Pep Gvardiola: "Klopp davridagi "Liverpul" bilan raqobat orqali "Manchester Siti" ham o'sishga erishgandi"
07 noy 23:35
Yangiliklar
Pep Gvardiola: "Klopp davridagi "Liverpul" bilan raqobat orqali "Manchester Siti" ham o'sishga erishgandi"
"Manchester Siti" - "Liverpul" uchrashuvi 9 noyabr kuni o'tkaziladi.
"Agarda ushbu natijaga erishishimdagi raqibni tanlash kerak bo'lsa, albatta "Liverpul"ni tanlagan bo'lardim.
Boshqa davlatlardan ko'ra, ushbu mamlakatda men ko'proq vaqt o'tkazyapman. "Barselona" mening hayotimga katta tasir o'tkazgan: u erda men bolboy, futbolchi va murabbiy bo'lganman. "Bavariya" ham menga ajoyib tajriba taqdim qilgan.
"Liverpul", ayniqsa, Klopp bilan raqobat ushbu mamlakatda biz uchun asosiy voqelik bo'ldi.
Bu erda barchasi tezda o'zgarib ketishini yaxshi bilaman. Bir hafta oldin "Liverpul" ketma-ket 6-mag'lubiyatini qabul qilib olganida barcha: "Bu falokat", degandi. Keyin ular ikkita o'yinda yutdi: "Ular zo'r holatda". Endi murabbiylar bu holatni to'g'ri baholay olishmoqda, o'sish va pasayish bo'lib turadigan holat.
Biz "Liverpul"ga o'sishi uchun turtki berganmiz. O'sha paytdagi "Liverpul" bilan raqobat ham bizni o'sishga majbur qilgandi", - dedi Pep.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Аргентина ЖЧ-2026дан четлатилиши мумкин
Ла Лига. Рафиньянинг дубли "Барселона"га "Осасуна" устидан ғалабани тақдим этди
Туркия Суперлигаси. Шомуродовнинг гол ва ассисти "Башакшехир"га меҳмонда "Самсунспор" устидан ғалабани тақдим этди
ФИФА Туркий давлатлар Кубоги. Қулоққа қандай эшитилади?
Fikrlar