Pereyra "Manchester Yunayted"dan ketmoqchi
17 avg 2021 16:55
Yangiliklar
Pereyra "Manchester Yunayted"dan ketmoqchi
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Andreas Pereyra klubdan ketishga yaqin.
O'yinchi manchesterliklar rahbariyati bilan kelajagini muhokama qilish uchun uchrashishni rejalashtirmoqda.
Unga "Flamengo" qiziqish bildirmoqda, ammo Braziliya klubi o'yinchini ijaraga olmoqchi, bu esa MYUni qoniqtirmayapti.
O'yinchining o'zi ham boshqa klubga to'laqonli asosda o'tmoqchi. Eslatib o'tamiz, Pereyra "Manchester Yunayted"da 2015 yilda debyut qilgan.
U shuningdek ijara asosida "Valensiya" va "Lacio"da o'ynagan. Uning "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Fikrlar