So’nggi yangiliklar

00:49Шахзод Азмиддинов "Пахтакор" билан хайрлашди  3 00:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси "Чертаново" билан дуранг ўйнади  6 23:57"Реал" Конатени нишонга олди  2 23:28"Пахтакор" бугун Камолиддин Тожиевни бош мураббий этиб тайинлади, аммо унда Про лицензияси йўқ  1 23:14Расман: "Арсенал" Гёкерешни 63,5+10 млн еврога сотиб олди  3 22:58Гёкереш тиббий кўрикдан ўтди ва "Арсенал" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 22:35Назорат ўйини. "Нефтчи" ФарДУни аяб ўтирмади, Нимели ва Марушичдан дубль  6 22:17Александар Митрович - "Манчестер Юнайтед"нинг янги мақсади  1 21:45Назорат учрашуви. "Пахтакор" ва "Бунёдкор" жамоалари ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  8 21:22"Тоттенхэм" Родриго учун курашга киришди  1 20:47"Манчестер Сити" Эдерсонни сотишга тайёр  2 20:20Ўртоқлик ўйини. "Сурхон" "Бухоро"дан устун келди  7 19:58"Ливерпуль" Англия терма жамоаси вингерини нишонга олди  3 19:00Ўртоқлик ўйини. "Милан" Гонконгда "Ливерпул"ни мағлуб этди  4 18:40"Реал" "Арсенал" билан учрашув учун делегация тайёрламоқда  10

PFL. 3 ta holat bo'yicha olingan sariq kartochka uchun jarima to'lanadi Yangiliklar

PFL. 3 ta holat bo'yicha olingan sariq kartochka uchun jarima to'lanadi

Teglar :  PFL
Liga joriy mavsum toza o'yin vaqti va jismoniy tayyorgarlik masalasiga alohida etibor qaratishni maqsad qilgan.

Bu chempionat saviyasi yanada oshishi yo'lida muhim qadam hisoblanadi. 

Rasmiy sayt orqali 2023-yilgi mavsumda toza o'yin vaqti masalasi yoritib borildi. Bu bilan Liga antifutbolga sababchi bo'layotgan futbolchilar, murabbiylar va albatta hakamlar masalasiga urg'u berdi. Afsuski, aksar holatlarda ijobiy natija qayd eta olmayotgan klub yoki rasmiy shaxs hakamlik mavzusini asosiy planga olib chiqishga harakat qiladi. Liga esa qator holatlarda salbiy natijaga hakam emas, o'z ishiga professional munosabatda bo'lishni uddalay olmayotgan futbolchi yoki murabbiylar ham birdek javobgar ekanligini isbotlovchi faktlarga ega. Qulay imkoniyatlardan foydalana olmaslik, to'pni arzimagan holatlarda yo'qotish, jismoniy tayyorgarlik masalasi kabi holatlar bir chetda qolib, asosan hakam qarori muhokama qilinadigan jihatlar joriy mavsum inobatga olinadi. Hakam ham, futbolchi ham, murabbiy ham xatolardan holi bo'la olmaydi. Qasddan qilinayotgan xatolarga nisbatan hakamlarga jiddiy choralar ko'rilayotgani malum. 

Toza o'yin vaqtiga putur etkazayotgan holatlardan biri sifatida o'tgan mavsum bitta uchrashuvda bir o'zi 12 daqiqa vaqtni yo'q qilgan darvozabonga etibor qaratilgandi. SHuningdek, vaqtni hakam bilan tortishish uchun ketkazayotgan, VAR mutaxassisi bilan bog'lanayotgan hakamga o'z ishini bajarishda halal berayotgan futbolchi va murabbiylar uchrab turadi. Ayyorlik bilan hakamni chalg'itishga bo'lgan urinishlar ham yo'q emas. SHulardan kelib chiqib, quyidagi holatlar bo'yicha ogohlantirilgan futbolchilar 2024-yildan boshlab jarimaga tortiladi: 

a) o'yin vaqtini cho'zish oqibatida olingan sariq kartochka;

b) hakam bilan tortishish oqibatida olingan sariq kartochka;

s) hakamni chalg'itish (simulyaciya) oqibatida olingan sariq kartochka.

Associaciya hamda Liga Tartib-intizom masalasini tartibga soluvchi reglamentga kiritilayotgan o'zgarishlar to'liq tasdiqlanguniga qadar o'zaro kelishgan holda mazkur masala kuchga kirishini kechiktirmaslikka qaror qildi. Avvalroq futbolchining funkcional holatini masofadan turib monitoring qilish imkonini beruvchi texnologiya va uning xulosalari Associaciyaga taqdim etilishi jiddiy nazoratda bo'lishi aytilgandi. SHuningdek, har bir futbolchi statistikasini hisoblab boruvchi kompaniya bilan ham tez orada Superliganing barcha klubi shartnoma imzolaydi. Bu o'z navbatida o'z poziciyasi va yo'nalishida eng yaxshilarni saralash imkoniyatlarini kengaytiradi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика