Pele Maradonaning o'limi to'g'risidagi xabarlarga munosabat bildirdi
25 noy 2020 22:28
Yangiliklar
Pele Maradonaning o'limi to'g'risidagi xabarlarga munosabat bildirdi
Futbol afsonasi Diego Armando Maradona 60 yoshida vafot etdi. Argentinada 3 kunlik motam elon qilindi.
Braziliyalik boshqa bir daho Diegoning o'limi haqida gapirdi.
"Do'stlaringizni bu tarzda yo'qotish juda ham achinarli. Albatta, qachondir samoda u bilan birga to'p tepamiz", deydi Pele.
Angliya terma jamoasining sobiq hujumchisi Gari Lineker ham Maradonaning o'limi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi:
"Argentinada Diego Armando Maradonaning vafoti haqida yozishyapti.
U bizning avlod ichidagi eng yaxshi o'yinchi edi, hozirgacha munozarali ravishda barcha zamonlarning eng zo'r futbolchisi deb etirof etiladi.
Baxtli, ammo notinch hayotdan keyin, nihoyat, Diego orom oladi deb umid qilaman".
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar