So’nggi yangiliklar

08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  3 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  32 02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  2 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  2 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  12 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  2 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3

PFL hamda MTRK o'zaro kelishib, Superliga taqvimini o'zgartirdi Yangiliklar

PFL hamda MTRK o'zaro kelishib, Superliga taqvimini o'zgartirdi

Teglar :  PFLSuperliga
O'zbekiston Superligasi taqvimidagi birinchi o'zgarish FIFA kunlari sabab ro'y berdi.

Milliy terma jamoa murabbiylari shtabi “Lokomotiv” hamda “Paxtakor” klublaridan uch nafardan ziyod futbolchini Marokashga olib ketgach, mazkur jamoalar Reglamentda ko'rsatilgani bo'yicha o'yinlar vaqtini o'zgartirishni so'rab, PFLga murojaat qilishdi.

To'g'ri, Marokashga qarshi bellashuv bo'lib o'tishi dekabr oyidayoq malum bo'lib ulgurgandi. Ammo unda milliy terma jamoa murabbiylar shtabi terma tarkibiga qaysi klubdan kimlarni jalb etishi malum emasdi. PFL esa murabbiylar nomidan ish tutib, taxminiy taqvimni tuzib chiqa olmaydi.
 
Keyinroq O'FA Urugvayga qarshi o'rtoqlik o'yini masalasida ham kelishuvga erishdi. Ungacha esa may oyida JCH-2018 ning yana bir ishtirokchisi Eronga qarshi uchrashuv o'tkazish hal etilgandi. Mazkur o'yinlar FIFA kunlariga to'g'ri kelmaydi. Demak, taqvimda o'zgartirish qilishga ehtiyoj bor.
 
Bunda bir jihatga etiborni qaratish lozim. O'zbekiston milliy terma jamoasi o'rtoqlik o'yinlari bo'yicha kelishuvga erishgan raqiblarning barchasi Rossiya mundialida ishtirok etadi. Ularga qarshi o'yinlar birinchi galda futbolchilarga mahorat  maktabi vazifasini o'tab beradi. Qolaversa, O'FAning xalqaro maydondagi imidjiga ijobiy tasir ko'rsatadi. SHundan kelib chiqib, taqvimdagi o'zgarishlarni OAV hamda futbol muxlislari to'g'ri tushunishlarini istardik.
 
2019 yilgi mavsumda Osiyo Kubogi, Osiyo o'yinlari, Jahon chempionati kabi musobaqalar taqvimga tasir o'tkazmaydi.  PFL 2018 yilgi taqvimni tuzishda JCH-2018 uchrashuvlarini intizor kutayotgan o'zbekistonlik futbol muxlislarining talab va istaklarini birinchi planga olib chiqqan hamda Superliga o'yinlarini bu vaqtda parallel o'tkazmaslik borasida qaror chiqargan. Yuqoridagi musobaqalar rejaga tasir o'tkazmaydigan 2019 yilda esa O'FA ham o'rtoqlik uchrashuvlarini FIFA kunlariga belgilash yo'lida ish olib boradi. Natijada PFL ham barcha jihatlarni oldindan inobatga olib, taqvim o'zgarmasligi uchun intiladi.

Quyidagi taqvim o'zgarishlarida Urugvay hamda Eronga qarshi o'yinlar inobatga olindi. SHuningdek, O'zbekiston Kubogining formati o'zgarayotgani ham taqvimda o'z ifodasini topdi (bu haqda biroz keyinroq to'liq malumot beriladi). Xalqaro maydonda O'zbekiston sharafini himoya qilayotgan klublarning uchrashuvlari va Superliga markaziy o'yinlarining iloji boricha yaxshiroq kun va soatlarga belgilanishi masalasi qayta ko'rib chiqildi.
 
Va albatta, “Sport” telekanali hamda MTRK rahbariyatining takliflari ham taqvim o'zgarishida inobatga olindi. 2018 yilgi mavsumdan boshlab “Sport” telekanali Superliganing barcha o'yinlarini jonli ko'rsatishga harakat qilyapti. Biroq taqvimdagi zichlik sabab bazi tur bellashuvlari ikki kunda o'tishi ko'rsatilgandi. Yangi taqvimda shunday turlar nisbatan kamaytirildi. SHuningdek, telekanal ij rejasiga halal berishi mumkin bo'lgan jihatlar ham inobatga olindi. Endilikda Buxoro va Navoiy, shuningdek, vodiy klublari ishtirokidagi uchrashuvlar bir kunga to'g'ri kelmaydi. Bu jihat uchrashuvlar translyaciyasi masalasiga ijobiy tasir ko'rsatadi.

PFL hamda O'FA futbol birinchi galda muxlislar uchun o'ynalishi kerak deb hisoblaydi hamda ular uchun qulaylik tug'diradigan ishlarni amalga oshirishda davom etadi.

Superliganing o'zgartirish kiritilgan taqvimi:

2 aprel (dushanba).  OCHL.
“Nasaf” – “Persepolis” (Eron)
3 aprel (seshanba). OCHL.
“Al-Vaxda” (BAA) – “Lokomotiv”

5-tur
5 aprel (payshanba)

«Neftchi»  – «AGMK»                    18:00
«Qizilqum»  – «Bunyodkor»           20:00
6 aprel (juma)
«Metallurg»  – «So'g'diyona»          20:00
«Buxoro» – «Paxtakor»                 18:00
7 aprel (shanba)
«Lokomotiv»  – «Qo'qon-1912»      18:00
«Navbahor»   – «Nasaf»                 20:00
 
6-tur
11 aprel (chorshanba)

«So'g'diyona» – «Navbahor»             18:00
«Bunyodkor»  – «Metallurg»          18:00
«Nasaf» – «Lokomotiv»               20:00
12 aprel (payshanba)
AGMK – «Qo'qon-1912»                  18:00
«Paxtakor»  – «Qizilqum»           18:00
«Neftchi»  – «Buxoro»                   20:00
 
15-16 aprel
O'zbekiston Kubogi. 1/16 final.

 
16 aprel (dushanba). OCHL.
“Al-Vasl” (BAA) – “Nasaf”
17 aprel (seshanba). OCHL.
“Lokomotiv” – “Zobaxan” (Eron)
 
7-tur
19 aprel (payshanba)
«Buxoro» – AGMK
«Metallurg» – «Paxtakor»
20 aprel (juma)
«Qizilqum» – «Neftchi»
«Navbahor» – «Bunyodkor»
21 aprel (shanba)
«Lokomotiv» – «So'g'diyona»
«Qo'qon-1912» – «Nasaf»
 
8-tur
24 aprel (seshanba)

«Neftchi»  – «Metallurg»
«Buxoro» – «Qizilqum»
25 aprel (chorshanba)
«Paxtakor»  – «Navbahor»  
«So'g'diyona» – «Qo'qon-1912»
26 aprel (payshanba)
AGMK – «Nasaf»
«Bunyodkor»  – «Lokomotiv»
 
9-tur
29 aprel (yakshanba)

«Navbahor»   – «Neftchi»
«Qizilqum»  – AGMK
«Lokomotiv»  – «Paxtakor»
30 aprel (dushanba)
«Nasaf» – «So'g'diyona»
«Qo'qon-1912» – «Bunyodkor»
«Metallurg»  – «Buxoro»
 
10-tur
4 may (juma)

«Bunyodkor»  – «Nasaf»
«Neftchi»  – «Lokomotiv»
5 may (shanba)
«Qizilqum»  – «Metallurg»
«Buxoro» – «Navbahor»  
6 may (yakshanba)
«Paxtakor»  – «Qo'qon-1912»
AGMK – «So'g'diyona»
 
7,8,9 may. OCHL. 1/8 final.Dastlabki uchrashuvlar.
 
11-tur
10 may (payshanba)

«Lokomotiv»  – «Buxoro»
«Metallurg»  – AGMK
11 may (juma)
«Qo'qon-1912» – «Neftchi»
«Nasaf» – «Paxtakor»
12 may (shanba)
«Navbahor»   – «Qizilqum»
«So'g'diyona» – «Bunyodkor»
 
14, 15, 16 may. OCHL 1/8 final. Javob uchrashuvlari.
 
17 may (payshanba).
O'rtoqlik uchrashuvi. Eron - O'zbekiston

 
IKKINCHI DAVRA

 
12-tur
20 may (yakshanba)

«Nasaf» – «Neftchi»
AGMK – «Bunyodkor»
21 may (dushanba)
«So'g'diyona» – «Paxtakor»
«Qo'qon-1912» – «Buxoro»
22 may (seshanba)
«Lokomotiv»  – «Qizilqum»
«Navbahor»   – «Metallurg»
 
13-tur
25 may (juma)

«Buxoro» – «Nasaf»
«Neftchi»  – «So'g'diyona»
«Paxtakor»  – «Bunyodkor»
26 may (shanba)
«Navbahor»   – AGMK
«Metallurg»  – «Lokomotiv»
«Qizilqum»  – «Qo'qon-1912»
 
29-30 may.
O'zbekiston Kubogi. 1/8 final.

 
14-tur
2 iyun (shanba)

«Lokomotiv»  – «Navbahor»    
AGMK – «Paxtakor»
«So'g'diyona» – «Buxoro»
3 iyun (yakshanba)
«Nasaf» – «Qizilqum»
«Qo'qon-1912» – «Metallurg»
«Bunyodkor»  – «Neftchi»
 
7 iyun (payshanba)
O'rtoqlik uchrashuvi. Urugvay - O'zbekiston

 
15-tur
10 iyun (yakshanba)

«Buxoro» – «Bunyodkor»
«Navbahor»   – «Qo'qon-1912»
11 iyun (dushanba)
«Qizilqum»  – «So'g'diyona»
«Neftchi»  – «Paxtakor»
12 iyun (seshanba)
«Lokomotiv»  – AGMK
«Metallurg»  – «Nasaf»
 
14 iyun – 7 iyul.  JCH-2018.
16-tur
8 iyul (yakshanba)

AGMK – «Neftchi»
«Paxtakor»  – «Buxoro»
«Nasaf» – «Navbahor»  
9 iyul (dushanba)
«So'g'diyona» – «Metallurg»
«Bunyodkor»  – «Qizilqum»
«Qo'qon-1912» – «Lokomotiv»
 
10-11 iyul. JCH-2018
 
12-13 iyul
O'zbekiston Kubogi. 1/4 final

 
14-15 iyul. JCH-2018
 
17-tur
17 iyul (seshanba)

«Qo'qon-1912» – AGMK
«Lokomotiv»  – «Nasaf»
«Qizilqum»  – «Paxtakor»
18 iyul (chorshanba)
«Metallurg»  – «Bunyodkor»
«Buxoro» – «Neftchi»
«Navbahor»   – «So'g'diyona»

22-23 iyul
O'zbekiston Kubogi.  Yarim final. Dastlabki uchrashuvlar.

 
18-tur
27 iyul (juma)

AGMK – «Buxoro»
«Bunyodkor»  – «Navbahor»  
28 iyul (shanba)
«So'g'diyona» – «Lokomotiv»
«Nasaf» – «Qo'qon-1912»
29 iyul (yakshanba)
«Neftchi»  – «Qizilqum»
«Paxtakor»  – «Metallurg»
 
19-tur
3 avgust (juma)

«Nasaf» – AGMK
«Lokomotiv»  – «Bunyodkor»
4 avgust (shanba)
«Qo'qon-1912» – «So'g'diyona»
«Qizilqum»  – «Buxoro»
5 avgust (yakshanba)
«Navbahor»   – «Paxtakor»
«Metallurg»  – «Neftchi»
 
8-9 avgust.
O'zbekiston Kubogi. Yarim final. Javob  uchrashuvlari.

 
20-tur
12 avgust (yakshanba)

AGMK – «Qizilqum»
«Paxtakor»  – «Lokomotiv»
13 avgust (dushanba)
«Neftchi»  – «Navbahor»  
«Bunyodkor»  – «Qo'qon-1912»
14 avgust (seshanba)
«Buxoro» – «Metallurg»
«So'g'diyona» – «Nasaf»
 
21-tur
17 avgust (juma)

«Lokomotiv»  – «Neftchi»
«Qo'qon-1912» – «Paxtakor»
18 avgust (shanba)
«Navbahor»   – «Buxoro»
«Metallurg»  – «Qizilqum»  
19 avgust (yakshanba)
«So'g'diyona» – AGMK
«Nasaf» – «Bunyodkor»
 
22-tur
24 avgust (juma)

«Buxoro» – «Lokomotiv»
«Neftchi»  – «Qo'qon-1912»
25 avgust (shanba)
«Paxtakor»  – «Nasaf»
AGMK – «Metallurg»
26 avgust (yakshanba)
«Qizilqum»  – «Navbahor»  
«Bunyodkor»  – «So'g'diyona»
 
27, 28, 29 avgust.  OCHL. CHorak final
 
30 avgust (payshanba)        
Zaxira kun

 
·4-turdan qoldirilgan AGMK – “Lokomotiv” jamoalari o'rtasidagi uchrashuv muddati keyinroq malum qilinadi.

Reyting: +25   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика