So’nggi yangiliklar

16:54"Лестер" - "Челси". Кимлар асосий таркибда?  0 16:39"Андижон" - "Динамо". Таркиблар билан танишинг  2 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" 0:1 (матнли трансляция)  1 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  12 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  24 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7

“Penalty”. Ikrom Aliboev: “Abramov tufayli “Lokomotiv”da qoldim” Yangiliklar

“Penalty”. Ikrom Aliboev: “Abramov tufayli “Lokomotiv”da qoldim”

“Penalty” loyihasi doirasida ijodiy jamoamiz bilan birgalikda “Lokomotiv” stadioni tomon yo'l oldik.
U erda bizni qahramonimizning o'zi iliq tabassum bilan qarshi oldilar. Suratkashimiz o'z ishini sifatli bajarish maqsadida suhbat uchun o'rin tanlayotgan bir paytda biz Ikromjon Aliboev bilan yanada yaqinroq tanishib oldik. Avvaliga, qahramonimizda biroz hayajon sezilgan bo'lsa-da, suhbat davomida bu hayajonning o'rnini iliq do'stona muhit egallab oldi.

Narzulla Saydullaev: - Millionlar o'yiniga qanday kirib kelganingiz barchani qiziqtiradi. Yoshlikni yodga olamiz...

- Futbolga kirib kelishimda, dastavval,  oilamdagilar qarshiligiga uchraganman. Nazarimda, akam ham yaxshi futbolchi bo'lib etishishi mumkin edi. U ham ashaddiy futbol ishqibozi. Biroq bazi sabablarga ko'ra bu yo'ldan ketmagan. Akam 12 yoshimda meni Yangier futbol maktabiga olib borgan. Imtixonlarga biroz kechikib borganman, lekin birinchi murabbiyim Muzaffar Beknazarovga harakatlarim maqul kelgani bois meni maktabga qabul qilgan.



Gulshan Sadullaeva: - Ikromjon Aliboev tabiatan qanday inson?
 - O'zimni og'ir-bosiq inson hisoblayman. Yaqin insonlarim bilan o'zimni bemalol his qilishim mumkin, lekin katta davralarda bir chekkada boshqalarni kuzatish menga maqulroq.  

Narzulla: - Siz 2013 mavsum oliy ligada debyut qilgansiz. Lekin 2015 yilda barchaning tiliga tushdingiz. "Lokomotiv"ga qanday qilib kelib qolgansiz?

- Yangierdagi maktabdan keyin Respublika olimpiya zaxiralari kollejida o'qiganman. Bu erda uch yil o'qidik. Lekin bizni “talabga javob bermaydi”, deb kollejda olib qolishmadi. O'sha paytda murabbiy Rustam Oripov kollejdan ketgan bolalardan jamoa tuzganlar, shundan so'ng ikkinchi ligada ishtirok etgan edik. Jamoamiz bilan ikkinchi ligada, aniq eslolmayman, besh yoki oltinchi o'rinni egalladik, “Navro'z” kubogi finaliga qadar etib borib, so'ngida Ravshan Bozorov murabbiylik qilayotgan “Lokomotiv” jamoasiga yutqazib qo'ygandik. Uchrashuvdan so'ng ushbu murabbiy bizning jamoadan bir qator futbolchilarni “Loko”ga taklif qildilar. SHu o'rinda ustozim Rustam Oripovga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Ularning ishonchi va mehnati tufayli shu darajaga erishdim, deb hisoblayman.

Gulshan: - Futboldan tashqari yana nimalarga qiziqasiz?
- Sportning barcha turlarini qiziqib tomosha qilaman. Basketbol bular ichida eng asosiylaridan biri. Bo'sh vaqtlarimda stol tennisi o'ynab turaman. Har doim jismoniy holatimni bir maromda ushlab turishga harakat qilaman.

Narzulla: - Vadim Abramovdek talabchan murabbiy sizga ishonch bildirib asosiy tarkibdan o'rin ajratmoqda. Faqat rostini ayting yil boshida jamoa yarim himoyachilari o'rtasidagi kuchli raqobatni hisobga olib asosiy tarkib o'yinchisiga aylana olaman deb o'ylaganmidingiz?
- Qishki yig'inlar vaqtida menga “Qo'qon-1912” jamoasiga o'tish to'g'risida taklif bo'lgandi. Biroq Abramovning o'zi men bilan suhbatlashib, jamoada qolishim kerakligini, menga o'z imkoniyatlarimni yuzaga chiqarishim uchun imkon berishini aytdi. Guvohi bo'lganingizdek,  murabbiyimiz meni  asosiy tarkib o'yinchisi sifatida maydonga tushirmoqda. Ularning ishonchini oqlashga astoyidil harakat qilyapman.



Gulshan: - Mashg'ulotlarga va ijtimoiy tarmoqlarga ajratadigan vaqtingiz foizlarda...
- Vaqtimning 50 foizi mashg'ulotlar bilan, 20 foizi ijtimoiy tarmoqlarga chalg'ib qolish bilan o'tadi. Mashg'ulotlar kuniga ikki mahal: ertalab yakka tartibda va kunning ikkinchi qismida jamoa bilan birgalikda shug'ullanamiz. Bo'sh vaqtlarimda, asosan, internet saytlarida do'stlarim bilan muloqot qilaman. Jahondagi, futbol olamidagi yangiliklardan xabardor bo'lib turishimda ham internet asosiy vositam. Qolgan “30 foiz” do'stlar davrasi, dam olish, o'qish-o'rganish bilan o'tadi.

Narzulla: - Osiyo chempionlar ligasi, "Al Sadd", 2:6... O'shanda jamoaga nima bo'lgandi? Savolning davomi: Toshkent, "Al Sadd", 5:0...

- (xo'rsinib) Omad kelmagandi. O'sha o'yinni ko'rgan bo'lsangiz, o'yin borasida yutqazmagandik. SHunchaki, raqib deyarli barcha vaziyatlarda gol urishga erishdi... Toshkentda esa omadimiz keldi (kuladi). Yirik hisob haqida o'ylamagandik, shunchaki g'alaba biz uchun juda muhim edi. Ikkita tezkor gol boshqalariga yo'l ochdi va yirik hisobda g'alabaga erishdik.

Gulshan: - Kitob o'qish borasida qanchalik faolsiz?
- Badiiy kitoblar o'qishni kanda qilmayman. Biror asarni o'qishni hafsala bilan boshlab olsam, keyinchalik undagi voqealar rivojiga kirishib ketaman. Qishda, O'tkir Hoshimovning “Tushda kechdan umrlar” romanini to'liq o'qib chiqdim. Bosh qahramon Rustam urushdan qaytgach, uning hayoti tubdan o'zgarib ketadi. Asar so'ngida qahramonning o'limi, ayniqsa, meni jumbushga keltirdi.



Narzulla: - Nega aynan 28 raqam? Ushbu raqamda o'ynagan eng mashhur futbolchilardan kimlarni bilasiz?
- Aslida menga 10 raqam ko'proq yoqadi. 28 raqamni taklif qilishganida o'ylanmasdan rozi bo'ldim. Sababi, 2ga 8ni qo'shsak, 10 bo'ladi (kuladi). Eng yoqtirgan futbolchim braziliyalik Diego, hozirda “Fenerbaxche”da o'ynamoqda. U ham 28 raqamda to'p tepadi.

Gulshan: - Faoliyatingiz davomida yoki do'stlar davrasida ro'y bergan, Sizni doim kulishga majbur qiladigan voqea.
- Bu voqea "Lokomotiv"ga kelgan ilk davrlarimizda sodir bo'lgan. U paytlarda do'stlarim bilan ijarada turardik va “qorin g'ami” o'zimizning bo'ynimizda edi. Bir gal do'stlarim uchun osh pishirib berishga harakat qilganman. Baxtga qarshi, qancha urinsam ham oshga umuman o'xshamaydigan, bemaza shavla tayyor bo'lgan. SHavlani hatto o'zim ham eyolmaganman. Do'stlarim “oshpaz”ligimdan rosa kulishgan.

Narzulla: - Futbolchi va murabbiylar juda ham irimga ishonishadi. Siz maydonga tushishdan oldin qandaydir irimga amal qilasizmi?
- Yo'q irimlarga ishonmayman. Lekin har bir o'yindan avval yaratgandan yordam so'rab, duo qilaman.

Gulshan: - Jamoadoshlaringizdan birining ham ijobiy, ham salbiy tomonlarini sanab bering.
- Jamoadoshlarimdan katta Jasur Hasanovni alohida takidlashim mumkin. Ijobiy tomoni, har doim bizni kulishga majbur qiladilar, hammaga yaxshi kayfiyat ulasha oladigan, xushchaqchaq inson. Salbiy deyish to'g'rimi, yo'qmi bilmadimu, maydonda paytim ko'p tanbehni Hasanovdan eshitaman. Albatta, asossiz koyimaydilar. Ko'pincha, bunga ko'p sariq kartochka olib yuborishim sabab bo'ladi.   



Narzulla: - Jahon futbolida qaysi futbolchining o'yin uslubi sizga maqul keladi? Kimga o'xshashni istardingiz?
- Boya aytib o'tganimdek, Diego. Bundan tashqari, Xavi va Inestadan ham nimadir yangilik olishga harakat qilaman. “Barselona” muxlisiman. “Liverpul”dagi Koutinoning  o'yinlari ham menda alohida qiziqish uyg'otgan.

Gulshan: - Siz esdan chiqarmaydigan va doim amal qiladigan nasihat
- Ustozim Rustam aka Oripov hech qachon boylik va mansab ortidan quvmaslik kerakligi, agar maydonda o'z kuchini namoyish qila olsa, xalqiga nafi tegsa, futbolchi uchun hamma narsa o'z-o'zidan kelishini bizga uqtirishga harakat qilganlar. Haqiqatdan ham futbolchi o'zining asosiy vazifasi – xalqi uchun g'alaba keltirish, saviyali o'yin ko'rsatish ekanligini unutmasligi kerak. Ikkinchi darajali narsalar bilan chalg'igan futbolchi o'z ustida ishlashni ham to'xtatib qo'yadi, bu esa uning uchun muqarrar fojia. SHu sababdan ham ustozim o'gitlariga amal qilishni, ularning ishonchlarini oqlashni majburiyatim deb bilaman.   

Narzulla: - O'yin yo'q kuni futbolchining kun tartibi qanday bo'ladi?
- O'yin yo'q kuni ko'proq dam olishga harakat qilamiz. Agar bir kun oldin uchrashuv bo'lgan bo'lsa, tiklanish uchun dam olaman. Uyga borsam, uy ishlarida yordam berib turaman. Futbolchiman, bu ishlarni qilmasam ham bo'ladi, deydigan bola emasman. Hammamiz ham oddiy insonlarmiz.



Gulshan: - Quyidagilarni qanchalik yaxshi bajara olasiz:
- Avtomobil boshqarish?

- Yo'q, mashina haydashni bilmayman.
- Rolikda uchish?
- Yo'q, rolikda ham ucholmayman.
- Ovqat pishirish?
- SHavladan keyin qo'lim ancha kelishib qolgan (kuladi).
- Kir yuvish?
- Qo'limdan keladi, internatda kiyimlarimni o'zim yuvardim.
- Suvda suzish?
- Bilaman.
- Tugma qadash?
- Qo'limdan kelsa kerak, tikishdan xabarim bor.
- Dazmol qilish?
- Yo'q, dazmol qilib ko'rmaganman.
- Baliq tozalash?
- SHu ishni qila olmayman.
- CHaqaloqni ovutish?
- Kichkintoylar bilan yaxshi chiqishaman.
- Texnika tuzatish?
- Professional emasman.
- Karra jadvali?
- Yodlaganman.
- 7x8?
- 56

Narzulla: - Hazilomus savol: Agar shaxsan sizda jahondagi istalgan futbolchini "Lokomotiv"ga kelib kelish imkoniyati bo'lsa, kimni tanlagan bo'lardingiz?
- Lionel Messi! Bu futbolchi bilan bir jamoada o'ynash orzu.

Gulshan: - Nima deb o'ylaysiz, muxlislardan yog'iladigan salbiy fikrlarga futbolchi qanday munosabat bildirgani maqulroq?
- Futbolchi qachonki muxlis kutganidek o'yin ko'rsata olmasa, tanqid qilinadi. SHu sababdan, ular har qanday vaziyatga tayyor turishi va to'g'ri tanqidni, fikrlarni inobatga olishi zarur. Salbiy fikrlarga javoban esa keyingi o'yinlarda yaxshi natija ko'rsatishi kerak, deb hisoblayman.



Narzulla: -  Bosh murabbiy Vadim Abramovga 3ta so'z bilan tarif berib ko'ring.

- Uchta so'z? (uzoq o'ylanib turib) Samimiy, talabchan va ishonuvchan. Murabbiyga uchtagina so'z bilan tarif berish qiyin ekan.

Gulshan: - Oliy ligadagi ilk golingizni "Paxtakor"ga qarshi o'yinda urdingiz va qo'lingiz bilan “yurakcha” tasvirladingiz. Buning manosi nima edi?

- Golimni yaxshi ko'rgan insonimga atadim.

Gulshan: - Ikkala holatingizni tasvirlang:
Aliboev mag'lubiyatan so'ng...
Aliboev g'alabadan so'ng...

- Mag'lubiyatdan so'ng, albatta, tushkunlik holati bo'ladi. Iloji boricha tezroq bu holatdan chiqib ketishga urinaman. Ko'pchilik bunday paytda atrofdagilar uni tinch qo'yishlarini maqul ko'radi, men esa aksincha, yaqinlarim daldasiga muxtoj bo'laman. G'alaba har doim shirin. Murabbiylar, jamoadoshlar, muxlislar xursandchiligining guvohi bo'lish zavqli. Lekin har ikkala holat ham uzog'i bilan bir kun cho'ziladi va yana keyingi o'yinlarga tayyorgarlik avj oladi.

Narzulla: - Loyihamizning ananaviy savoli. Yodingizda qolgan penalti yoki penaltilar seriyasi qaysi?
- 2003 yil “Yuventus” va “Milan” o'rtasidagi Evropa chempionlar ligasi finalidan keyingi penaltilar seriyasi hamon yodimda. Andrey SHevchenkoning urgan goli hozir ham ko'z oldimdan o'tayapti. O'zimizda bo'lgan penaltilar seriyasiga kelsak, Navoiyda bo'lib o'tgan musobaqaning yarim finalida penaltilar seriyasi bo'lgan. Eng so'nggi zarbani men amalga oshirganman. O'shanda gol urib, jamoamni finalga olib chiqqanman.  



Savol-javoblar tugagach qahramonimizga “Barselona” va Ispaniya terma jamoasining 2008 yildagi tarkiblarining rasmini ko'rsatdik. Ikrom bu jamoalar ishtirokidagi o'yinlarini ko'p ko'rganini aytib, barcha futbolchilarni tezlik bilan sanab bera oldi.


Gulshan Sadullaeva va Narzulla Saydullaev suhbatlashdi
Foto: Tolibjon Qosimov


“Penalty”. Xayrulla Karimov: “Futbolda “Yulduzlik kasali” rivojlanib ketdi”

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика