So’nggi yangiliklar

19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  4 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  0 17:22"Жирона" — "Атлетико". Таркиблар маълум  0 17:10"Ал Батаэҳ" — "Ал Наср". Таркиблар маълум  3 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  4 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  3 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  33 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  6 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  11

Peshqadam "Lokomotiv" oxirgi o'rindagi "SHo'rtan" mehmoni bo'ladi Yangiliklar

Peshqadam "Lokomotiv" oxirgi o'rindagi "SHo'rtan" mehmoni bo'ladi

Teglar :  SHo'rtanLokomotiv
Oliy ligada chempionlik uchun kurashayotgan "Lokomotiv" navbatdagi turni safarda "SHo'rtan"ga qarshi o'tkazadi. G'uzorda bo'ladigan bahs har ikkala jamoa uchun ham muhim ahamiyatga ega.

Negaki "Loko" chempionlik sari harakat qilayotgan bo'lsa, "SHo'rtan" oliy ligada qolish uchun kurash olib bormoqda.

Oliy liganing 5-tur yakunlariga ko'ra "Lokomotiv" 13 ochko bilan birinchi o'rinda bormoqda. "SHo'rtan" hisobida esa umuman ochko yo'q va ular oxirgi o'rinni egallab turishibdi. "Lokomotiv" bungacha o'tgazilgan besh o'yindan to'rttasida g'olib bo'lib, bir bor durang o'ynagan bo'lsa, "SHo'rtan" hamma uchrashuvda imkoniyatni boy berdi.

"SHo'rtan" ortda qolgan bellashuvlarda atigi to'rtta gol urib, o'z darvozasidan 10ta to'p o'tkazib yubordi. G'uzorliklar tarkibida Laziz Ubaydullaev, Igor Taran va Abbos Omonov bittadan gol urishdi. SHuningdek, "Nasaf" himoyachisi SHerzod Azamov o'z darvozasiga to'p kiritib qo'ygan. "Lokomotiv" esa oliy ligada eng ko'p gol urgan jamoa bo'lib turibdi - 14ta. Temurxo'ja Abduxoliqov beshta gol bilan birinchi o'rinda borayotgan borayotgan bo'lsa, Sardor Mirzaev hisobida to'rtta, Marat Bikmaevda ikkita, shuningdek Kaxi Maxaradze, Sanjar SHoahmedov va Server Jeparov hisobida bittadan gol bor.  

Oliy liga-2016. "SHo'rtan" natijalari:
1-tur. "Nasaf" - "SHo'rtan" 2:1
2-tur. "SHo'rtan" - "Qizilqum" 0:1
3-tur. "Metallurg" - "SHo'rtan" 3:2
4-tur. "SHo'rtan" - "Bunyodkor" 0:1
5-tur. "Navbahor" - "SHo'rtan" 3:1

"SHo'rtan" safida gol urgan futbolchilar:
Laziz Ubaydullaev (1)
Igor Taran (1)
Abbos Omonov (1)
SHerzod Azamov ("Nasaf", avtogol)

Oliy liga-2016. "Lokomotiv" natijalari:
1-tur. "Navbahor" - "Lokomotiv" 2:3
2-tur. "Andijon" - "Lokomotiv" 1:3
3-tur. "Lokomotiv" - "Neftchi" 4:0
4-tur. "So'g'diyona" - "Lokomotiv" 1:1
5-tur. "Lokomotiv" - "Mashal" 3:1
 
"Lokomotiv" safida gol urgan futbolchilar:
Temurxo'ja Abduxoliqov (5)
Sardor Mirzaev (4)
Marat Bikmaev (2)
Sanjar SHoahmedov (1)
Kaxi Maxaradze (1)
Server Jeparov (1)

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика