Peres megatransferni rejalashtirmoqda
11 okt 2024 17:00
Yangiliklar
Peres megatransferni rejalashtirmoqda
Ispaniyaning "Real" klubi Angliyaning "Liverpul" jamoasi hujumchisi Muhammad Saloh bilan shartnoma tuzmoqchi.
Xabar qilinishicha, Salohning ingliz klubi bilan shartnomasi kelasi yozda tugaydi va uni uzaytirishda muammolar bo'lishi mumkin – futbolchi va klub o'rtasida bu borada kelishuv yo'q.

"Real" prezidenti Florentino Peres bundan unumli foydalanib, joriy mavsum yakunida misrlik futbolchini erkin agent sifatida olib kelmoqchi. Muhammad Salohga "Real"dan tashqari Franciyaning PSJ klubi ham qiziqish bildirmoqda.
Muhammad Saloh "Liverpul"ga 2017 yilda kelgan. "Qizillar" bilan u Premer-liga chempioniga aylangan va CHempionlar Ligasida zafar quchgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
"Пахтакор" vs "Нефтчи": Қайси бирида чемпионлик имконияти катта?
АПЛ. МЮ "Тоттенхэм"ни ишончли ҳисобда мағлуб этди, "шпорлар" 29-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди
Ла Лига. "Барселона" ўз уйида "Мальорка"ни йирик ҳисобда мағлуб этди
Бензема мавсумда тўртинчи марта хет-трик қайд этди
Fikrlar