"Verona" Di Francheskoni iste'foga chiqardi

Alisher
14 sen 2021, 14:35
"Verona" rasmiy sayti klub bosh murabbiyi Eusebio Di Franchesko iste'foga chiqarilganini e'lon xabar qildi.

52 yoshli italiyalik bilan birgalikda uning butun shtabiga ham chiqish eshiklari ko'rsatildi.

Di Franchesko "Verona"ni A Seriyaning yangi mavsum startidan oldin qabul qilib olgan edi.

Jamoa dastlabki uch turda uchta mag'lubiyatni qabul qilib oldi.




O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: hellasverona.it