So’nggi yangiliklar

01:32Лиам Росеньор: "Челси" жуда осон голларни ўтказиб юборяпти"  0 01:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога шартнома таклиф қилди, бироқ...  0 00:38Бундеслига. "Боруссия" Д суперкамбэк амалга оширди  0 00:23АПЛ. "Челси" осмонида қора булутлар: Росеньор жамоаси Ливерпулда йирик ҳисобда ютқазди  18 23:39Венсан Компани: "Рекордни янгилаймиз, деб ўйлайман. Лекин менга бу қизиқ эмас"  3 23:02Арне Слот: "Одамлар бизнинг қимматга футболчилар олиб келганимизни гапиришяпти"  6 22:35"Яйпан" дастлабки уй ўйинларини бошқа стадионда ўтказади  2 22:16"Сўғдиёна" бош мураббийи истеъфога чиқарилиши мумкин  9 22:11"Бавария" ўз рекордини янгилашга яқин  5 21:35Ўзбекистон терма жамоаси эртадан йиғинга киришади  10 21:34Бундеслига. "Бавария"да йирик ғалаба, "Байер" ғалабани қўлдан чиқарди  0 21:12Эртадан Ўзбекистон кубоги старт олади  1 21:00Клублар рейтинги. Мингталикдан Ўзбекистоннинг икки клуби ўрин олди, улар орасида "Пахтакор" йўқ  19 20:45"Ливерпуль" 10 мавсумлик антирекордини такрорлади  3 20:32Тожикистон терма жамоасига Суперлиганинг икки нафар футболчиси чақирилди  0

Peres "Real"da qoldi. U kelajak jamoasini qurmoqchi Yangiliklar

Peres "Real"da qoldi. U kelajak jamoasini qurmoqchi

Xabaringiz bor, Florentino Peres Madridning "Real" klubi prezidentligiga avtomatik ravishda qayta saylandi.

Endi afsonaviy menedjer 2025 yilga qadar mazkur vazifani bajaradi.

Florentino Peres oltinchi marta "Real" prezidenti etib saylandi    

Xorij nashrlarining taxmin qilishicha, F. Peres bu muddat ichida kelajakning "Real"ini qurishga ulguradi.
Francuz Madriddagi prezidentligining yangi davrida ham avval bo'lgani kabi katta yulduzlarni olib keladi. 2000 yillarda Figo, Bekxem va Zidan, 2009 yilda Kaka, Ronaldu va Benzema transferini amalga oshirgan Peresning yangi davrdagi ilk nishoni Mbappe bo'ladi.
"Real Madrid" rahbariyati ushbu transfer uchun barcha imkoniyatlarini ishga soladi. Franciyalik forvard keyingi 10 yilda klubning lideri bo'lishi kerak.
Kilian bilan birga "qirollik klubi" hujum chizig'ida o'ynashi reja qilinayotgan boshqa nom — Erling Xoland.
Mbappe va Xolandning "Real"ga bir mavsumda emas, turli yillarda kelishi ehtimoldan yiroq emas. Ammo, ispan matbuoti bu 2 nomning oxir-oqibat "qaymoqrangli" libos kiyishiga ishonmoqda...
Mino Rayola ham Erlingni Madridga olib o'tmoqchi. U mijozi haftasiga 1.15 million evro maosh oladigan shartnoma tuzishni mo'ljallayapti. Rayolaning bu rejasi amalga oshsa, Xoland yangi jamoasida yiliga 60 million evro ishlab topadi va futbol olamining eng ko'p pul topadigan o'yinichisiga aylanadi.
SHunday ekan, Serxio Ramos, Luka Modrich, Marselo, Karim Benzema va Toni Kroos singari klubning bugungi etakchilari tez orada o'tmishga aylanishi, ularning o'rnini yangi nomlar egallashini taxmin qilish qiyin emas. Qadrli o'quvchi, "Real"ning yaqin kelajagi haqida siz qanday fikrdasiz?
Darvoqe, Peresning eng katta loyihalaridan bir hisoblangan yangi "Santyago Bernabeu" 2022 yilning oktyabr oyida foydalanishga topshiriladi.

Muallif :
Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика