So’nggi yangiliklar

12:38Футзал. Ўзбекистон чемпионатида 2-тур якунланди. Мусобақа жадвали, рамзий терма жамоа ва тўпурарлар пойгаси  0 12:11Элит ОЧЛ. Ўзбекистонлик ўйинчи 2-тур рамзий терма жамоасида ўрин олди  0 11:05Расман: Асрор Алиқулов "Шўртан" билан уч ойлик шарнома имзолади  5 10:44"Бунёдкор" ва "Насаф" "Олимпия" стадионида жанговар дуранг ўйнашган баҳсдан ГАЛEРEЯ  0 10:12Пролига. Бугун иккита дерби бор  0 09:44Манчестер жамоалари "Бавария" футболчиси учун курашмоқчи  0 09:17Рустам Ашурматов Каннаворонинг терма жамоага мураббий бўлиши ҳақидаги саволга жавоб берди  42 08:51"Ал Ҳилол" Кейнга жуда катта маош таклиф қилмоқчи  6 08:40Туркия Суперлигаси. Гюндоган "Галатасарой" сафидаги илк голини урди ва жамоасини мағлубиятдан қутқариб қолди  0 08:20Суперлига. Бугун тур якунланади  4 07:53МЛС. Месси учта ассист берган баҳсда "Интер Майами" йирик ҳисобда ғалаба қозонди  13 03:39Зейтуллаев: "Медаллар учун имконият? "Насаф", "Нефтчи", "Пахтакор", "Сўғдиёна" ва "Динамо" билан қандай курашиш мумкин?"  1 02:58Бельгия Про лигаси. "Антверпен" ўз майдонида дуранг ўйнади, Ўринбоев захирадан майдонга тушди  1 02:51Юсуф Отубанжо нима сабабдан Арманистондаги сингари кўп гол ура олмаётганига изоҳ берди  4 02:13Имеда Ашортиа: "Футбол фақат гол уриш ва голли узатма беришдан иборат эмас"  0

“Paxtakor”da to'p tepgan, Surxondaryo futbolining yulduzi Marat Kabaev 59 yoshga to'ldi Yangiliklar

“Paxtakor”da to'p tepgan, Surxondaryo futbolining yulduzi Marat Kabaev 59 yoshga to'ldi

Bugun o'z tavallud kunini nishonlayotganlar orasida “Paxtakor” jamoasida o'ynagan surxondaryolik futbolchi, mutaxassis Marat Kabaev ham bor.

Taniqli futbolchi 59 yoshni qarshi oldi.

1961 27 mayda tatar oilada dunyoga kelgan Kabaevning bolalik yillari Surxondaryo viloyatining Uzun tumanida o'tdi. Uning otasi Vazix Kabaev o'z vaqtida O'zbekiston kurash federaciyasida faoliyat ko'rsatgan, turli lavozimlarda ishlagandi. Marat esa bir vaqtning o'zida futbol va basketbol bilan birga shug'ullandi. 15 yoshidan Moskvadagi futbol maktablarida turli guruhlarda o'z imkoniyatlarini sinab ko'rgach, 1979 yilda Termizga qaytdi. 1980 yildan boshlab yangi tiklanish jarayonini boshidan kechirayotgan “Paxtakor” respublikamizning turli joylaridan iqtidorlarni yig'ishni boshladi. Marat Kabaev ham Termizning “Avtomobilist” jamoasidan taklif qilindi. 28 sentyabrda Toshkentda Lvovning “Karpati”siga qarshi o'yinda murabbiy Ishtvan Sekech asosiy tarkibga kiritdi. Birinchi golini esa Simferapolning “Tavriya” jamoasiga urdi.

1981 yilda SSSR yoshlar terma jamoasi bilan Franciyadagi turnirda qatnashgach keyingi yillarda SSSR olimpiya terma jamoasiga kiritildi. 1986 yilda bir mavsum birinchi ligada SKA klubida o'ynab “Paxtakor” safiga qaytdi va jamoaning eng yaxshi  to'prurari bo'ldi. 1989 yilda ukrainalik mutaxassis Evgeniy Kecherevskiyning qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Natijada Igor SHkvirin bilan birga “Dnepr”ga ko'chib o'tdi. Lekin, kutilmagan mashg'ulotlarda orttirib olingan jaroxat faoliyatini bir maromida davom ettirishga to'sqinlik qildi. Buning oqibatida ko'p bor jamoa almashtirishiga to'g'ri keldi. “Umid”, “Traktor”, “Navbahor”, “Qaysar” klublarida qisqa vaqt harakat qildi va Samarqandning “Dinamo” jamoasida butsalarini mixga ildi. 

Murabbiylik faoliyatini Toshkentning “Traktor” klubida boshladi va uch mavsum davomida Vadim Abramovga ko'maklashdi Bir necha yil mobaynida “CHig'atoy” futbol maktabida yoshlarga dars berdi. Igor SHkvirin 2008 yilda “Olmaliq” jamoasining boshqaruvini o'z qo'liga olgach do'stini o'rinbosarlar jamoasiga murabbiyligiga taklif qildi. 2009 yilda esa Ahmad Ubaydullaevga Misrda o'tgan kichik Jahon chempionatida assistentlik qildi. Futbolimiz rahbarlari uning tajribasini inobatga olib 1991 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat yoshlar terma jamoasini ishonib topshirdi. O'sha jamoada Akbar Ismatullaev, Dilshod Jo'raev, Temurxo'ja Abduxoliqov, Egor Krimeclar o'ynagandi. Lekin, 2010 yilgi Osiyo chempionatida terma jamoa chorak finldan ortga qaytishga majbur bo'ldi. 2011 yilda “Qizilqum” jamoasidagi ishi bilan O'zbekistondagi faoliyatiga yakun yasadi. 2012-2015 yillar oralig'ida “Rubin”da Qurbon Berdievga selekcioner murabbiy sifatida yordamlashdi. Sardor Azmunning porlashida bilsangiz Kabaevni ham o'rni bor. Azmunni selekciya natijasida Qozonga aynan Kabaev olib kelgandi.

Saytimiz ijodkorlari nomidan Marat Kabaev sog'lik va salomatlik tilab qolamiz.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика