Perluidji Kollina: "Futbol qoidalarida hamon kamchiliklar bor"
26 apr 2014 11:28
Yangiliklar
Perluidji Kollina: "Futbol qoidalarida hamon kamchiliklar bor"
UEFA hakamlar kengashi vakili Perluiji Kollina futbol qoidalariga o'zgarishlar kiritilishi mumkinligini aytib o'tdi.
"Futbol qoidalarida hamon kamchiliklar bor. Aytaylik, futbolchi raqibni yiqitadi va sariq kartochka oladi. Jarohat olgan futbolchiga shifokorlar yordam berishadi. U maydonni tark etib yordam olayotgan vaqtda bu jamoada sondagi ustunlik bo'ladi.
Bu sport tamoyillariga mos emas. Demak, qoida buzgan jamoa bir muddat sondagi ustunlikka erishadi.
Yangi qoidalarda shikastlangan futbolchiga shifokorlar yordam ko'rsatayotgan vaqtda qo'pollik qilgan futbolchi ham maydonni tark etib turishi kerakligi haqida band bo'lishi kerak", – deydi Kollina.

Fikrlar