So’nggi yangiliklar

17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  2 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:54"Лестер" - "Челси". Кимлар асосий таркибда?  0 16:39Суперлига. "Андижон" - "Динамо" 1:0 (матнли трансляция)  3 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  17 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  26 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  7 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1

“Penalty”. Xayrulla Karimov: “Futbolda “Yulduzlik kasali” rivojlanib ketdi” Yangiliklar

“Penalty”. Xayrulla Karimov: “Futbolda “Yulduzlik kasali” rivojlanib ketdi”

Teglar :  PenaltyGulshan
"Penalty" loyihasining ilk mehmoni "Bunyodkor" klubining tajribali himoyachisi Xayrulla Karimov bo'lgani haqida xabar bergan edik. “Qaldirg'ochlar” sardori keskin berilgan savollarga himoyachilarga xos tarzda xotirjamlik bilan javob qaytardi.
Narzulla Saydullaev: - Assalomu alaykum Xayrulla aka, “Penalty” loyihasining ilk sonida xush ko'rdik. Hamohang tarzda, 2000 yil oliy ligadagi ilk golingizni "So'g'diyona"ga qarshi o'yinda penaltidan urgansiz. Aytingchi, "penalti" atamasini kim futbolga olib kirganligini bilasizmi?
Xayrulla Karimov: - Yo'q, buni bilmas ekanman (kuladi), lekin javobini aytsangiz, eslab qolaman.
- Penaltini irlandiyalik Uilyam Makkram o'ylab topgan. Uning g'oyasi “death penalty” (“qatl etish”) deb atalgandi. Futbol qoidalariga penalti 1891 yilda kiritilgan.



Gulshan Sadullaeva: - Kitob mutolaasi futbolchining o'yin saviyasiga qanchalik tasir o'tkazadi deb hisoblaysiz?
- Mutolaaning tasiri har doim kuchli. Futbol ham bir sanat. Ishni sanat asari darajasiga chiqarish uchun ham kitob o'qish, o'rganish kerak. Kitob o'qigan odamning xotirasi mustahkam bo'ladi. Tan olish kerak, futbolchilar orasida kitob o'qiydiganlar juda kam. O'zimga kelsak, yaqinda “Saodat asri qissalari” kitobini o'qib tugatdim.

Narzulla: - To'raqo'rg'onlik To'ychivoy aka Ibragimov haqida gapirib bersangiz...
- To'ychivoy aka Ibragimov mening birinchi murabbiyim bo'ladilar. Futbol olamiga kirib kelishimda ularning hissalari juda katta. Bu insonning ishga bo'lgan munosabati, yoshlar bilan ishlay olish mahorati tengsiz edi. Futbolda eng iqtidorli yoshlarni tanlab olish bazan qiyin kechadi. Sababi, yoshligida ko'pchilik yaxshi o'ynashi mumkin. Ammo balog'atga etganda ko'pchilik bolalarning o'yinida pasayish kuzatiladi. To'ychivoy aka shu narsani oldindan ko'ra biladigan, o'z ishiga yurakdan yondoshadigan inson. Bugungi yutuqlarim zamirida ularning mehnatlari ham yotibdi. Ustozimga qancha minnatdorchilik bildirsam oz.

Gulshan: - Futboldan tashqari qaysi hunarni egallagansiz yoki o'rganishni xohlardingiz?
- Futbol o'ynab yurgan yoshlik chog'larimda ham mol boqishga, qo'y boqishga juda qiziqardim. Ham mashg'ulotga, ham fermerchilikka ulgurganman. Agar futbolchi bo'lmaganimda, balki fermer bo'lishim mumkin edi.



Narzulla: - O'zbekiston termasi safida 2007 yilgi Osiyo Kubogida qatnashgansiz. O'sha musobaqani yodga olamiz. Tashkilotchilik, o'yinlar, jamoadagi muhit...
- To'g'ri aytasiz, to'rtta mamlakatda bo'lib o'tgan musobaqada ishtirok etganmiz. O'shanda jamoaga Rauf Inileev bosh murabbiy edi. SHu o'rinda katta ishonch bildirganliklari uchun ularga rahmat aytaman. Bu paytda “Mashal”da to'p tepardim. Terma jamoadagi muhit alo darajada edi. Osiyo Kubogida guruhdan chiqib, Saudiya Arabistoniga yutqazib qo'ygandik. Biroq, hech kim bizni ayblamagandi. Sababi o'yinimiz orqali muxlislar mehrini qozona oldik. Saudiya bilan o'yinda, eslasangiz, SHackixning toza golini hakamlar inobatga olishmagandi. Aytish mumkin, musobaqadan faqat yaxshi xotiralar, iliq taassurotlar qolgan.

Gulshan: - Jamoadoshlaringiz sizni juda kirishimli, har qanday davraning yuragi bo'la oladigan inson, deya tariflashdi. Bu qanchalik haqiqatga yaqin?

- Qaysi jamoada o'ynasam ham futbolchilar va murabbiylar o'rtasidagi bog'liqlikni taminlashga, jamoani jipslashtirishga harakat qilardim. Doimo futbolchilarning muammosini hal qilishga urinardim. O'zimning muammolarimdan ham oldin boshqalarga yordam berishga intilaman. Ayniqsa, yoshlarga ko'mak berishda kuch va imkoniyatimni ayamayman. CHetdan qaraganda jiddiy inson deb tariflashlari mumkin, lekin gaplashib ko'rgan odamlarning fikrlari o'zgargan.

Narzulla: - "Navbahor", "Mashal", "Nasaf", "Bunyodkor"... Har bir klubdagi xotiralarni yodga olib, har biriga tarif bersangiz.
- “Navbahor” – qadrdon jamoa. Aynan shu jamoada paytim oliy ligada debyut qilganman. “Mashal” – xalqaro maydondagi ishtirokimga yo'l ochgan jamoa. Muborak klubi safida Osiyo chempionlar ligasida o'ynaganman. “Nasaf” – yana bir oldinga tashlangan qadam. “Bunyodkor” esa haqiqiy qadrdon jamoaga aylandi. Sababi, aynan shu klubda hamma narsaga erishdim. O'zbekiston chempioni bo'ldik, kubokni qo'lga kiritdik, OCHL yarim finallariga etib bordik. Umuman olganda, faoliyatimda har bir klubning o'z o'rni bor.



Gulshan: - Jamoadoshlaringizdan kimning hech kimga o'xshamagan, antiqa hislati haqida ayta olasiz?
- (o'ylanib) Javlon Ibrohimov... Yaxshi tomonlama aytmoqchiman, bazan uning borligiyam bilinmaydi, yo'qligiyam… Juda ham sokin inson, jahli chiqqanida ham yoki shunga o'xshash boshqa holatda ham o'zini bir maromda ushlay oladi. Javlon o'z ishini astoyidil bajaradigan, namunali inson va futbolchi.  

Narzulla: - Faoliyatingizda eng muhim o'rin tutgan murabbiylar kimlar?
- To'ychivoy aka Ibragimov, Viktor Jalilov, Mirjalol Qosimov, internatdagi murabbiylarim Vladimir Trofimovich va Guram Grigorevich. Ular qatoriga Viktor Kumikovni ham qo'shish mumkin.

Gulshan: - O'zingizga yoqmagan tarafingiz qaysilar? Kamchiliklaringiz... Urushqoqman, deb ayta olasizmi?

- O'zimga yoqmagan taraflarim ko'p. Masalan, o'yin davomida sariq yoki qizil kartochka olsam, tez qizishib ketaman. Sababi, shu paytgacha nechta o'yinda ishtirok etgan bo'lsam, hech qachon hech kimga qarshi atayin qo'pollik ishlatmaganman. Hech kimga atayin jarohat etkazish uchun urinmaganman. Sodir bo'ladigan xatolar o'yinga kirishib ketishim natijasida ro'y beradi.



Urushqoqmasman... Biroz qiziqqonligim bor. Qon bilan kirgan jon bilan chiqadi, deyishadi. O'yin vaqtida qizishib ketishim mumkin, lekin o'yin tugaganini bildiruvchi hushtak chalinishi bilan barchasini unutaman. O'yindan tashqarida umuman boshqa insonman.

Narzulla: - 90-yillarda o'ynagan futbolchi sifatida aytingchi, nima uchun O'zbekiston chempionatida tomoshabinlar tashrifi kamayib bormoqda?
- CHiroyli o'yinlar o'sha paytda ham bo'lgan, hozir ham bo'lmoqda. Muxlislarni stadionlarga qaytarish uchun bundanda kuchliroq, samaraliroq o'ynashimiz kerak. SHu o'rinda stadionlar haqida ham o'z fikrimni aytmoqchiman. Hozirda o'zimizning “Bunyodkor”, “Lokomotiv”, “Nasaf” kabi zamonaviy va qulay sharoitli stadionlarni bazi rivojlangan mamlakatlarda ham topolmaysiz. Masalan, Saudiya Arabistoni yoki Eronning bazi stadionlardagi kiyim almashtirish xonasiga 18 nafar futbochi sig'may qolgan holatlar ham bo'lgan. Bizdagi sharoitlar ulardan ancha ustun turadi. Hatto, “Al Nasr” futbolchisi bilan bo'lgan bir suhbatimizda, “Bunyodkor” stadioniga gap bo'lishi mumkin emas”, deb ko'p bora takidlagandi.

Gulshan: - Jamoaviy safar yoki mashg'ulotlardagi qiziqarli holatlarni esga ololasizmi?
- “Navbahor” safida o'ynab yurganimda “Xorazm” mehmoni bo'lgandik. Hal qiluvchi daqiqalarda hakam darvozabonimizga qizil kartochka ko'rsatdi va penalti belgiladi. Aksiga olib, boshqa o'zgarishlar ham qolmagandi. Murabbiyimiz Viktor Jalilov, noiloj, Anvar Soliev darvozaga tursin, degan. Bizning darvozada xujumchi Anvar Soliev, raqib safida penaltini Murod Otajonov amalga oshirdi. Buni qarangki, Soliev to'pni qaytarishga erishgan! Hisob teng bo'lib turgan mahal Soliev bizni goldan qutqarib qolgan. Agar gol bo'lganida, balki mag'lub bo'lishimiz ham mumkin edi. Qiziqarli voqea ham loyiha nomiga mos tushib qoldi (kuladi).



Narzulla: - Intervyularingizdan birida Franko Barezi va Paolo Maldini kumirlarim degansiz. Sizningcha zamonaviy futboldagi eng kuchli himoyachilar kim? O'zingiz bilan qaysi himoyachi yaxshi tandem bo'lgan deya olasiz?

- Serxio Ramos - Pepe, Terri – Keyxill, Pike – Maskerano juftliklari hozir kuchli tandem hisoblanadi. O'zimga kelsak, Dilyaver Vaniev bilan ko'p birga o'ynaganmiz: Namanganda ham, Muborakda ham. Baxtiyor Ashurmatov bilan tandem bo'lganimizda menga oson edi. Sababi u maydonda haqiqiy jangchi edi. O'zini ayamay to'plarga tashlanardi. Xato qilib qo'ysam,  Ashurmatov uni to'g'rilashiga ishonardim.

Gulshan: - Sizningcha, futbolchi uchun eng muhim narsa nima?
- Futbolda barqarorlik juda muhim. Har bir o'yinda bir maromda o'yin ko'rsatish juda qiyin. Bugun o'yin bo'lib o'tdimi, ertasiga yana keyingi bahsga tayyorgarlikni boshlash kerak ekan. O'zimdan misol, doim o'yinga 2 kun qolganida o'zimga kelib olaman, deb o'ylardim, biroq o'ylaganimdek natija bo'lmasdi. Bir haftaning kamida 4 kunini o'yinga tayyorgarlik uchun sarflash maqsadga muvofiq. Uchrashuvga qadar ruhan tayyorgarlik ko'rish juda muhim. O'yin boshlangach, sizning ruhiyatingizni hech qanday uslub bilan o'zgartirib bo'lmaydi. SHuning uchun, har bir futbolchi o'yin oldidan o'zini yuz foiz tayyor holatga keltira bilishi kerak. SHundagina yaxshi o'yin ko'rsatish mumkin, deb hisoblayman.

Narzulla: - Bu yildan Sergey Lushanga yordam berishni boshladingiz. Jamoada o'ynovchi murabbiy bo'lib faoliyat olib borayapsiz. Murabbiylik qanchalik og'ir kasb ekan?

- O'ynovchi murabbiy lavozimiga tayinlashdi. Vazifalar berishdi, futbolchilar va murabbiylar shtabi o'rtasidagi bog'lovchiman, desam ham bo'ladi. Hozircha murabbiylik faoliyatiga u qadar kirishganim yo'q. Lekin futbol o'ynash baribir murabbiylikdan ko'ra osonroq ekan. Futbolchi bo'lsangiz, maydonga tushasiz o'z ishingizni qilasiz, o'zingizga javob berasiz xolos. Murabbiy esa jamoadagi 30 nafar futbolchiga javob beradi. Har bir futbolchining xarakteri turlicha. Bazi futbolchilar zaxirada qolib ketganidan noliydi, xafa bo'ladi. Lekin maydonga 11 nafar futbolchi tushadi. Agar mumkin bo'lsa, murabbiy 22 nafar futbolchini ham tushurardi. Murabbiy psixolog ham bo'lishi kerak. SHu bois bu kasb og'ir, judayam og'ir. Aytganimdek, men hali bu sohaga u qadar kirib borganim yo'q. Ayni paytda o'rganyapman.



Gulshan: - Tanqidga munosabatingiz qanday?
- Qaysidir odam “Tanqid menga yoqadi”, deb aytsa, ishonmayman. Faoliyatim davomida tanqidni ham, maqtovni ham eshitib kelyapman. Yutsang osmonga ko'tarishadi, mag'lub bo'lsang yomonlashadi. Aytishadi-ku, muhabbatdan nafratgacha - bir qadam, deb. Noto'g'ri tanqiddan bazan xafa bo'laman, lekin iloji boricha etibor bermaslikka harakat qilaman. Harakatdagi inson xato qiladi. Ish bor joyda kamchilik bo'ladi. SHu kabi maydonga tushgan har qanday futbolchi xohlaydimi, yo'qmi baribir kichik bo'lsa-da xatoga yo'l qo'yadi, bu tabiiy hol. SHu bois, o'rinli tanqidni to'g'ri qabul qilish kerak, deb ham hisoblayman.

Narzulla: - Xayrulla Karimov oilada qanday turmush o'rtoq va qanday ota?

- (o'ylanib turib) Har xil o'yinlar bo'ladi. Mag'lubiyatlar, g'alabalar, safarlar... Bunday paytlarda oilam meni doim qo'llab turadi. Lekin mag'lubiyatlardan keyin g'azabimni oilaga olib kirmaslikka urinaman. Sababi, oila – muqaddas. Kayfiyatim yo'q bo'lsa, turmush o'rtog'im ham, farzandlarim ham qanday yo'l tutishni yaxshi bilishadi. Uzoq safarlarda ko'p bo'lamiz, shunday holatlar bo'ladiki, bir haftada bir kun uyda bo'lishim mumkin. Lekin farzandlarim tarbiyasiga imkon qadar etibor qarataman. Turmush o'rtog'im ham bu borada menga yordam berib boradi. SHu bois oilamdan minnatdorman.

Gulshan: - Faoliyatingiz davomidagi eng yorqin xotira.
- “Navbahor” yoshlar jamoasi safida o'ynab yurganimda Rashid G'ofurov bilan suhbatimiz yodimda qolgan. 1996 yil klub chempion bo'lgan, lekin o'sha payt biz maydonga tushmasdik. Undan keyin “Navbahor”da uchinchi, ikkinchi o'rinlarni band etdik. Lekin chempion bo'la olmadik. Rashid bilan faoliyatimiz davomida hech bo'lmasa bir marta O'zbekiston chempioni bo'lsak, armonimiz bo'lmasdi, degandik. Yaxshi niyat, yarim mol deyishadi, “Bunyodkor”ga o'tib bir emas 5 karra chempion bo'ldim, kubokni qo'lga kiritdim, Osiyo chempionlar ligasida yarim finalga qadar etib bordik... Futbolchi uchun eng yorqin xotira – chempion bo'lish. Sovrin olish, muxlislarning quvonchi... Bularni oddiy so'z bilan tariflab bo'lmaydi.



Narzulla: - Ayollar va futbol. Bunga qanday qaraysiz?
- Futbol millionlar o'yini. Futbol so'nggi yillarda yanada kuchaymoqda, ommalashmoqda. “Fenerbaxche” klubining uy stadioniga muxlislar kirishini taqiqlab qo'yishgandi. O'shanda 50 ming nafar ayollar va bolalar kelib klubni qo'llab turishgandi. Bizda ham yaqin yillarda shunday bo'lishiga ishonaman. Bunga ijobiy qarayman, hech qanday qarshiligim yo'q.

Gulshan: - Futbolda “Yulduzlik kasali”ning simptomlarini sanab berolasizmi?
- Futbolda “Yulduzlik kasali” hozir rivojlanib ketdi. Biz futbolga kirib kelgan davrlarimiz “Navbahor”da Farhod Magametov, Gennadiy Denisov, Said Tursunov, Oleg SHackix, Ilhom SHaripov... terma jamoadagi deyarli barcha futbolchilar “Navbahor”da faoliyat olib borardi. 15 yoshligimizda Anvar Soliev, Azam Hafizov va meni internatdan “Navbahor”ga olib kelishgandi. O'shanda bu o'yinchilarga kumir, yulduzdek qarardik. Ayni paytda O'zbekistonda talantli bolalar judayam ko'p. Ammo ularning ko'pi yarq etib, yana yo'qolib qolyapti. Muammo shundaki, bitta-ikkita o'yinda maydonga tushib, o'zini “yulduz”,  deb o'ylamoqda. Xorijda 17-18 yoshli futbolchi yaxshi o'ynasa, oddiy holat deb qaraladi. Bizda esa sal yaxshi natija ko'rsatsa, matbuot oshirib maqtaydi. Bu balki yaxshidir lekin yosh futbolchi har doim ham buni to'g'ri qabul qilmayapti. Men yulduz bo'ldim, tengsizman, deb o'ylab, o'ynashdan, o'z ustida ishlashdan to'xtaydi. “Yulduzlik kasali”ga chalindimi, qaytib tuzalishi og'ir kechadi. Yulduz kim? Messi yulduz, Ronaldu yulduz. Ular etarlicha yutuqqa erishgan, asosiysi, bunga loyiq ekanligini isbotlay olgan. Yoshlarga maslahatim, odamlar sen haqingda gapirayaptimi, matbuot seni tinmay yoritib borayaptimi, demak, sen yanada kuchliroq bo'lishga harakat qil, futbol o'ynashda davom et, ana shunda butun jahon sen haqingda gapiradi!

Gulshan: - Himoyadan boshqa yana qaysi chiziqda o'ynashni istardingiz?
- To'g'risi yoshligimdan himoyada o'ynab kelayapman, faoliyatim davomida faqat shu chiziqda o'ynaganman. To'g'ri, gol urish har doim yoqimli, lekin himoyachi bo'lganimdan nolimayman. Hujumdan ko'ra himoyada o'ynash qiyinroq. Sababi, hujumchi bir nechta vaziyatda ham gol ura olmasa keyingisida, albatta, uradi deb kutishadi. Lekin himoyada bitta xato qilsangiz barchaga ko'rinadi. SHu bois ham himoyachini ko'p tanqid qilishadi. Himoyachi bo'lish juda masuliyatli. Himoyaga sodiqman.

Narzulla: - So'ngi savol: Yodingizda qolgan eng mashhur penalti yoki penaltilar seriyasi.
- Penalti deganda darhol ko'z oldimga 1994 yilgi Jahon chempionati finalidagi Roberto Badjoning zarbasi keladi. Finalda Italiya va Braziliya to'qnash kelgandi. Penaltilar seriyasida musobaqaning eng yaxshi futbolchisi bo'lgan Badjo gol ura olmagan. Ko'pchilik aytadiki, penaltidan gol urish futbolchining mahoratiga bog'liq. Lekin bunda omad ham juda katta rol o'ynaydi.



Narzulla: - Loyihamiz so'nggida Xayrulla Karimovga “Real”ning 2002 yil Evropa chempionlar ligasi finalidagi va Germaniya terma jamoasining 2002 yil Jahon chempionati finalidagi boshlang'ich tarkiblari taqdim etildi. SHu orqali Qahramonimiz futbolchilarni qanchalik taniy olishiga baho berdik.
Xayrulla Karimov “Real”ning yulduzli tarkibini qisqa vaqt ichida osonlik bilan topa oldi. Birgina Ivan Elgeyraga kelganda pauzaga duch keldik. Germaniyaning tarkibi esa himoyachimizni ancha o'ylantirib qo'ydi.

Gulshan: - Ijodiy jamoamiz bilan uchrashuv joyiga etib kelginimizda allaqachon bizni kutib o'tirgan Xayrulla Karimovni ko'rib, suhbat avvalidanoq ular haqida “masuliyatli shaxs”, degan fikr uyg'ondi. Zohiran jiddiy qiyofada namoyon bo'lsa-da, tabiatan ochiqko'ngil, dilkash va samimiy inson bilan bo'lgan suhbatimiz davomida fikrlarimiz o'z tasdig'ini topdi. Ularning naqadar keng mulohazali va go'zal dunyoqarashli inson ekanliklariga yana bir bor amin bo'ldik. 


Foto: Tolibjon Qosimov
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика