Pereyra "Manchester Yunayted"ni tark etadi
06 apr 2021 13:50
Yangiliklar
Pereyra "Manchester Yunayted"ni tark etadi
"Manchester Yunayted" darvozaboni Joel Pereyra klubdan ketadi.
24 yoshli portugaliyalik futbolchi bilan manchesterliklar rahbariyati bitimni uzaytirmaslikka qaror qilishdi.
Tomonlar o'rtasidagi shartnoma 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Pereyra 2015 yildan beri "qizil iblislar" sharafini himoya qiladi.
U Angliya klubida atigi 1ta rasmiy o'yinda maydonga tushgan. U ayni damda "Xaddersfild"da ijara asosida o'ynamoqda va u erda ham CHempionship doirasida 1ta o'tkazgan.
Fikrlar