"Paxtakor"da yana murabbiy o'zgardi, u ham vaqtinchaga

Narzulla Saydullayev
26 apr 2017, 17:45
Toshkentning "Paxtakor" klubi bosh murabbiy Ravshan Haydarovni iste'foga chiqardi.
Shu yilning 6 aprel sanasida Grigoriy Kolosovskiyning o'rniga Ravshan Haydarov bosh murabbiy etib tayinlangan edi. Oradan  bir oy ham vaqt o'tmay Haydarov ham ishdan olindi. Endi vaqtincha bu lavozimda Jasur Abduraimov ishlab turadi.

Oldinroq saytimizda "Paxtakor" yangi bosh murabbiy qidirishni boshlagani haqida xabar berilgandi.

Jamoa murabbiylar shtabiga "Sho'rtan" va "Lokomotiv" bilan bo'lib o'tadigan o'yinlarda maksimal, 6 ochko olish vazifa etib qo'yilgan edi. Ammo "sherlar" ikkala uchrashuvda ham yutqazib qo'yishdi.

Eslatib o'tamiz, bugun "Paxtakor" futbol klubida rahbariyati tarkibida o'zgarishlar amalga oshirildi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia