So’nggi yangiliklar

01:16Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Бавария"дан 10та гол қабул қилган "Окленд Сити" "Бенфика" билан ўйинда ҳам кўп гол ўтказиб юборди  0 01:05Клублар ўртасидаги ЖЧ. Жексон туғилган кунида 4 дақиқадаёқ қизил карточка олган ўйинда "Челси" мағлубиятга учради  9 00:58Асрор Алиқулов: "Айрим футболчиларимиз Суперлига даражасига тайёр эмас"  0 00:38Виртц бу рейтингда учинчи бўлди  0 00:08Рўзиқул Бердиев: "Ёзда камида 2-3 футболчини олиб келамиз"  1 23:49Виталий Левченко: "Бухоро" ўзига муносиб бўлмаган жойда"  11 23:28Расман: "Ливерпуль" Виртцни 136 млн эвазига сотиб олди  9 23:12"Бухоро" ёрдамчи мураббийи: "Ҳакам нега футболчиларимизни сўкади? Ҳакамнинг "Нефтчи"га ёрдам бериши шарт эмасди"  12 22:47ПСЖ "Борнмут"га 55 млн таклиф қилди ва рад жавобини олди  0 22:25Саудия Арабистони клублари Фермин Лопесга қизиқиш билдирмоқда. "Бавария" ҳам футболчини ўз сафида кўрмоқчи  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Бухоро" устидан қийин ғалабага эришди  35 22:00Суперлига. Ғузорда кечган воҳа дербисида "Насаф" "Машъал"дан устун келди  49 21:25"Ливерпуль" ва "Кристал Пэлас" ўртасидаги Суперкубок ўйини қачон ўтказилиши аниқ  4 21:06Онанага харидор чиқди. МЮ дарвозабонга ўринбосар топиб қўйган  1 20:45"Вулверхэмптон" 25 миллион евролик трансферни амалга оширди  0

Per-Emerik Obameyang: “Bavariya” Germaniya chempioni bo'lmaydi” Yangiliklar

Per-Emerik Obameyang: “Bavariya” Germaniya chempioni bo'lmaydi”

2015 yil Afrikaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan “Borussiya” va Gabon terma jamoasi hujumchisi Per-Emerik Obameyang “Sport Bild” nashriga bergan intervyusida sovrinni yutishi va Dortmundda qolishi haqida berilgan savollarga javob berdi.


-Tabrigimizni qabul qiling! Oxirgi kunlarda qancha xabar oldingiz?

- Aniq ayta olmayman. Telefonim ulardan tinmadi. Juda baxtliman.

- Qaysi tabrik sizni eng xursand etdi?

- Onam va oilamdan. Otam va akam marosimda men bilan birga edi. O'g'lim televizor orqali tomosha qildi. Menga sovrin topshirishganda u raqsga tushibdi. “Borussiya”dagi jamoadoshlarim tabrigidan ham xursand bo'ldim. Genrix Mxitaryan o'sha oqshom qo'ng'iroq qildi, qolganlar xabar yo'llashdi. Bu bilan faxrlanaman. Sovrin menga qanday tegishli bo'lsa, ularga ham shunday tegishlidir. SHu sababli kubokni mashg'ulot bazasiga o'zim bilan nonushtaga olib bordim.

- Gabonda sizni mamlakat qahramoni kabi kutib olishdi. O'shanda nimani his qildingiz?

- To'g'risi, ishonib bo'lmas narsalarni! Barcha aqldan ozgandi. Ko'chalarda odamlar ko'p edi! O'ylashimcha, 20 mingdan kam emasdi. Hamma bayram qildi. Meni superyulduzdek kutib olishdi. O'zimni Maykl Jekson kabi his qildim. Prezident menga medal taqqanda nimalarni his qilganimni tasvirlab berolmayman.

- Ture marosimdan keyin Afrika futbol ittifoqi vakillarini sizga ovoz berishgani uchun tanqid qildi. Bu etirozini sizga ham shaxsan bildirdimi?

- Yo'q. Uning nega bunday deganini bilmayman. Lekin shu sababli g'azabda emasman. Nima deganining farqi yo'q. Barchasi tarix. Bu mavzu meni qiziqtirmaydi.

- Endi jahon darajasidagi yulduzmisiz?

- Buni boshqalar baholaydi. Menga hurmat bilan munosabatda bo'lishni boshlashdi deb hisoblayman. Bunga erishish uchun ko'p ishladim. Lekin bu oxiri emas. Barchasi ortda qoldi va o'sha 3 kunni unutmayman. Endi oldinga qarab, sovrinlarga ega chiqish uchun mehnat qilishda davom etaman.

- Qaysi sovrinlarni nazarda tutyapsiz?

- 2016 yilda sovrinlarni qo'lga kiritishga imkoniyatimiz borligiga ishonaman. Germaniya Kubogi va Evropa Ligasida ishtirokimizni davom ettiryapmiz, bundesligada ikkinchi o'rindamiz.

- Mavsum boshida “Bavariya” Germaniya chempioni bo'lmasligi haqida aytgandingiz. Gapingizni qaytarib olasizmi?

- Yo'q! Nega bunday qilishim kerak? Pep Gvardiola yozda jamoadan ketadi. Ungacha nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Kurashsiz taslim bo'lmoqchi emasmiz. Bundesligada hech narsa hal qilinmagan. “Bavariya”ni to'xtatish qiyin bo'lishini bilamiz. Lekin imkonsiz narsa yo'q.

- Yozda 20 gol urishni xohlashingizni aytgansiz. Birinchi davrada 18 to'p kiritdingiz. Jami qancha gol urishingiz mumkin?

- Aniq miqdor qo'ymoqchi emasman. Odatda ikkinchi davrani yaxshiroq o'tkazaman. “Sent-Eten”da ham, “Borussiya”da ham shunday.

- Gerd Myuller haqida nima deysiz?

- U mavsumda 40 gol urganini bilaman. Uning o'yinlarini “YouTube”dagi roliklarda ko'rganman. Qoyilmaqom!Uning golni his qilish qobiliyati hayratlantirdi. Hujumlar orasida Gerd Myuller singari iqtidorlilari kam.

- To'purarlik uchun kurashda sobiq jamoadoshingiz Levandovski raqobatchi bo'lib turibdi. Unda yo'q qanday narsalar sizda bor?

- Unga nimadir etishmaydi deb o'ylamayman. U to'liq hujumchi. To'pni saqlaydi, pas beradi, har qanday poziciyadan gol uradi. Tez harakat qiladi, boshi bilan ishonchli o'ynaydi. Men uchun u hozir jahonning eng yaxshi hujumchisidir. U menga nisbatan universal hujumchi. Farqimiz shunda.

- Luka Toni jahonda aynan siz eng yaxshi hujumchi ekaningiz haqida gapirdi.

- U buyuk hujumchi bo'lgan! Bunday gapni eshitish yoqimli. Rahmat, Luka!

- Marosimdan keyin “Borussiya”da qolishingiz haqida aytdingiz. Uzoq muddatgami?

- Futbolda barchasi tez o'zgaradi. SHartnomam 2020 yilgacha mo'ljalangan. Bu erda bo'lish menga yoqmoqda. Jamoa bilan katta muvaffaqiyatlarga erishib, sovrinlarga ega chiqishni xohlayman. SHu sababli jamoada qolishim haqida aytdim. Fikrim faqat “Borussiya”da, boshqa joyda emas.

- Qishda aniq takliflar bo'ldimi?

- Bundesligada ko'p gol urgan futbolchisi “Borussiya”dek buyuk klubda o'ynasa, uning ketishi haqida gap-so'zlar paydo bo'ladi. Biroq bu meni umuman qiziqtirmaydi.

- Kelajagingizni aniqlab olishda Dortmundda Mxitaryan, Gyundogan va Xummels kabi muhim futbolchilarning qolishi ahamiyatga egami?

- Men, klub va jamoa uchun bu juda muhim. Umid qilamanki, ular tez orada shartnomani uzaytirishadi.

- “Borussiya”ga yana yulduzlar zarurmi?

- Bizga jahon saviyasidagi futbolchilar qo'shilsa, ajoyib bo'lardi. Lekin hozir ham bizda kuchli jamoa bor. Biz barqaror o'ynab, birinchi davraning oxirgi o'yinida bo'lgani kabi yomon uchrashuvlar o'tkazmasligimiz kerak. Hozir Germaniya va Evropada yangi darajaga chiqdik.

- Xans-Yoaxim Vacke jamoa bir futbolchiga bog'lanib qolmaganini aytdi, shundaymi?

- Albatta, axir u menga maosh to'laydi (kuladi). Jiddiy aytsam, klub bir o'yinchi yoki murabbiyga bog'lanib qolmagan. U aynan shuni aytgan. “Borussiya” bir necha marta har qanday futbolchining ketishini munosib to'ldirib, yanada kuchliroq bo'lgan.


Behzod NAZAROV tayyorladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика