Pep Artetada "barcha malumot bor"ligi haqida: "Bu 115ta ayblov ishiga tegishli bo'lishi mumkin. U aniqroq gapirishi kerak"
28 sen 2024 13:18
Yangiliklar


Pep Artetada "barcha malumot bor"ligi haqida: "Bu 115ta ayblov ishiga tegishli bo'lishi mumkin. U aniqroq gapirishi kerak"
"Arsenal" ustozi 2016-2019 yillarda "Manchester Siti" bosh murabbiyi Pep Gvardiola assistenti bo'lib ishlagan. "Etixad"da bo'lib o'tgan "Manchester Siti" hamda "Arsenal" o'rtasidagi APLning 5-tur o'yindan so'ng "shaharliklar" raqiblari haqida shunday deyishgan ekan: "To'pchilar" "qora sanat"dan foydalanishdi". Arteta bunga javoban quyidagi gapni aytgan: "Men u erda to'rt yil bo'lganman. Ishonavering, menda hamma malumot bor". Mutaxassis bu gapi bilan "Siti" ham shunday taktikadan foydalangan deyishga uringan.
"U shunday dedimi? Keyingi safar bu nimaligini tushunib olish uchun u aniqroq gapirishi kerak. Arteta biz bilan to'rt yil ishlab, "Siti"da nimalar bo'lganini yaxshi bilishini aytibdi. Ammo bu 115ta ayblov ishiga tegishli bo'lishi mumkin - balki u shuni nazarda tutgandir? Unga kerakli savollarni berishdi deb umid qilaman.
SHubhalarni kuchaytirgandan ko'ra aniqroq gapirgani yaxshi edi" - dedi "Manchester Siti" ustozi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar