Pedro: "Kievda qiyin bo'ladi"
08 mar 2019 13:50
Yangiliklar


Pedro: "Kievda qiyin bo'ladi"
"CHelsi" hujumchisi Pedro Rodriges Kievning "Dinamo" klubiga qarshi bo'lib o'tgan Evropa ligasi 1/8 final ilk uchrashuvi (3:0) haqida fikr bildirdi.
"Jamoaviy harakatlarimizdan ko'nglim to'ldi, g'alaba biz uchun juda muhim edi. Gol ura olganimdan xursand bo'ldim, ammo asosiysi natija. Kievda 90 daqiqa o'tkazishimiz kerak. Qiyin bo'ladi. Bahs hali yakunlangani yo'q. Ammo bu kecha biz uchun yaxshi yakunlandi" - deydi Pedro.
"Dinamo" hamda "CHelsi" o'rtasidagi Evropa ligasi 1/8 final javob uchrashuvi 14 mart kuni Kievda bo'lib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar