Pele: "Neymarni "Santos" tarixidagi eng kuchli ikkinchi futbolchi deb bo'lmaydi"

10 avg 2013, 12:33
Futbol qiroli Pele braziliya OAV hodimlariga bergan intervyusida "Santos" tarixidagi eng buyuk futbolchilar haqida to'xtalib o'tdi.
Ushbu ro'yxatning jng yuqori pog'onasidan kim joy olishi hammaga ma'lum. Biroq ikkinchi buyuk futbolchi borasida hammada har xil fikrlar bor. Ayrimlar "Barselona" futbolchisiga aylangan Neymar klbu tarixidagi ikkinchi buyuk futbolchi ekanini aytishmoqda. Pele esa bu fikrga unchalik ham qo'shilmaydi.

"Meinicha, Neymarni "Santos"ning butun tarixi davomidagi ikkinchi eng buyuk futbolchi deyish, unga nisbatan ortiqcha baho berish bo'ladi. Ushbu klubda Vaskonselos va Koutino kabi buyuklar to'p surishgan", dedi Pele.

Manba: championat.com