Pep Gvardiola: “Manchester Siti”ning maqsadi – chorak final”
13 fev 2018 00:58
Yangiliklar
Pep Gvardiola: “Manchester Siti”ning maqsadi – chorak final”
“CHLning bu bosqichida raqiblarning saviyasi baland bo'ladi. O'ylashimcha, biz bahsni o'z nazoratimiz ostida saqlaymiz va keyingi bosqichga chiqamiz.
CHLda g'olib chiqishga qodirmizmi, yo'qmi buni bilmayman. Yigitlarimga bo'lgan ishonchim juda yuqori va ular buni bilishadi. Maqsadimiz – o'tgan yilgidan yaxshiroq qatnashish, aniqrog'i chorak finalga yo'l olish.
CHempionlar ligasida “Bazel” beshta himoyachi bilan harakatlanmoqda. Guruh bosqichida ular yorqin o'yin namoyish etishdi. Himoyada sovuqqonlik bilan harakatlanadigan kuchli jamoa. Qarshi hujmumlari judayam xavfli.
Men futbolchilarimga “Bazel”ga qarshi bahs oson bo'lmasligini tushuntirdim. Ayniqsa, safarda o'ynaganda. Ammo biz o'zimizga ishonamiz, o'ylashimcha, biz safarda ham yaxshi o'yin ko'rsata olamiz", deydi Gvardiola.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar