Pep Gvardiola A Seriyada ishlashi mumkin
16 okt 2018 09:32
Yangiliklar
Pep Gvardiola A Seriyada ishlashi mumkin
“Manchester Siti” ustozi A Seriya klublaridan birini boshqarishi mumkinligini inkor etmadi.
“Nima uchun yo'q? Men o'zimni Germaniya chempionatida yoki nemis tilini o'rganishimni tasavvur qilmagandim, ammo bularning hammasi sodir bo'ldi. Hozir esa Angliyadaman. Ko'ramiz, futbol meni yana qaerlarga etaklar ekan?”,—deydi Pep.
47 yoshli mutaxassisning “Siti” bilan shartnomasi 2021 yil iyuniga qadar amalda bo'ladi.
Fikrlar