Pep Gvardiola: "Umid qilamanki, Messi "Manchester Siti"ga qarshi o'ynaydi"
27 sen 2021 19:05
Yangiliklar
Pep Gvardiola: "Umid qilamanki, Messi "Manchester Siti"ga qarshi o'ynaydi"
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola PSJ hujumchisi Lionel Messi jamoalarning CHempionlar ligasidagi o'yinida ishtirok etishiga umid bildirdi.
"U karerasi davomida qilgan ishlari hayratlanarli. Umid qilamanki, ertaga u o'ynay oladi — bu chiroyli futbol uchun juda muhim.
PSJ o'tgan mavsumda fantastik jamoaga ega edi va o'rtamizdagi uchrashuvlar tengma-teng kechgandi. Endi esa ular Messini qo'lga kiritgan.
Klub bizga jiddiy raqobatchi sanaladi. Lekin bu guruh bosqichi, hammasi o'zgacha bo'lishi mumkin. Nimalar sodir bo'lishini o'yinda ko'ramiz", — deydi murabbiy.
Eslatib o'tamiz, 34 yoshli argentinalik futbolchi tizzasidan olgan jarohati tufayli Parij klubining ikki o'yinini o'tkazib yubordi.
PSJ — "Manchester Siti" uchrashuvi 28 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 23:59 da boshlanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar