Perishich "Inter"da qoladi, tomonlar yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishdi
18 fev 2022 15:37
Yangiliklar
Perishich "Inter"da qoladi, tomonlar yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erishishdi
Milanning "Inter" klubi o'z tarkibida xorvatiyalik yarim himoyachi Ivan Perishichni saqlab qoladi.
Tomonlar muzokaralar o'tkazishdi va mehnat kelishuvi borasida kelishuvga erishdi.
Jurnalist Nikolo Skiraning xabariga ko'ra, xavbek "neradzurrilar" bilan 2024 yilning yoziga qadar mo'ljallangan shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. Yangi bitimga ko'ra, uning maoshi bir mavsum uchun 4,5 mln evroni tashkil etadi.
33 yoshli o'yinchining amaldagi shartnomasi joriy mavsum so'nggiga qadar mo'ljallangan.
Perishich joriy mavsum A Seriya doirasidagi 22ta o'yinda maydonga tushib, 5ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar