Perishich 20 yildan so'ng qadrdon klubiga qaytadi
19 jan 2024 17:44
Yangiliklar
Perishich 20 yildan so'ng qadrdon klubiga qaytadi
Xorvatiyalik yarim himoyachi Ivan Perishich "Xayduk"ka qaytadi.
Fabricio Romano malumotiga ko'ra, "Tottenxem" 34 yoshli futbolchini "Xayduk" klubiga ijaraga berishga tayyor.
Ayni paytda Perishich tizzasidagi jarohatini davolamoqda. Xorvatning "Tottenxem" bilan shartnomasi 2024 yil iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Malumot uchun, Perishich "Xayduk" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 20 yildan so'ng ushbu klubga qaytmoqda.
Fikrlar