Peres: "Mbappe? Bizda "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishga qodir Vinisius va Rodrigo bor"

Sherzod Nurmatov
18 okt 2022, 15:48
"Real" prezidenti Florentino Peres "Real" yana bir bor PSJning 23 yoshli fransiyalik hujumchisi Kilian Mbappega qiziqish bildirayotgani haqidagi mish-mishlarga javob berdi.

"Mbappe haqidagi mish-mishlar? Yo'q, men bundan charchamadim, chunki bunday xabarlarni o'qimayman ham. "Real"ning kelajagi porloq. Vinisius va Rodrigo – eng yaxshi futbolchilar. Kelajakda ular "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishlari mumkin", – dedi Peres.

Mbappe joriy mavsum PSJ safida barcha turnirlarda 14 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan va transfer narxi 160 million evroga baholangan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Get French Football News