Breaking: Bugun soat 18:00da PFLda yig'ilish bo'lishi kutilmoqda

PFL bosh direktori Omon G'ofurov ishdan bo'shagani sababli, O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov PFLda yig'ilish o'tkazadi.

Bizga ma'lum bo'lishicha, PFL bosh direktori lavozimiga futbol ichidan chiqqan tajribali mutaxassis tayinlanadi.

Ayni paytda PFL bosh direktori lavozimiga 3 nafar nomzod ko'rib chiqilmoqda.

Bugun soat 18:00da Ravshan Ermatov boshchiligida o'tkaziladigan yig'ilishda PFLga yangi bosh direktor tayinlanadi.

Voqealar rivojini bizda kuzatib boring!

18:00: PFLga yangi rahbat etib Davron Shoqurbonov tayinlandi!

Breaking: PFLga yangi rahbar tayinlandi 


Manba: championat.asia