So’nggi yangiliklar

15:43ЦСКА - "Ростов". Таркиблар эълон қилинди  1 14:53Суперлига. "Олимпик" - "Бунёдкор" (матнли трансляция)  0 14:48Гвардиола: "Манчестер Сити"га дунёнинг энг яхши футболчиси етишмаяпти"  10 13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  1 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  19 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  5 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  1 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  18 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  6 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  7 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  3 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5

“Penalty”: G'ulom-Haydar G'ulomov: “Futbol tufayli hayotda to'g'ri yo'ldan ketyapman” Yangiliklar

“Penalty”: G'ulom-Haydar G'ulomov: “Futbol tufayli hayotda to'g'ri yo'ldan ketyapman”

Loyihamizning navbatdagi mehmoni sifatida G'uzorning "SHo'rtan" klubi yarim himoyachisi G'ulom-Haydar G'ulomovni mo'jazgina ofisimizga taklif qildik.
 Mehmonimiz kutilmaganda iliq tabassum ila gullar va sovg'a bilan kirib keldilar. Bizga bo'lgan bunday ehtirom va etibordan boshimiz ko'kka etdi.  

Gulshan Sadullaeva: 1. Siz katta bo'lgan mahalla haqida nimalar aytib bera olasiz?

- CHilonzorga ko'chib kelganimizda ko'chaga chiqib, bolalar futbol o'ynayotganini kuzatib o'tirardim. Bir safar o'yinchi etishmay qolganida “Hoy bola, futbol o'ynashni bilasanmi?”, deb chaqirib qolishgan. Futbolga ilk qadamlarimni aynan mahallamda qo'yganman, deya olaman. 10 yoshimdan boshlab futbol bilan jiddiy shug'ullanishni boshlaganman. Sababi o'sha paytlar akademiyalar bo'lmagan. Olimpiya zaxiralari kollejiga 7-sinfdan qabul qilishardi. SHu bois uydagilar menga gimnastika bilan shug'ullanishni taklif qilishgan. Yoshligimda juda ham harakatchan, chaqqon va sho'x bola bo'lganman (kuladi).

Narzulla Saydullaev: 1. Futbolga kirib kelishingiz va Mamur aka Yusupov haqida gapirib bersangiz.

- Bu kishi mening futboldagi birinchi murabbiyim hisoblanadi. Mahallalararo musobaqalar paytida Mamur aka o'yinimni ko'rib, qaysi futbol maktabida o'ynashim bilan qiziqqandilar. SHunchaki havaskor futbolchi ekanligimni aytganimda, o'zlari murabbiy bo'lib ishlayotgan BO'SM-18ga taklif qilgandilar. SHunday qilib futbol bilan professional tarzda shug'ullana boshlaganman.



Gulshan: 2. Muvaffaqiyatsiz o'yinlardan keyin sizning holatingiz qanday bo'ladi?

- Mag'lubiyatlardan keyin, to'g'risi, 3-4 kun o'zimga kelolmay yuraman. Barchasini ichimga yutaman, uydagilar ham buni tushunishadi va meni qo'llab-quvvatlashadi. Parishonxotir bo'lib qolaman, ayniqsa, alamli mag'lubiyatlar chog'ida. Aslida bunday bo'lish kerak emas, ammo xarakterim shunaqa. Buni o'zgartirish qiyin masala.

Narzulla: 2. Paxtakor, Traktor, Mashal Akademiyadagi faoliyatingiz haqida
to'xtalib o'tsangiz...
- “Paxtakor”ga o'tishim haqida...BO'SM-18 safida Dilshod Nuraliev boshchiligidagi “Paxtakor”ga qarshi o'ynaganmiz. Nuraliev meni “Paxtakor”da ko'rikdan o'tishga taklif qilganlar. Harakatlarim yoqqani tufayli “sherlar” safiga qo'shilganman. Maktabni bitiruv vaqtida bazi futbolchilar o'rinbosarlar safiga o'tishgan, men va qolganlar esa boshqa klub topishga majbur bo'lishdi. O'shanda “Traktor”ga ijaraga berishgan va u erda bir yil o'ynadim. “Mashal Akademiya”ga Semyon Mogilevskiy taklif qilgan. Harakatlarim maqul kelgach, 3 yillik shartnoma taklif qilishdi. Bu jamoa 2009 yil oliy ligaga ham yo'llanma olgandi. Ammo moliyaviy muammolar tufayli oliy ligaga chiqish nasib qilmagandi. O'sha jamoa tarkibida Eldor Suyunov, Robbim Hasanov va Akmal Abdurahmonov kabi futbolchilar bor edi.

Gulshan: 3. Futbolchi va murabbiylar juda ham irimga ishonishadi. Siz maydonga tushishdan oldin qandaydir irimga amal qilasizmi?

- Bazilar butsasini o'ng oyoqdan kiyadi, yana kimdir maydonga o'ng oyoq bilan tushadi. Menda ham asosan shular. Odatda bunday narsalarga unchalik ahamiyat bermayman.
 


Narzulla: 3. “Qizilqum”, “Istiqlol” va mana endi “SHo'rtan” har bir klubga alohida to'xtalsangiz...
- “Mashal”da 2011 yil yoshlar ligasida deyarli barcha o'yinlarda tushardim, oliy ligada bazi uchrashuvlarda maydonga tushib turardim. Ammo keyingi yil murabbiylar menga ishonishmadimi bilmayman deyarli o'ynamadim.
SHu bois o'zimga boshqa klub qidirdim va Ravshan Haydarov boshchiligidagi “Qizilqum”ga ko'rikka bordim va jamoa bilan shartnoma tuzdim. Dastlabki davrada Ravshan Haydarov istefoga chiqdi, o'rniga Rustam Zabirov tayinlandi. Faoliyatim yomon kechmayotgandi, maydonga tushayotgandim. Birinchi davra tugagach “Qizilqum” va “Zarafshon” klublari rahbariyati almashdi. “Qizilqum”ga yangi murabbiylar va futbolchilar kelishdi. SHu bois faoliyatimni yana boshqa klubda davom ettirishga qaror qildim. Oliy liganing barcha klublari ikkinchi davraga zayavka topshirib bo'lishgandi.
Birinchi liga ishtirokchisi “Istiqlol” klubiga o'tdim. Bu jamoadagi faoliyatim yodimdan chiqmaydi, deya olaman. Jamoa ahil oiladek edi, deyarli barcha yigitlarni tanir edim. Xuddi 3-4 yil shu erda o'ynagandek taassurot qoldirgandi. Faqat quvnoq va ajoyib xotiralar qolgan.   
“SHo'rtan”ga o'tishimga Muhtor Qurbonov sababchi bo'lganlar. Bu murabbiy meni “NBU-Osiyo”da ishlab yurganidayoq taklif qilgandi, bazi sabablarga ko'ra u erga bora olmaganman. “Istiqlol”dan keyin “Neftchi”ga ko'rikka bordim. Biroq murabbiylar meni asosan yoshlar jamoasida o'ynatishlarini malum qilishdi. Undan ko'ra birinchi ligada o'ynashni maqul ko'rdim va “SHo'rtan”ga o'tdim. G'uzor jamoasi bilan oliy ligaga chiqa oldik, hozirda oliy ligada faoliyat olib borayapman.

Gulshan: 4. Faoliyatingiz davomida ro'y bergan esda qolarli voqealardan biri.

- Bunday voqealar ko'p. “Istiqlol”da o'ynab yurgan paytlarimda Buxoroning “Spartak” klubiga qarshi uchrashuv bo'lgan. O'shanda ikki nafar darvozabonimiz ham diskvalifikaciya tufayli maydonga tusha olishmagandi. Noiloj, xujumchimiz Jamoliddin Normirzaevni darvozaga turg'azib qo'ygandik. SHunga qaramay biz 3:2 hisobida g'alaba qozondik. Bu holat raqib futbolchilariga alam qilganidanmi, maydonda janjal kelib chiqqandi. O'sha janjaldan so'ng mavsum oxirigacha diskvalifikaciya qilinganman. Moddiy jarimaga ham tortishgan. Hechqachon esimdan chiqmasa kerak(kuladi).



Narzulla: 4. Oliy ligadagi dastlabki o'yiningiz va ilk golingizni eslay olasizmi?

- Ilk golimni shu yil urdim. “So'g'diyona” bilan G'uzordagi bahsda urishga muvaffaq bo'ldim. Dastlabki o'yinimni esa 2010... yo'q, 2011 yil ekan, “Mashal” safida “Metallurg”ga qarshi o'tkazgandim.
Javob: Ilk o'yini 2011 yil “Metallurg”ga qarshi bahsda qayd etilgan. Ilk gol 2015 yil “So'g'diyona”ga urilgan.

Gulshan: 5. Ijtimoiy tarmoqda ko'zim tushgan edi, yaxshi ashula aytar ekansiz...

- Qo'shiq aytish - xobbilarimdan bittasi. Oilaviy musiqa shinavandalarimiz. Yoshligimda otamning gitara chalishlariga havas qilib,  men ham gitaraga qiziqib qoldim. Yaxshiroq chalishni o'rgangunga qadar uydagilarning asablarini charxlashga to'g'ri keldi, muhimi o'rganib oldim.

Narzulla: 5. Buffon, Del Pero, Trezege va sizni qanday holat bog'lab turadi?

- Qiyin savolku. Xo'sh, hammasi “Yuventus”da o'ynagan, darvozabon, hujumchilar. Taxmin qilib ko'raman, bu futbolchilar men bilan bir xil yoshda futbolni boshlashganmi?
Narzulla: Yordam beramiz, ularni faoliyatida bu bir yilda kuzatilgan.
- Topdim, birinchi ligada ham o'ynashgan. 2006 yil “Yuventus” B seriyaga tushirib yuborilgandi.



Gulshan: 6. Biror jamoadoshingizni oshirib maqtash kerak bo'lsa, kimni qanday maqtardingiz?
- “SHo'rtan”da Murod Rajabov degan futbolchi bor. Agar o'z ustida ishlashdan to'xtamasa va dangasalik qilmasa jahon darajasidagi futbolchiga aylana oladi. U yosh, shu bois kerak vaqtda tanbeh, tavsiya va yordam beraman. Barchasi o'ziga bog'liq.

Narzulla: 6. Futbolchi sifatida futbol o'yinlarini tomosha qilishga qanchalik ko'p borib turasiz?

- Toshkentda bo'lganimda deyarli barcha o'yinlarga boraman. Farqi yo'q, qaysi jamoalar bo'lsa ham boraveraman. G'uzorda bo'lganimda esa Qarshidagi bahslarga borib turamiz. Futbolni futbolchi sifatida tomosha qilaman, kamchiliklarni ko'rishga, xatolarni payqashga va o'zim shularni takrorlamaslikka urinaman.

Gulshan: 7. Futbol haqidagi filmda suratga tushishni taklif qilishsa rozi bo'larmidingiz?

- Albatta, rozi bo'lardim. Faqat rejissyorga kino to'liq futbol haqida emas, hayotiy olinishi borasida taklif bergan bo'lardim. O'zim ham tez-tez kino ko'rib turaman. Romantikman, hind filmlarini sevib tomosha qilaman.

Narzulla: 7. O'zbekiston kubogi finalida necha marta penaltilar seriyasi g'olibni aniqlagan?
- Bu savolni javobini bilmayman. Taxminim 11 marta.
Javob: (3 marta, 1992, 1996, 2007)

Gulshan: 8. Siz uchun qanday havoda futbol o'ynash qulayroq: qorda, yomg'irda, issiqda?
- SHaxsan men uchun issiqda o'ynash qulayroq. Sababi qorda ham, yomg'irda ham maydon sifati o'zgaradi, menga maydon talabga javob bersa bo'ldi. Aslida, qor yoki yomg'ir yog'sa ham maydonga tasir qilmasa maza qilib o'ynayveraman.



Narzulla: 8. Faoliyatingizda muhim o'rin tutgan 3 nafar murabbiy

- Birinchisi Mamur aka Yusupov, ular bo'lmaganlarida balki futbolchi ham bo'lmasmidim. Ikkinchisi Bahrom Davlatov, “Mashal Akademiya”da murabbiy bo'lganlar. Uchinchi murabbiy sifatida Muhtor Qurbonovni aytishim mumkin. Aslida barcha murabbiylarim men uchun eng yaxshilar.

Gulshan: 9. Agar sehrli tayoq qo'lingizga tushib qolsa siz amalga oshiradigan 3 ta istak qaysilar bo'lardi?
- 3 ta tilak? Ko'p-ku (kuladi). Dunyo tinch bo'lsin! Hamma insonlar baxtli bo'lishsin! Oxirgisi, O'zbekiston terma jamoasi har bir Jahon chempionatida final bosqichida ishtirok etsin! SHularni chin dildan istayman.

Narzulla: 9. “SHo'rtan”da 21-raqamda o'ynayapsiz. Nima uchun bu raqam va jahondagi eng mashhur 21-raqamlarni bilasizmi?
- Sababi o'zim 21 dekabrda tug'ilganman. Bu raqamda o'ynagan futbolchilar David Silva, Pirlo, malum muddat Ronaldino ham shu raqamda o'ynagan. Yana Zidan ham “Yuventus”da 21-raqamda to'p surgan.

Gulshan: 10. Futbol sizga nimalar berdi? Futbol tufayli nimalarni yo'qotdingiz?

- Futbol tufayli hayotda to'g'ri yo'ldan ketyapman. Futbol bu shunchaki to'p tepib yurish emas, futbol mening hayotim. Katta narsa yo'qotmaganman, lekin o'yinlar, yig'inlar tufayli to'y va bayramlarga bora olmay qolamiz. SHunday vaqtda yaqinlarim meni to'g'ri tushunishishlarini xohlardim.

Narzulla: 10. O'zbek futbolidagi birga o'ynashni istagan 3 nafar futbolchi va o'ynagan eng kuchli 3 nafar futbolchi.
- Birga o'ynamagan uch nafar futbolchi: Mirjalol Qosimov, Jamshid Iskanderov va Sardor Rashidov. Birga o'ynagan futbolchilar: Eldor Suyunov, SHuhrat Muhammadiev va Fozil Musaev.



Gulshan: 11. “Penalti” loyihasining rivoji uchun qanday yangi g'oya bergan bo'lardingiz?

- Loyihani doimiy kuzatib boraman. “Penalti”ni televideniega ko'rsatuv sifatida olib chiqishingizni xohlardim. Sababi futbol haqidagi ko'rsatuvlar juda kam.

Narzulla: 11. Ananaviy savol, yodingizda qolgan penalti yoki penaltilar seriyasi

- 2006 yil Jahon chempionati finalida Zidanning tepgan penaltisi. Finalda bunday zarba berish uchun katta yurak kerak.


Gulshan Sadullaeva va Narzulla Saydullaev suhbatlashdi
Foto: Tolibjon Qosimov


“Penalty”. Xayrulla Karimov: “Futbolda “Yulduzlik kasali” rivojlanib ketdi”

“Penalty”. Ikrom Aliboev: “Abramov tufayli “Lokomotiv”da qoldim”

“Penalty”. Zohir Pirimov: “Futbol meni o'zgartirdi”

“Penalty”. Lochin Soliev: “CHempionatimiz ancha qiziqarli kechmoqda”

“Penalty”: Igor Sergeev: “Futboldagi hissiyotlarni hech qanday pul evaziga sotib olib bo'lmaydi”

"Penalty": Temurxo'ja Abduxoliqov: “Xayriya fondi ochish niyatim bor”
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика