydondan chetlatilgan Buxoro yarim himoyachisi Burxon Hasanov 3 o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Obod klubiga qarshi 5-tur bellashuvida agressiv xatti-harakati uchun maydondan chetlatilgan Paxtakor yarim himoyachisi Kamron Saidazimov 2 uchrashuvga diskvalifikaciya qilindi.  

Dinamo jamoasi bilan 15-tur o'yinida raqibiga nisbatan nomaqbul so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan Mashal himoyachisi SHahzod Abdurahimov 2 o'yinga diskvalifikaciya qilindi.

Dinamoga qarshi 15-tur o'yinida raqibini nomaqbul so'zlar bilan atagani uchun maydondan chetlatilgan Mashal himoyachisi SHoxjahon Qilichev 2 o'yinda diskvalifikaciya qilindi.

Birinchi Liga

NBU-Osiyo klubiga qarshi 14-turda hakamga nisbatan nomaqbul so'zlar ishlatgani uchun maydondan chetlatilgan Xorazm murabbiyi G'ayrat SHixov 5 o'yinga chetlatildi va jarimaga tortildi.

Norin jamoasi bilan 16-tur uchrashuvida ikkinchi sariq kartochkani olib, maydonni tark etgan va shundan keyin zaxira hakamini nomaqbul so'zlar bilan atagan Lokomotiv-BFK himoyachisi Nurbek Sidabullaev  3 o'yinga chetlatildi.

Reyting: -11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика