Pep: "APLda 6ta sovrindan 5tasini yutgan bo'lsak, hammadan 10 ochkoga o'tib ketishimiz kerak degani emas"
01 apr 2024 20:45
Yangiliklar
Pep: "APLda 6ta sovrindan 5tasini yutgan bo'lsak, hammadan 10 ochkoga o'tib ketishimiz kerak degani emas"
Pep Gvardiola APLning 30-turida bo'lib o'tgan "Manchester Siti" - "Arsenal" o'yini (0:0) haqida fikr bildirdi.
"Jamoamni tanidim, ular bilan faxrlanaman. "Arsenal" orqaga yotib oldi. CHeklangan hududda uzatmalar amalga oshirish qiyin edi.
Ular juda yaxshi himoyalanishdi, ko'pchilik bo'lib Erlingni yopib qo'yishdi. Sabr qilib, tirqish izlashga to'g'ri keldi.
Buzib bo'lmas himoyani yorib o'tish uchun kimnidir o'ldirishimiz kerakmidi?
Biz huddi har yili 7:0 hisobida g'alaba qozonayotgandek talablar qo'yyapsiz. APLda 6ta sovrindan 5tasini yutgan bo'lsak, hammadan 10 ochkoga o'tib ketishimiz kerak degani emas" - deydi Gvardiola.
Fikrlar