So’nggi yangiliklar

00:10Саудия Арабистони. Обамеянгнинг голи "Ал Насср"ни мағлуб қилди, Роналдудан 911-гол  10 23:52Бундеслига. "Бавария" - "Аугсбург" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:33Россия. "Рубин" "Акрон"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  0 23:17Рубен Аморим: "Ўзимга, футболчиларга ва клубга ишонаман"  0 22:44Месси Флик "Барселона" бош мураббийи бўлгани ҳақида гапирди  5 22:08"Интер Майами"ни ким бошқариши аниқ  0 21:48Виталий Левченко: "Нефтчи"да ёшлар йўқ? Бунинг учун шароитлар йўқ"   4 21:35Рўзиқул Бурдиев: "Чемпионатда ҳеч қандай мақсад қолмаган"  12 21:09Жамшид Саидов: "Ёш болалардек ўйнадик, рақиб бизни янчиб ташлади"  0 20:57Сергей Лушчан: "Навбаҳор" футболчилари "Нефтчи"га ўтяпти? Балки..."  2 20:33Суперлига. "Навбаҳор" "Қизилқум"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 20:21"Пахтакор" 8 йил олдинги антирекордини такрорлади  2 20:15Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Қизилқум"ни 5:1 ҳисобида мағлуб этди  22 20:00Ямаль "Сельта"га қарши ўйнамайди  2 19:42Франция футбол Федерация ПСЖнинг "Мбаппе иши" бўйича апелляциясини рад этди  0

PFL bosh direktori Omon G'ofurov bilan yangi mavsumdan oldin ochiq-oydin suhbat Yangiliklar

PFL bosh direktori Omon G'ofurov bilan yangi mavsumdan oldin ochiq-oydin suhbat

Yangi mavsumdan oldin PFL bosh direktori Omon G'ofurov www.championat.asia saytiga eksklyuziv intervyu berdi.

- Yangi mavsumdan legionerlar limiti oshishi haqida gap-so'zlar bor. Bu qanchalik haqiqat?
- Bu bor gap. 2018 yilda Superligada legionerlar uchun limit 3+1 emas 4+1 bo'lishi mumkin. Yaqin orada bu borada rasmiy xabar beramiz.

- Yangi mavsumda klublarning badal pullari qancha bo'ladi?

- Hozir aniq bir summani ayta olmayman. Taxminan 500 million so'mga yaqin bo'lishi kutilmoqda. Buni ichiga ayollar va mini-futbol jamoalari xarajatlari ham kiradi. Yaqin bir hafta ichida 2018 yilning reglamenti tayyor bo'ladi.

- Bizda ham qachondir klublar uchun mukofot pullari berishni joriy qilsa bo'ladimi?

- Barchasi moliyaviy holatga bog'liq. Yaqinda Yaponiyada bo'lib qaytdim. U erdagi klublarning marketingiga havas bilan qarash mumkin. Hozirda muzokaralar ketmoqda, agar barchasi ijobiy yakunlansa Superliganing titul homiysi bo'ladi. Bundan tashqari turli kompaniya va tashkilotlarga hamkorlik bo'yicha takliflarni yubordik. Futbol chet elda biznes, bizda ham shunday bo'lishi kerak. Agar yuqoridagi homiylar bilan kelisha olsak siz aytgandek sovrindorlarga PFL mukofot pullarini to'lashi mumkin.



- O'tgan yil oliy liga klublari bosh murabbiylarida PRO licenziyasi bo'lmasa ular ishlay olishmaydi deyishgandi. Ammo amalda bunday bo'lmadi.

- PRO licenziyasini olgan murabbiylar qayta imtixon topshirishadi.

- Ushbu mavsum oxiridan boshlab hakamlarning ballari elon qilinmayapti. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Bilasizmi, bu FIFA standartlariga ko'ra amalga oshirildi. Bundan keyin hakamlarning ballari elon qilinmaydi. SHu paytgacha nazoratchilar hakamlarga baho qo'yishgan bo'lsa, endilikda nazoratchilar referilarga o'yinlardan so'ng kamchiliklarini va yutuqlarini tushuntirishadi. SHu o'rinda yana bir yangilikni sizlarga birinchi bo'lib aytishim mumkin. Yangi mavsumdan boshlab hakamlarning maoshlari ikki baravar oshadi. Bu oraqali ularning yanada halol bo'lishlariga va hech kimning qo'liga qarab qolmasliklariga yordam bersa kerak.

- Pro-ligada 24 yoshdan katta futbolchilar o'ynamasligi haqida xabar ko'plab muhokamalarga sabab bo'ldi. Bu borada PFLning poziciyasi qanday?

- To'g'ri, bu borada ham ko'plab murojaatlar va muhokamalar bo'ldi. O'zbekiston terma jamoasi kelajagi uchun shunday qarorga kelgandik. Sababi yosh futbolchilarga shu orqali yo'l ochilmasa ular o'z vaqtlarini zaxirada kutib o'tiraverishardi. Biroq PFL klublarning iltimoslarini inobatga oldi va yangi mavsumdan boshlab pro-ligada 24 yoshdan katta futbolchilarning ham o'ynashiga ruxsat berdi. Lekin, bitta jamoa safida 60 foiz yoshlar, 40 foiz 24 yoshdan katta futbolchilar maydonga tushishlari lozim bo'ladi.

- Superliga klublari uchun esa tarkibda 19 yoshli futbolchi shart etib belgilandi. Bu yosh futbolchilarning raqobatsiz asosiy tarkibga kirishiga sabab bo'lmaydimi?

- To'g'ri, gapingizda jon bor. Buni ham juda ko'p o'yladik. Biroq suniy ravishda yoshlarni asosiy tarkibga qo'shmasak ham bo'lmasdi. Bizda nari borsa 2-3ta klubda yosh futbolchilar maydonga tushishadi. Bu juda kam ekanligi barchaga tushunarli. Ushbu qarorga ko'ra 2018 yilda Superligada kamida 12 nafar yosh futbolchi muntazam ravishda o'yin amaliyotiga ega bo'ladi. Bu hozir yoki keyingi yil sezilmasligi mumkin, ammo yaqin yillar ichida bu terma jamoamizga katta foyda keltiradi.



- Superligada o'ynaydigan 12ta jamoa nomi aniq bo'ldimi? Qura qachon qura tashlanadi?

- Yangi mavsumda Superligada 12ta klub o'ynashi 100 foiz aniq. Faqat ularning nomi malum emas. Hozirda klublardagi sharoitlar bilan tanishib chiqayapmiz. Talablarga mos kelgan klublar keyingi yil Superligada o'ynaydi. Qura yanvar oyida bo'lib o'tishi rejalashtirilmoqda.

- "Cementchi" klubi keyingi yil Superligada o'ynaydimi?

- Quvasoyga borib klubning sharoitlari bilan tanishib chiqdik. Stadion talabga javob bermaydi. Agar "Cementchi" Farg'onadagi "Istiqlol" stadionini ijaraga olsa va qolgan minimal talablarni bajarsa albatta Superligada qatnashadi. Ular birinchi ligadan haqli ravishda elitaga chiqishdi. Ammo talablarni bajara olishmasa bizni qo'limizdan hech nima kelmaydi va qatiy choralar ko'rishga majbur bo'lamiz. Ko'pchilik PFL yangi rahbari kelib talablarni qiyinlashtirib yubordi deb hisoblamoqda. Lekin bir narsani etiborga oling, bu talablar bir necha yillardan buyon PFL reglamentida bor. Biz faqat Superliga klublari qoshida futzal va ayollar jamoasi bo'lishini qo'shdik xolos. Klublarimiz bir necha yildan buyon talablarni bajarmay kelishgani uchun hozir xuddi juda qiyin masala oldida qolgandek bo'lishmoqda. Oddiy misol, muxlislar o'yinlarni kechki payt bo'lishini istashadi. Bu to'g'ri talab va xohish. Lekin klub stadionida projektor muammosi bo'lsa qanday qilib biz o'sha erda kechki payt o'yin o'tkazamiz?

- Yangi mavsumdan oldin O'zbekiston Superkubogi o'yini bo'lib o'tadimi?

- Bu borada taqvimni ishlab chiqayotgan mutaxassislarimiz ish olib borishmoqda. Agar bu o'yin uchun qulay vaqtni topa olsak albatta "Lokomotiv" va "Nasaf" o'rtasidagi Superkubogi uchrashuvi o'tkaziladi. Buni imkon qadar neytral stadionda o'tkazamiz.


Narzulla Saydullaev

Reyting: +64   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика