Unda klub bosh direktori Rustam Kupaysinov va sport direktori Grigoriy Seytlin hamda yangi futbolchilar Adnan Oraxovac, Navro'z Alimov va Iskandar Shoyqulov ishtirok etishdi.
Ma'lumot uchun, chernogoriyalik himoyachi Adnan Oraxovac Serbiyaning "Edinstvo", hujumchi Navro'z Alimov "Qizilqum"dan va himoyachi Iskandar Shoyqulov "Mashal"dan "Paxtakor"ga kelib qo'shildi.
"Taqdimot marosimiga xush kelibsizlar. Barchangizni ko'rganimizdan xursandman. Jamoamizni hurmat qilib kelganingizga rahmat. Yangi mavsumga odatga ko'ra tayyorgarlik ko'rdik, ikkita xorijiy yig'in o'tkazdik. OCHL ilk turiga jamoa tayyor. Jamoamiz xalqaro maydonga qaytganidan xursanmiz, yangi mavsumda o'z oldimizga katta maqsadlar qo'yganmiz", - deydi Rustam Ko'paysinov.
"Jamoamiz safiga kelib qo'shilgan futbolchilarga e'tibor qaratsangiz ular asosan yoshlar ekanini ko'rasiz. Mana shu yosh futbolchilar bilan Osiyo chempionlar ligasida yaxshi ishtirok etishga umid qilamiz", - deydi Grigoriy Seytlin.
Shundan so'ng yangi futbolchilarga "Paxtakor" klubi liboslari taqdim etildi. Unga ko'ra Oraxovac 4, Alimov 16 va Shoyqulov 13-raqamli futbolkalarga ega bo'lishdi.
- Jamoa keyingi hafta Osiyo chempionlar ligasidagi ilk o'yinni o'tkazadi. Ko'pchilikni stadion maysasi holati qiziqtirmoqda...
Rustam Ko'paysinov: - Maydon o'yinga tayyor. Hech qanday muammo bo'lmaydi. Kichik ta'mirlash ishlari olib borildi, hozir barchasi joyida.
- Oraxovac klub bilan qancha muddatga shartnoma tuzdi? Agar sir bo'lmasa transfer narxi qancha bo'ldi?
Grigoriy Seytlin: - Adnan jamoa bilan 3 yillik shartnoma tuzdi. U "Paxtakor"ga erkin agent sifatida kelib qo'shildi.
Adnan Oraxovac: "Paxtakor" kuchli klub, o'z ananalariga ega bo'lgan jamoaga o'tganimdan xursandman. Sanibalning maslahatiga ko'ra bu klubga o'tishga qaror qildim.
- Yangi klubda qanday maqsadlar qo'ydingiz?
Navro'z Alimov: "Paxtakor"dek kuchli klubga o'tganimdan mamnunman. Jamoadagi muhit a'lo darajada. Turkiyada ikkita xorijiy yig'in o'tkazdik, yangi jamoadoshlarim bilan chiqishib ketdik.
- Iskandar Shoyqulov "Paxtakor" himoyasida raqobat juda kuchli. Bu sizni cho'chitmadimi?
Iskandar Shoyqulov: - Avvalo shunday kuchli klubga o'tganimdan xursandman. Deyarli barcha futbolchilar "Paxtakor" safida o'ynashni orzu qilishadi. Raqobatga keladigan bo'lsak, agar raqobatdan qo'rsam futbolchilikni yakunlab qo'yardim. Ishonamanki menga imkon berishadi, o'sha imkoniyatdan foydalanishga harakat qilaman.
- Jamoaning qishki yig'inlari haqida, yangi mavsumga tayyorgarlik haqida, maqsadlar haqida gapirib bersangiz.
Grigoriy Seytlin: - Xorijda ikkita yig'in o'tkazdik, undan oldin Toshkentda ham yig'in o'tkazdik. Hozir ko'rib turgan futbolchilaringiz bilan shartnoma tuzdik, ular yig'inlar davomida jamoaga qo'shilib ketishdi. O'yinlar orqali Osiyo chempionlar ligasi va O'zbekiston chempionatiga tayyorgarlik ko'rdik. OCHLdagi ilk bahsga qadar jamoamiz 120 foizga tayyor bo'lishni istardim.
- Alibobo Rahmatullaev jamoa bilan shartnoma tuzgandi. U bilan qanday holat yuz berdi?
Rustam Ko'paysinov: - Alibobo bilan rostdan ham shartnoma tuzgandik. Ammo bosh murabbiy qaroriga ko'ra u bilan kelishuv bekor qilindi.
- Jamoani rasman tark etganlar bormi? Ular kimlar?
Rustam Ko'paysinov: - Uzoq yillar davomida jamoamizda o'ynagan Boyan Miladinovich faoliyatini Malayziyada davom ettirishga qaror qildi. Bundan tashqari shartnomasi tugagan Oybek Qilichev Eron klubi bilan shartnoma tuzdi. Ularga omad tilaymiz.
- "Paxtakor" o'z safiga asosan jamoaning asosiy futbolchilarini qo'shib oladi. Siz esa "Mashal"da doim ham maydonga tushmay turib "sherlar" safiga o'tdingiz. Bunga qanday erishdigiz?
Iskandar Shoyqulov: - To'g'risini aytaman "Paxtakor"ga o'tishim etti uxlab tushimga ham kirmagandi.
- Klub futbolchilari Egor Krimec, Igor Sergeev va Jamshid Iskanderov Osiyo kubogidan qanday holatda qaytib kelishdi.
Grigoriy Seytlin: - Ularning holati yaxshi darajada jamoaga qaytishdi. Sababi futbolchilarimiz qita chempionatida ko'p maydonga tushishmadi. Turkiyadagi yig'inda yigitlar jamoaga qo'shilib ketishdi.
- "Paxtakor"da ko'plab bolqonlik futbolchilar kelishgan. Ammo faqat Miladinovich va Darko Markovichgina jamoada yaxshi o'ynab ketishgan. Sharq nozik masala, O'zbekistonda mentalitet boshqa. Shu narsadan qo'rqmadingizmi?
Adnan Oraxovac: - Dunyoning hech bir klubida yangi futbolchining o'ynab ketishiga kafolat yo'q. Ammo O'zbekistonda o'ynab ketishimga ishonaman, shu bois ham "Paxtakor" bilan 3 yillik shartnoma tuzdim.
- O'tgan yil "Paxtakor" faqat O'zbekiston chempionati va O'zbekiston kubogida o'ynagandi. Bu yil esa OCHL ham qo'shildi. Tarkibdagi futbolchilar etmay qolmasligidan qo'rqmayapsizlarmi?
Grigoriy Seytlin: - Albatta, o'tgan yil zaxira o'rindig'imiz uzun bo'lmagandi. Lekin 2014 yil biz chempion bo'la oldik. Bu yil tarkibimizga mana bu 3 nafar yangi futbolchilar qo'shildi. Bularga yana akademiyamizdan yetishib chiqqan futbolchilarni ham qo'shing. Oliy liga uchun zayavkani tayyorlayapmiz, u e'lon qilinganida tarkibdan juda ko'plab yoshlar borligini ko'rasizlar. Tarkibda yoshlar ko'pligi odamni xursand qilmay qo'ymaydi.
Narzulla Saydullaev