

"Mbappe haqidagi mish-mishlar? Yo'q, men bundan charchamadim, chunki bunday xabarlarni o'qimayman ham. "Real"ning kelajagi porloq. Vinisius va Rodrigo – eng yaxshi futbolchilar. Kelajakda ular "Oltin to'p"ni qo'lga kiritishlari mumkin", – dedi Peres.
Mbappe joriy mavsum PSJ safida barcha turnirlarda 14 ta o'yinda maydonga tushib, 12 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan va transfer narxi 160 million evroga baholangan.



