So’nggi yangiliklar

17:42"Матч ТВ" графика оператори ишсиз қолди. Нега?  1 17:07Суперлига. "Бунёдкор" "Олимпик"ни мағлуб этди ва хавфли зонадан узоқлашди  1 16:54"Лестер" - "Челси". Кимлар асосий таркибда?  0 16:39Суперлига. "Андижон" - "Динамо" 1:0 (матнли трансляция)  3 16:10МЮдагилар ёзда 42,5 млн. еврога сотиб олинган футболчига шубҳа билан қарашмоқда  0 15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  7 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  16 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  26 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  7 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1

“Penalty”: Igor Sergeev: “Futboldagi hissiyotlarni hech qanday pul evaziga sotib olib bo'lmaydi” Yangiliklar

“Penalty”: Igor Sergeev: “Futboldagi hissiyotlarni hech qanday pul evaziga sotib olib bo'lmaydi”

“Penalty” loyihasining navbatdagi, uzoq kutilgan sonini tayyorlash uchun kichik ijodiy jamoamiz bilan “Paxtakor” stadioniga yo'l oldik.
U erda bizni to'purar xujumchi, 11 raqam egasi Igor Sergeev ochiq chehra bilan kutib oldi. Sal kam 3 soat davom etgan suhbatimiz chog'ida fikran teran futbolchimiz o'zining kirishimli tabiati va qiziqarli muloqoti bilan bizda juda iliq taassurot qoldirdi.

Gulshan Sadullaeva: 1. Keling, dastavval bolaligingiz haqida suhbatlashamiz.
- Yoshlik yillarim sport bilan chambarchas bog'liq. Uyimiz va TapoICH stadioni oralig'idagi masofa 20 metrcha chiqardi. Doim maydonda edim, o'zimdan katta bolalar bilan futbol o'ynardim. Bolalikda men bilan to'p tepgan ko'p sheriklarim futbolni tashlab ketishdi, men esa davom ettirdim.



Narzulla Saydullaev: 1. Qachondan futbolga jiddiy qiziqa boshladingiz? Sizga nima turtki bo'ldi?
- Professional futbolchi bo'laman, deb o'ylamagandim. SHunchaki, futbol menga juda yoqardi: gollar urilishi, to'p to'singa tegib, darvoza to'ridan o'rin olishi... Barchasi menga ilhom bag'ishlardi. TapoICH jamoasida 5 yil o'ynadim, shahar chempionatida faoliyat olib bordim. Keyinchalik "Paxtakor"ga chaqirishganda to'g'risi, o'tishni istamagandim. Sababi, yosh bo'lganman va do'stlarim meni “sotqinlik”da ayblashlaridan qo'rqardim. Birinchi murabbiyim Valentin Kovalenko, hozirda hakamlik faoliyatini olib boryapti. Meni "Paxtakor"ga Samvel Babayan va Dmitriy Kim chaqirgan. Ulardan hozirgacha minnatdorman. Dmitriy Makarovich faqat murabbiy emas, balki otadek edi. Vaqti kelsa, hayotni o'rgatardi. Internatda o'qib yurgan davrlarimizda darslarni vaqtida bajarishimizga majbur qilardi. 2 baho olsak, qolganlar mashg'ulot o'tkazishardi, biz esa sher yodlardik. Kulguli tuyulsa-da, yoshligimda yaxshiyam shunday tarbiya qilishgan ekan, deb o'ylab qolaman.

Gulshan: 2. Futbol sizga nima beradi? Bu Siz uchun shunchaki o'yinmi yoki professional kasb?

- Futbol menga rohat bag'ishlaydi. Moliya ham muhim bo'g'inlardan biri, buni rad qilmayman. Biroq eng asosiysi mo'ljal emas. Aytganimdek, chiroyli gollarni ko'rsam rohat olaman. Angliyadagi o'yinlarni ko'ring... Futbol avvalo sanat. 15 yildan buyon futbol ichidaman. Boshqalar ishni tugatishganida biz endi ishni boshlaymiz. Agar futbolchi bo'lmaganimda kim bo'lardim, bilmayman. Qaysi yo'ldan ketardim, tasavvur ham qila olmayman.

Narzulla: 2. Siz 2012 yilda o'tkazilgan yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionatining eng yaxshi to'purari bo'ldingiz. SHu damlarni yodga ololasizmi?  
- O'shanda faoliyatimda ilk bor to'purar bo'lgandim. Sababi jamoadoshlarim Kozak, Iskanderov va Masharipov mendan ko'proq gol urishardi. O'sha chempionatda asosiysi kim gol urishi emas, Jahon chempionatiga chiqish edi. Suriyaga qarshi chorak final o'yinida qo'shimcha taymlar va penaltilar seriyasi bo'lgan. BAA ning issiq havosida 3 soat futbol o'ynadik. To'g'risi, hushimdan ketib qolay degandim. Birinchi o'yinda gol urdim, ikkinchi, uchinchi... Yarim finalda Janubiy Koreyaga 1:3 hisobida yutqazgandik, o'sha o'yinda o'zimning 7-golimni urgandim va shu sabab to'purar bo'lgandim. Osiyo chempionatidan faqat va faqat ijobiy hissiyotlar qolgan.



Gulshan: 3. Tez-tez badiiy kitoblar mutolaa qilasizmi?
- Ochig'i, badiiy kitoblar o'qimayman. Turgenev, Dostoevskiy kabilarni yoshligimda o'qigan, yod olganman. Hozir esa asosan, sport, psixologiyaga oid kitoblarni, gazeta va jurnallarni ko'proq mutolaa qilaman, maroq olaman.

Narzulla: 3. 2013 yil Turkiyada bo'lib o'tgan jahon chempionati haqida nimalar deya olasiz?

- U erda 2ta yoki 3ta gol urgandim. Saviya umuman boshqa, raqiblar kuchliroq. Urugvay va Franciyaga yirik hisobda yutqazib qo'ydik. Aynan ular finalga chiqishdi. Yirik mag'lubiyatlardan dilimiz xira bo'ldi, albatta. Guruhdan chiqib Greciyaga to'qnash keldik, ular bir yil oldin Evropa chempionati finaliga chiqishgandi. Hech kim g'alabamizga ishonmayotgan dam edi. Darvoqe, o'sha o'yinda penaltidan gol urganman (kuladi). G'alaba qozonib chorak finalga chiqqandik, bunday hissiyotlarni hech qanday pul evaziga sotib olib bo'lmaydi.

Gulshan: 4. Jamoadoshlaringizdan kimning ham ijobiy, ham salbiy hislatlarini ayta olasiz?

- Jamoadoshlarimning salbiy hislatlarini ayta olishim qiyin. Biz bir oilamiz, oiladagi gapni tashqariga olib chiqish kerak deb hisoblamayman. Akbar Ismatullaev bilan yaqin do'stman. Uning havas qilgulik xarakteri bor: hech qachon xafa bo'lmaydi, doim kulib yuradi. O'yinda mag'lub bo'lsak, ertasiga Akbarni yana xursand holda ko'rasiz, yigitlarni ham kayfiyatini ko'taradi. Tinmaydi, barchani kuldiradi. Bahodir Pardaevdan ham ko'p narsani o'rganayapman. U ham bag'rikeng inson.

Narzulla: 4. Kichik so'rovnoma bilan o'z klubingiz Paxtakor haqida qanchalik bilishingizni sinab ko'ramiz. Paxtakor klubi:
- qachon SSSR Kubogi finaliga chiqqan? (javob: 1968 yil)
- Yo'q bu savolning javobini bilmayman.
- qachon MDH Kubogini yutib olgan? (javob: 2007 yil)
- Yaqinlarda… 2006 yilda edi adashmasam.
- necha bor mamlakat kubogi va chempionligiga erishgan? (javob: 11ta kubok, 10ta chempionlik)
- 11 ta kubok, 10 marotaba chempionlikni qo'lga kiritgan.



Gulshan: 5. Qanday havoda futbol o'ynash qulayroq: qorda, yomg'irda yoki issiqda?

- Yomg'irda o'ynash qulayroq. Qorda oyoqlar muzlaydi, sovuq, yiqilsang noqulay. Issiqda nafas olish qiyinlashadi. Yomg'ir esa ajoyib, qachonki meyorida va engil shabada bilan bo'lsa. Sababi kuchli yomg'ir ostida futbol o'ynash ham qiyin. Bilsangiz, Angliyada o'yinlar doim yomg'ir ostida o'tadi. Engilgina yomg'ir futbol o'ynaydigan havoga mos keladi.

Narzulla: 5. Igor SHkvyrin, Mirjalol Qosimov, Odil Ahmedov, Igor Sergeev. Bu qanday ro'yxat?
- Ular bilan meni nima bog'lab turarkan, qiziq... Terma jamoada qanday natijaga erishganimga bog'liqmi? Topolmadim.
Narzulla:  - Bu futbolchilar Osiyo kubogidagi dastlabki gollarga mualliflik qilishgan
- Gollar?! Buni qancha o'ylasam ham topa olmasligim aniq edi (kuladi).

Gulshan: 6. Omadsiz o'yinlardan so'ng o'zingizdagi nohush vaziyatdan qanday chiqib ketasiz?
- Mag'lubiyatdan keyingi kun uyda o'tirmaslik kerak. Nimadir bilan shug'ullanish kerak, baribir qandaydir ishingiz bo'ladi. Ko'ngilni ko'tarish kerak, bozor qilish, kiyim sotib olish, xullas, nimadir qilish kerak. O'tirib olib boshqalarni ayblash, arazlash kerak emas. Keyinroq esa xatolar haqida o'ylab, ularni boshqa takrorlamaslikka urinish kerak. Mashg'ulotlarda o'sha kamchiliklar ustida ishlash kerak. Tezroq mag'lubiyatni unutishga urinaman.

Narzulla: 6. Oliy ligadagi o'yinlaringiz soni 50 dan oshdi. Etiborlisi, shu 2015 yilga qadar birorta ham sariq kartochka olmadingiz. Bunga qanday erishdingiz?
- To'g'risi 50dan ortiq o'yin o'tkazganim meni hayron qoldirdi. Sariq kartochka olmaganim esa ikki karra hayron qoldiradi. Xujumchilar ham ko'p ogohlantirish olishadi. Men ko'pincha hakamlarning qaroriga qarshi chiqaman. Istagim sariq yoki qizil kartochka olmaslik bo'ladi.  Albatta ular bilan gaplashishning ham o'z qonun-qoidalari bor. O'yin davomida belgilangan qonunlarni buzmasangiz hammasi joyida bo'ladi.



Gulshan: 7. O'zingiz uchun jiddiy deb hisoblaydigan raqiblaringiz bormi?
- Bor. Futbolda har narsa bo'lishi mumkin. Asosan terma jamolar, Tailand, Vetnam, Gonkong kabilarni shular ichida ko'rsatishim mumkin.  Ular o'yin vaqtida nafaqat futbol o'ynashadi,  tishlashadi, tirnashadi, kerak bo'lsa kiyimingizni ham yirtishadi, oyoqlarni bosishadi, xullas, nima qilib bo'lsa ham imkon bermaslikka harakat qilishadi. Ular bilan o'ynashning o'zi azob. Raqib klublar ham bor, ular haqida gapirishni istamayman.

Narzulla: 7. Yoshlar terma jamoasida ko'plab penaltilarni amalga oshirgansiz. Biroq bu borada na klubda, na milliy terma jamoada faolsiz. Nega?  
- Bu menga bog'liq emas, buni murabbiylar hal qilishadi. Yoshlar termasida nimaga men tepardim, sababi bu jamoada familiya aytilmasdi, kim o'ziga ishonsa o'sha tepsin, deyishardi. Bir necha bora penaltidan gol urganimdan keyin shtatli penaltichiga aylanganman. Milliy terma jamoada esa mendanda tajribali va yoshi katta mahoratli futbolchilar bor. Jeparov, Ahmedov, Haydarov, hatto, Nesterov ham 11 metrlik jarima to'pini amalga oshira oladi. Klubda ham deyarli shunday holat, asosan Kaxi Maxardze va Stanislav Andreev penalti tepishmoqda. Murabbiy ularni tanladimi, ular gol urishdimi demak, barchasi to'g'ri. Agar menga imkon berishsa, jon deb penalti tepardim.

Gulshan: 8. Farzandlaringizning qanday kasb egasi bo'lishlarini orzu qilasiz?
- Futbolchi! O'g'lim bo'lsa, futbolchi bo'lishini orzu qilaman. Lekin majbur qila olmayman, shunchaki orzu qilaman. Agar qobiliyatli bo'lsa shu yo'lni tanlasa deyman. Qiz farzandlik bo'lsam, qaysi kasbni tanlashini uning o'ziga qo'yib bersam kerak. Muhimi ularning qiziqishlaridan kelib chiqish.

Narzulla: 8. Faoliyatingiz davomidagi eng unutilmas 3 ta gol...
- Gollarim orasidan aynan birini ajratib ko'rsata olishim qiyin. Yanvarda KXDRga urgan golim, o'tgan yil "Bunyodkor"ga qarshi o'yindagi uchinchi golim, so'ngi qo'shimcha daqiqada urgandim va biz g'alaba qozongandik. 2014 yil Olimpiya terma jamoasi safida Xitoyga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida maydonda 10 kishi bo'lib qolganmiz va men gol urgandim. Kamchilik bo'lib qolganda gol urish ikki karra yoqimli (kuladi). Gol chiroyli bo'lmasligi mumkin, lekin u futbolchi uchun doim muhim ahamiyatga ega bo'ladi.



Gulshan: 9. Sayohat qilgan mamlakatlaringiz ichidan Sizga eng manzur bo'lgani qaysi?

- Avstraliya menga yoqib qoldi. Qariganimda o'sha erda yashashni istab qoldim (kuladi). Sidney juda go'zal shahar. SHaroit, xalq mentaliteti maqul keldi. Dengiz bo'yidagi uychalar, ayniqsa, ajoyib. Evropa tomonlardan Ispaniya maqul kelgan.

Narzulla: 9. Ahmadjon Musaev, Murod Ismoilov, Mirjalol Qosimov, Samvel Babayan. Ushbu mutaxassislarga qanday tarif berardingiz?

- Ahmadjon Musaev - talabchan, doim oldimizga aniq maqsad qo'yardi. Maydonga tushib oxirigacha kurash, hujumchimisan gol urishing kerak, darvozabonmisan gol o'tkazmasliging kerak. Murod Ismoilov - raqib o'yinidan kelib chiqib, o'yinga reja tuzadigan taktik murabbiy. Yigitlarni sinchkovlikda kuzatib, maydonga tushadiganlarni aniqlardi. Mirjalol Qosimovning o'zi futbolchi, vaholanki, barcha qiyinchiliklarni, ayyorliklarni biladi. Tajriba borasida tengsiz. Samvel Babayan - kuchli strateg. U bitta o'yinga emas butun chempionatga reja tuzadi. Nima qilish mumkin, nima qilish mumkin emas, qanday yo'l tutish kerakligi, nimani istayotgani, nimani istamayotgani, kimga dakki berish, kimni quvvatlash... barchasini biladi. Menimcha bu murabbiy hech qachon o'ylashdan to'xtamasa kerak. Samvel Babayan uchun ikkinchi darajali narsaning o'zi yo'q, u har bir detalga etibor bilan qaraydi. Xatto mashg'ulotlardan oldin to'p bilan muomala qilish mumkin emasligini aytadi. To'g'ri-da, chigalyozdi mashqlaridan oldin to'p tepib, jarohat olish hech gap emas.

Gulshan: 10. Siz javob berishni hushlamaydigan, sizga manzur bo'lmaydigan savol qaysi?
- Bilasizmi, bazida menga shunday savollar berishadi: “Nimaga bugun yuta olmadinglar? Nega gol uramadingiz?” Futbolchilar o'ziga dushman emas-ku, vaziyat bo'lsa gol uradi, omad kelmasa bir metrdan ham gol ura olmaydi. G'alaba qozonishni barcha istaydi.

Narzulla: 10. Siz bilan birga to'p surgan, siz kuchli deb hisoblaydigan 3 nafar futbolchini ayta olasizmi?
- Maylimi to'rt nafar futbolchisini aytaman: Vitaliy Denisov, Odil Ahmedov, Aziz Haydarov va Ignatiy Nesterov.



Gulshan: 11. Xujumchi uchun baxt nimada?
- Hujumchiga nima kerak? Gol urish. Gol ursa olsak baxtlimiz, qiyin vaziyatlarda jamoaga juda zarur golni ursak, ikki karra baxtlimiz. Menimcha istalgan hujumchi bu savolga shunday javob beradi.

Narzulla: 11. Mening eng so'ngi o'n birinchi savolim, Siz hayajon bilan eslaydigan penaltilar seriyasi haqida.
- 2008 yil ECHL finali, "CHelsi" - "Manchester Yunayted" o'yindan keyingi penaltilar seriyasi eng hayajonlisi. Terri gol ura olmaganida juda ham xursand bo'lgandim, tasavvur qila olmaysiz. Manchester Yunaytedga muxlislik qilgan o'sha oqshomni hech unuta olmasam kerak. O'zim ishtirokimdagi penaltiga kelsak, KXDRga qarshi o'yinda penaltini tepganman. Hisob 0:0 edi. O'ng tomonga tepishni o'yladim va zarba berdim. Zarbanini darvozabon deyarli qaytardi, ammo to'p darvozaga kirib ketdi. O'shanda yuragim bir zum to'xtab qolgandi. SHukrki, penalti omadli chiqqan.

Gulshan Sadullaeva va Narzulla Saydullaev suhbatlashdi.
Foto: Tolibjon Qosimov


“Penalty”. Xayrulla Karimov: “Futbolda “Yulduzlik kasali” rivojlanib ketdi”

“Penalty”. Ikrom Aliboev: “Abramov tufayli “Lokomotiv”da qoldim”

“Penalty”. Zohir Pirimov: “Futbol meni o'zgartirdi”

“Penalty”. Lochin Soliev: “CHempionatimiz ancha qiziqarli kechmoqda”

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика