SHveycariya MTJ darvozaboni qatorasiga beshinchi penaltini qaytardi
28 sen 2022 15:24
Yangiliklar
SHveycariya MTJ darvozaboni qatorasiga beshinchi penaltini qaytardi
SHveycariya termasi darvozaboni Yan Zommer ketma-ket beshinchi penaltini qaytarishga erishdi.
Posbonga 2020 yilning 14 noyabridan beri penaltidan gol ura olishmayapti.
U ikki marta ispaniyalik himoyachi Serxio Ramos ijrosidagi penaltini qaytargan bo'lsa, yana yarim himoyachilar Jorjino (Italiya terma jamoasi) va Tomash Souchek (CHexiya terma jamoasi) tomonidan amalga oshirilgan 11 metrlik zarbani to'sgan. Yana bir uchrashuvda Jorjino tepgan to'p darvoza to'sini tepasidan o'tib ketgandi.
Eslatib o'tamiz, Zommer Gladbaxning "Borussiya"si sharafini himoya qiladi. Uning xizmatlariga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirgan edi, ammo 33 yoshli darvozabon rad javobini bergan edi.
O’xshash yangiliklar
03:05
ECHL. Amorim Liccabonda Gvardiolaning tazirini berdi, "Liverpul" "Bayer"ga imkoniyat qoldirmadi 73
Fikrlar