So’nggi yangiliklar

11:35"Навбаҳор"га РРЛда ўйнаётган ҳимоячи келмоқда  1 11:08Расман: Дмитрий Плетнёв — "Бунёдкор" футболчиси!  2 10:44"Навбаҳор" футболчиси "Қўқон-1912" ўтиши мумкин  0 10:18Санжар Қувватов: "Пахтакор"дан таклиф тушганида ўйлаб ҳам ўтирмадим"  5 09:52“Андижон” Анталияда 10 та ўртоқлик учрашувида қатнашади  6 09:25"Истанбул Башакшеҳир" футболчиси Шомуродов ва Файзуллаевнинг ўйинига юқори баҳо берди  5 08:58Шерзод Насруллаев: "Совринларим сонини кўпайтириш учун "Пахтакор"га келдим. Роналдуга қарши ўйнаш орзум бор эди"  11 08:30Sofascore. Гвардиола мақтаган Ҳусанов кечаги учрашувда неча баҳога лойиқ кўрилди?  2 08:04Камолиддин Тожиев: "Алижоновни қолди десак бўлади. Иккита ҳужумчи олсак..."  2 07:32Гвардиола кечаги ўйиндан сўнг Ҳусанов ҳақида фикр билдирди  9 03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  1 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  11 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  29 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  33

PFL Championat.asia sayti xodimlarining akkreditaciyalarini bekor qildi Yangiliklar

PFL Championat.asia sayti xodimlarining akkreditaciyalarini bekor qildi

Teglar :  akkreditaciyaPFL
PFL rasmiy saytida bugun mana shu xabar chiqdi.

Ushbu xabarning eng asosiy qismini taqdim etamiz. 


...SHunday bir davrda butun o'zbek futboli jamoatchilgi birlashib, milliy futbolimizni ko'tarishga urinayotgan paytda chempionat o'yinlarini yoritib kelayotgan nashrlardan biri – championat.asia sayti ayrim noxaqliklarga yo'l qo'yib, jamoatchilikning fikrini salbiy tomonga og'ishiga sabab bo'lmoqda.

Tarqatayotgan malumotning haqqoniyligiga to'la ishonchi hosil qilib o'tirmasdan, faqat to'liq asosga ega faktlarni taqdim etish va umumjoriy normalarga, jurnalistik etikaga rioya qilish o'rniga mazkur saytning bir qator vakillari o'z maqolalarida O'zPFL, uning xodimlari va o'tkazilayotgan tadbirlar ishtirokchilarining haq-huquqlari, qarashlari va kasbiy obro'sini behurmat qilayotgani ko'pchilikning dilini hira qilmoqda.

Professional futbol ligasi milliy chempionatimiz va kubok uchrashuvlarini yoritib boradigan barcha OAV ishini xurmat qilgani boisdan championat.asia saytining davomiy maqola va turli ijtimoiy tarmoqlardagi noo'rin chiqishlariga munosabat bildirmay kelayotgan edi. Lekin ushbu nashr vakillari chegaradan chiqishda davom etaverganliklari sabab O'zPFL mazkur sayt hodimlarining O'zbekiston chempionati va kubogini bevosita voqea joyidan yoritib borish imkonini beradigan akkreditaciyalarini bekor qilishga qaror qildi.

O'zPFL tomonidan o'tkaziladigan tadbirlarda OAV xodimlarini akkreditaciyadan o'tkazish tartibiga ko'ra, Akkreditaciyadan o'tgan OAV va ularning vakillarining huquq va majburiyatlariga quyidagilar kiradi:

O'zPFL, uning xodimlari va O'tkazilayotgan Tadbir ishtirokchilarining haq-huquqlari, qarashlari va kasbiy obro'sini hurmat qilish;

Tarqatayotgan malumotning haqqoniyligiga to'la ishonchi hosil qilish, faqat to'liq asosga ega faktlarni taqdim etishi, faktlarga asoslanmagan, yolg'on malumotlarni tarqatmaslik, umumjoriy normalarga, jurnalistik etikaga rioya qilish, negativ xarakterga ega malumotlarni tarqatmaslik, O'zPFL, O'zPFL vakillari va Tadbir ishtirokchilarini asossiz va isbotsiz tanqid qilmaslik;  

Tadbir yoritilayotganda Tadbirning rasmiy nomini taqdim etish.

SHu asnoda akkreditaciyadan mahrum qilish, mazkur Qoidalar va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligidan kelib chiqqan holda, tegishli OAVga ham, OAVning alohida xodimiga nisbatan ham qo'llanilishi mumkin.

OAV xodimi, u chop etgan malumotlar, syujetlar va boshqa axboriy hujjatlarda O'zPFL faoliyati, Tadbirlar haqida noto'g'ri va buzib ko'rsatilgan malumotlar chop etilgan taqdirda, boshqa holatlarda esa mazkur Qoidalar va Tadbir o'tkazilayotgan joydagi ahloq va tartib-intizom qoidalariga rioya qilmaganida akkreditaciyadan mahrum qilinishi mumkin.

OAV, unda bir necha bor O'zPFL faoliyati, Tadbirlar to'g'risida noto'g'ri va buzib ko'rsatilgan malumotlar, syujetlar va boshqa axboriy hujjatlar chop etilgan taqdirda akkreditaciyadan mahrum etilishi ko'rsatib o'tilgan.

Yuqoridagi sabablarni inobatga olgan holda Professional futbol ligasi championat.asia nashri hodimlarining akkreditaciyalarini bekor qildi...

Reyting: -168   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика