So’nggi yangiliklar

01:40АПЛ клуби "Ман Сити" хавбеки Филлипс билан шартнома имзолашга яқин  0 01:03"Реал" футболчиси клубдан кетиш ҳақида ўйламоқда  0 00:32Костич "Ювентус"дан кетадими?  0 00:05"Атлетико" Галлахер қарор қабул қила олмаётгани сабаб "Валенсия" билан Герранинг 25 млн евролик трансферини келишиб қўйди  0 23:25Суперлига. "Металлург" - "Локомотив" 1:1, Ҳошимов "Металлург"даги биринчи расмий ўйинида қизил карточка олди  5 23:05Александр Крестинин: "Ғалаба қозониш учун бир оз ақлли футбол керак  0 22:57Григорий Колосовский: "Энди биз майдонга чиқадиган ҳар бир ўйин финал бўлиши керак"  2 22:35"Тоттенхэм" ўйинчиси "Милан"га ўтишга яқин  0 22:07"Ювентус" ўйинчисини "Аякс"га ижарага беради  0 21:40Суперлига. "Металлург" ва "Локомотив" иккинчи даврани дуранг билан бошлади   25 21:27"Арсенал" собиқ вингери Николя Пепе "Вильярреал" ўйинчисига айланди  0 20:29"Барса" собиқ форварди Брейтуэйт "Эспаньол"ни харид қилмоқчи  0 20:05Назорат ўйини. "Пахтакор" "Олимпик"га 7та гол урди  5 19:29РПЛ. ЦСКА ўз майдонида "Оренбург"ни тор-мор этди, Файзуллаев эса...  9 19:10"Барса" Уильямснинг трансфери барбод бўлса, "Бавария" вингери билан шартнома имзолаши мумкин  4

Penalty: Jaloliddin Masharipov: “Neymarga rahmat deyishni o'rgatardim” Yangiliklar

Penalty: Jaloliddin Masharipov: “Neymarga rahmat deyishni o'rgatardim”

Loyihamizning navbatdagi mehmoni asli xorazmlik Jaloliddin Masharipov bo'ldi.

“Paxtakor” klubi yarim himoyachisi qay tariqa futbolga kirib kelgani, Turkiyadagi mundialga jarohati bilan borgani, qaysi futbolchiga havas qilishi, eng kuchli raqiblari va murabbiylar haqida gapirib berdi.

Matluba Sadullaeva: - Yoshligingiz haqida, futbolga kirib kelishingizga kim sababchi bo'lgan? Futboldagi birinchi ustozingiz haqida gapirib bering.

- Futbolga kirib kelishimga akam Jamoliddin Masharipov sababchi bo'lgan. Akamning o'zi ham futbolga qatnashardi. Unga qiziqib men ham futbolga qatnay boshlaganman. Birinchi ustozim Olimboy Davletov bo'ladi. Aynan shu inson menga futbolning ilk sir asrorlarini o'rgatgan. Mening futbolchi bo'lib etishishimda Olimboy Davletovning xissasi juda katta bo'lgan. Ularga doim minnatdorchilik bildiraman.



Narzulla Saydullaev: - "Paxtakor"ga kelish tarixi haqida gapirib bering...
- “Xorazm”ning 12 yoshli futbolchilardan iborat jamoasi Jizzaxdagi musobaqaga borgandik. O'sha musobaqada “Paxtakor” ham qatnashgandi. “Paxtakor”ga qarshi o'yinda o'zimizni ko'rsatganimiz uchundir balki meni va Jamshid Iskanderovni akademiyaga taklif qilishgandi. SHu tariqa “sherlar” safiga kelib qo'shilganman.

Matluba: Jaloliddin Masharipov maktabda qanday o'qigan? Qaysi fanlarga qiziqish kuchli bo'lgan?

- To'g'risi maktabda yaxshi o'qimaganman. Ko'pincha futbol o'ynash uchun darslardan qochardim. O'qituvchilardan ko'p dakki eshitardim. Eng sevimli fan jismoniy tarbiya bo'lgan...

Narzulla: - 1993 yilda tug'ilgan futbolchilar avlodi haqida nima deya olasiz?
- Avvalo 1993 yilda tug'ilgan futbolchilarning kuchli bo'lib shakllanishiga Kim Dmitriy Makarovich sababchi bo'lgan. U tartibni juda ham o'z joyiga qo'yardi. SHaxsan o'zi barcha viloyatlarga borib futbolchilarni ko'rib akademiyaga taklif qilgan va ularni bir erga jamlagandi. Vladimir Kozak, Jamshid Iskanderov, Igor Sergeev, Abdul Aziz Yusupov, Jaloliddin Saidov, Sergey Rekun, Maksimilian Fomin, Bahodir Mirzarahimov va yana bir qator futbolchilar mana shu murabbiy qo'l ostida tarbiyalanib professional futbolga qadam qo'yishgan.



Matluba: - Xorazmda futbolga bo'lgan etibor hususida nima deyya olasiz. Bu viloyatdan oliy ligada umuman jamoa yo'q...
- Viloyatda futbolni sevishadi. Biz Xorazmga borganimizda o'zimiz oldin shug'ullangan maydonlarga boramiz, ko'plab yoshlarni kuzatamiz. Biroq moliyaviy muammo tufayli jamoalarga etibor pastroq. Kuchli homiylar “Xorazm”ga yordam berishsa jamoa bemalol oliy ligada o'ynay oladi. Xorazm xalqi oliy liga o'yinlarini ko'rishga munosib.  

Narzulla: - 2013 yil Turkiyada bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionati haqida. Qanday xotiralar qolgan?
- Bu musobaqa men uchun eng katta chempionat bo'lgandi. Lekin Turkiyada o'zimizning bor imkoniyatimizni namoyish eta olmaganmiz. Yigitlar bilan mundialdan so'ng futbolga qarashimiz o'zgargan. U erda keyinchalik jahon yulduziga aylangan Pogbaga qarshi o'ynaganmiz. Guruhdan chiqishga erishgandik. Greciyani mag'lub etishimizni ko'pchilik kutmagandi, lekin biz chorak finalga yo'llanma olishga erishgandik. Franciyaga esa kuchimiz etmagan. Hozir o'sha jamoada o'ynagan futbolchilarni ko'ring Jahon yulduzlariga aylanib bo'lishdi.

Matluba: - Futboldagi birinchi oyligingiz qancha bo'lgan? Uni nimaga sarflagansiz?
- Bu Toshkent shahar chempionatida o'ynaganimizda bo'lgan. Qaysidir jamoaga qarshi bahsda yutqazib turgandik, men 2ta gol urib g'alaba keltirgandim. O'sha o'yindan so'ng ustozimiz Dmitriy Kim menga 10000 so'm bergandi (kuladi). Quvonchim ichimga sig'may ketgan. Bu pullarni dadamga olib borib berganim hamon yodimda.


Narzulla: - O'sha mundialda barcha uchrashuvlarda faqat zaxiradan maydonga tushgansiz. Bunga nima sabab bo'lgan deb o'ylaysiz?
- Barcha o'yinlarda zaxiradan maydonga tushishimga sabab mundialdan oldin Portugaliyadagi yig'inda jarohat olganman. Bir yil oldingi Osiyo chempionatiga jarohat tufayli bora olmagandim. Xonamga kirib yig'lab o'tirganimda bosh murabbiyimiz Ahmadjon Musaev kelib “sen menga keraksan davolanishni boshla xudo xohlasa Turkiyaga borasan” deb dalda bergandi. Hozirga qadar o'sha vaziyatni unutmayman. Turkiyada kichik jarohatim bilan bo'lsa ham o'ynaganman. Og'riq qoldiruvchi ukollar yordamida, oyog'imga bint bog'lab maydonga tushganman. Jahon chempionatiga borish istagi kuchlilik qilgan.

Matluba: - Tasavvur qiling siz kino rejissyorsiz. Kino olayapsiz. Qaysi futbolchini qanday rolga chaqirgan bo'lardingiz?

- Jamshid Iskanderovni jiddiy rolga taklif qilardim. U hayotda shunday jiddiy. Eng yaqin do'stim aynan Jamshid. Jasur Hakimovni komediyaga taklif qilardim, u odamlarni kuldira oladi. Sardor Sobirxo'jaevni romantikada siqilgan yigitlar roliga taklif qilardim (kuladi). O'zim qaysi rolni o'ynay olaman? Qizlarni sevadigan yigit rolini ijro etib bera olsam kerak (kuladi).



Narzulla: - Oliy ligadagi birinchi o'yin va golni eslay olasizmi?
- Birinchi “Paxtakor” safida kubok doirasida “Guliston”ga qarshi o'ynaganman. Oliy ligada esa o'tgan yil “Andijon” bilan bahsda sodir bo'lgandi. Zaxiradan maydonga tushgandim. Ilk golim ham kubok doirasida “Lokomotiv”ga qarshi bahsda bo'lgan. Qizig'i oliy ligada ham birinchi golimni “temiryo'lchilar” darvozasiga urdim (kuladi). O'sha o'yindan oldin murabbiylar menga senga bitta gol kerak, gol ursang barchasi yaxshi bo'lib ketadi deyishgandi. SHukurki gol urib jamoamga g'alaba keltirgandim.

Matluba: - Blic savollarga tez-tez javob berishingiz kerak bo'ladi:
- Eng ko'p ishlatadigan so'zingiz?
- Bilmayman
- Argentina poytaxti?
- Bilmayman
- Yozmi qishmi?
- Yoz
- Eng sevimli bayram?
- 8 mart
- Eng yaxshi ko'rgan kino?
- Hind kinolari
- SHohruxxon yoki Amirxon?
Amirxon
- Dilnoza Kubaeva yoki Rano SHodieva
- Rano SHodieva
- Messi yoki Ronaldu?
- Messi

Narzulla: - Xorij futbolida qaysi futbolchining o'yinlariga havas qilasiz? Kumiringiz kim?
- Neymar. Uning harakatlari menga qadi. “Barselona”ga o'tganidan keyin emas “Santos”da o'ynab yurganidayoq uni kuzatardim. Qanotdagi tezkor harakatlari, fintlari o'ziga jalb qiladi. To'p bilan nozik muomala qiladi. Neymarning o'yinlaridan andoza olishga harakat qilaman.



Matluba: - Borgan davlatlarning qaysi biridan qanday taassurot qolgan?
- Portugaliyadagi yig'laganim hamon yodimda...Yaqinda olimpiya terma jamoasi safida Slovakiyaga bordik. U erdan yaxshi taassurotlar bilan qaytdik. SHahar juda ham toza, odamlari ham o'zgacha. Kulib gaplashadi, bir biriga doim hazillashib murojaat qilishar ekan. Turkiyaga ham ko'p boramiz, u erda xatto do'stlar ham orttirganman (kuladi).
 

Narzulla: - Osiyo chempionlar ligasida o'ynadingiz. Musobaqadan olgan taassurotlar. Raqiblar hususida.
- “Naft Tehron”ga qarshi bahsda debyut qildim. Vaziyat og'ir, SHerzod Karimov qizil kartochka olgan, hisob 1:1 edi. Babayan meni maydonga tushirishdan oldin “mana Jalol o'zingni ko'rsatadigan vaqt keldi” deb aytgandi. Boshida sal hayajonlandim, biroq tezda o'yinga kirishib ketdim va g'alaba qozondik. Raqiblar orasida “Al Ayn”ni eng kuchli deb ayta olaman. Aka-uka Abdulrahmonlar juda kuchli futbolchi ekanini ko'rdim. Biroq ikkala bahsda ham raqibdan qolishmaslikka harakat qildik. Umuman olganda Osiyo chempionlar ligasi saviyasi yildan-yilga o'sib bormoqda.

Matluba: - Kumiringiz bo'lgan Neymar bilan uchrashib qolsangiz. Unga o'zbek tilidagi qaysi uchta so'zni o'rgatgan bo'lardingiz?
- Birinchi navbatda salomlashishni o'rgatardim. Rahmat deyishni va O'zbekiston deyishni o'rgatardim.

Narzulla: - Birinchi bor qaysi Jahon chempionatni tomosha qilgansiz? O'sha mundialdan qanday xotira qolgan?

- 2002 yilgi mundialning finalini ko'rganman. O'zim Braziliya muxlisi edim, jamoa finalga chiqqanini eshitib finalni ko'rgandim. Ronaldoning finaldagi soch turmagi yodingizdami? O'shanda sochimni xuddi shunday qilib oldirgandim. Braziliyani formasini kiyib olib Braziliyaga muxlislik qilgandim.



Matluba: - Qaysi jamoalar o'rtasidagi o'yinni stadiondan turib tomosha qilishni orzu qilasiz.
- “Nou Kamp” stadionida “Barselona” va “CHelsi” klublari o'rtasidagi o'yinni. Angliyadan aynan “CHelsi”ning o'yini yoqdi. Eden Azar, Villian kabi futbolchilarga ham havas qilaman.

Narzulla: - O'zingiz bilan birga va o'zingizga qarshi o'ynagan eng kuchli uch nafar futbolchi kim?
- Birga o'ynaganlar: Jamshid Iskanderov, SHerzod Karimov va Kaxi Maxaradze. O'zimga qarshi o'ynaganlar? Pol Pogba, Akmal SHorahmedov, Islom To'xtaxo'jaev.

Matluba: - Oxirgi marta qaysi kitobni o'qidingiz? Gazeta, jurnal o'qib turasizmi?
- To'g'risi kitob o'qimayman. Gazetalarni juda kam o'qiyman. Matbuotni asosan internet orqali kuzatib boraman.

Narzulla: - Sizningcha jahon futbolida eng kuchli uch nafar murabbiy kim?
- Samvel Babayan. U mening murabbiyim bo'lgani uchun bunday deganim yo'q. Babayan juda kuchli psixolog! U bilan birga ishlagan barcha buni biladi. Har bir o'yindan oldin futbolchining ruhiyatini ko'tara oladi, har qanday raqibga qarshi ruhan tayyorlay oladi. Gvardiola “Barselona”da tiki-taka bilan futbolga yangilik olib kirgan. Aynan undan keyin ko'pchilik “Barselona”ga o'xshab o'ynashga intilmoqda. Mourino esa ko'plab sovrin yutgan. Uning xarakteri o'ziga xos. Har bir matbuot anjumanida undan yangi gap eshitamiz. Lekin yaxshilab etibor qilsak uning gaplarining tagida yana bir gap bo'ladi.



Matluba: - Bo'lajak turmush o'rtog'ingiz qanday fazilatlarga ega bo'lishini xohlardingiz?
- Menimcha barcha o'zbek yigiti shunday turmush o'rtog'i bo'lishini istaydi: Aqlli, yaxshi va yomon kunda dalda berib turadigan, mag'lubiyatlardan keyin sizni tushuna oladigan qiz uchrashini xohlayman. Ammo hozirgi vaqtda bor etiborim futbolga qaratilgan.

Narzulla: - Ananaviy savol: Yodingizda qolgan penalti yoki penaltilar seriyasi.
- Jahon chempionatidan oldin Toshkentda Iroq bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazgandik. O'shanda penaltidan gol ura olmagandim. Keyin Ispaniyada yig'in tashkil etilganida CHiliga qarshi o'ynaganmiz. Penaltilar seriyasida ikkala jamoadan 9 nafardan futbolchi tepgan. So'nggi zarbada adashishgan va menga navbat etib kelmagan. Jamoa mag'lub bo'lgan, lekin penalti tepmaganimdan xursand edim. Lekin hozir penalti tepish kerak bo'lsa buni amalga oshira olaman, o'zimga bo'lgan ishonch qaytgan. Jahonda esa 2006 yilgi mundial finalida Zidanning Buffonga urgan goli yodimga qolgan.

Matluba Sadullaeva va Narzulla Saydullaev suhbatlashdi
Foto: Tolibjon Qosimov


“Penalty”. Xayrulla Karimov: “Futbolda “Yulduzlik kasali” rivojlanib ketdi”

“Penalty”. Ikrom Aliboev: “Abramov tufayli “Lokomotiv”da qoldim”

“Penalty”. Zohir Pirimov: “Futbol meni o'zgartirdi”

“Penalty”. Lochin Soliev: “CHempionatimiz ancha qiziqarli kechmoqda”

“Penalty”: Igor Sergeev: “Futboldagi hissiyotlarni hech qanday pul evaziga sotib olib bo'lmaydi”

"Penalty": Temurxo'ja Abduxoliqov: “Xayriya fondi ochish niyatim bor”

“Penalty”: G'ulom-Haydar G'ulomov: “Futbol tufayli hayotda to'g'ri yo'ldan ketyapman”

“Penalty”: Timur Hakimov: “Penaltidan gol urishni ham bilish kerak”

“Penalty”: SHahzodbek Nurmatov: “Manchester Yunayted” tufayli futbolchi bo'lganman”

“Penalty+SHaxmat”: Nafisa Mo'minova: “Futbolda ham, shaxmatda ham aqlni ishga solish kerak”

“Penalty”: Mansur Saidov: “Umuman penalti tepmasligimga jiddiy sabab bor”

“Penalty”: Rasul Rahmonov: “Andijon”ni qiyin vaqtda tashlab ketgim kelmagan”

“Penalty”: Sato Minori: “Yakisoba, velosiped va 2002 yilgi mundial haqida” 

“Penalty”: Artur Gevorkyan: “Penalti bu lotereya”

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика