PFL: “Andijon” jarima intizom chorasini oladi
22 okt 2020 22:32
Yangiliklar
PFL: “Andijon” jarima intizom chorasini oladi
Futbolchi navbatdagi tur uchrashuvini o'tkazib yuborishi kerakligi belgilangan bo'lsa-da, u U-21 birinchiligining 20-turida “Bunyodkor U-21” jamoasiga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushgan. Bu bilan “Andijon” futbol klubi Professional futbol klublari uchun 2020 yilgi musobaqalar reglamentining 9.19-bandini buzdi. Unda qayd etilganidek, agar jamoa g'alaba qozonsa yoki durang o'ynasa, unga texnik mag'lubiyat yoziladi, qo'shimchasiga, O'FA Intizom kodeksiga muvofiq jarima solinadi.
“Andijon U-21” jamoasi mazkur bellashuvda mag'lub bo'lganligi sababli uchrashuv natijasi (gollar, ogohlantirish va chetlatishlar) o'z kuchida qoldi va O'FA Intizom kodeksining 5.34, 5.47-bandlariga asosan “Andijon” futbol klubiga nisbatan jarima intizom chorasi qo'llanildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar