Pele Neymar uning rekordini yangilashini istaydi
18 iyu 2021 20:18
Yangiliklar
Pele Neymar uning rekordini yangilashini istaydi
Pele Braziliya terma jamoasida eng ko'p to'p kiritgan futbolchi hisoblanadi.
Futbol qiroli Pele Instagram sahifasida Neymar haqida post qoldirdi. Braziliyalik hujumchi Peru darvozasini ishg'ol qilgach, Pelening Braziliya terma jamoasida urgan gollar rekordiga yanada yaqinlashdi. Neymar 68 ta gol urgan bo'lsa, Pele 77 bor raqiblarini ranjitgan.
Pele o'z akkauntida Neymar bilan tushgan fotosuratini joyladi hamda vatandoshining chiroyli o'yin namoyish etishi va xushchaqchaqligini etirof etdi.
"Bugun u 'Selesao' uchun kiritgan gollar rekordim tomon yana bir qadam tashladi. Neymarga rekordimni yangilashini xohlayman. Uning o'yinini ilk marta ko'rganimdan buyon bunga amin bo'lganman", — deb yozadi futbol qiroli.
Fikrlar