Perotti: "Roma"ning muvaffaqiyatsizliklarida Di Francheskoni ayblash oson"
22 sen 2018 16:58
Yangiliklar


Perotti: "Roma"ning muvaffaqiyatsizliklarida Di Francheskoni ayblash oson"
"Roma" yarim himoyachisi Diego Perotti "Bolonya"ga qarshi A Seriyaning 5-tur uchrashuvidan oldin jamoaning joriy mavsumdagi o'yiniga to'xtaldi.
"To'g'risini aytaman, mavsumning bu bosqichida ko'proq ochko to'plab, turnir jadvalida yuqoriroq o'rinda bo'lamiz deb o'ylagan edim. Hammasini joyiga tushirish uchun vaqt bor, ammo iloji boricha tezroq o'zimizga kelib olishimiz kerak.
Hammasida murabbiyimizni ayblash oson. O'tgan mavsumda aynan Di Franchesko tufayli Evropaning eng yaxshi to'rt jamoasidan biriga aylandik. Deyarli barcha futbolchilar ushbu muvaffaqiyatda ishtirok etdi. Uch oy ichida yomon o'ynaydigan jamoaga aylanib qololmaymiz" - deydi Perotti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar