"Paxtakor": Yoshlarimizning yirik g'alabasi
25 fev 2014 13:41
Yangiliklar


"Paxtakor": Yoshlarimizning yirik g'alabasi
"Paxtakor" yoshlar tarkibi nazorat bahsida "Istiqlol"dan 5:0 hisobida ustun keldi.
Ilhom Mo'minjonov shogirdlari mavsumga tayyorgarlik jarayonini davom ettirishmoqda. Qibraydagi stadionda birinchi liga ishtirokchisi "Istiqlol" bilan maydonga tushgan yoshlarimiz yirik hisobda zafar quchishdi. Jamoa tarkibi shunday ko'rinish oldi:
SHohruh Raimov, Abbos Otaxonov, Viktor Grigorev, Dian Talgatov, Ravshan Haydarov, Bahodir Daminov, Jamshid Yusupov, Islom Karimov, Abdurahmon Abdulhoqov, Abdurasul Komilov, Saidjamol Davlatjonov.
Gollar: Karimov 42, Otaxonov 45, Abdulhoqov 52, 67, Iskanderov 83.
Mavsumga tayyorgarlik jarayonida yoshlar tarkibi Italiyada bo'lib o'tgan "Koppa Karnevale" xalqaro turniri va PFL Kubogida ishtirok etdi.

Fikrlar