So’nggi yangiliklar

07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  1 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  1 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  1 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  0 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0 23:31Турдимуродов, Ибрагимов, Эсанов – миллий жамоага номзод футболчилар кўрикдан ўтказилмоқда  1 23:03"Бир соат ичида бир оғиз ҳам гапирмади" – Хабиб Нурмагомедов Абдуқодир Ҳусанов билан учрашув ҳақида  19 22:32Ўзбекистон U-18 терма жамоаси машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  0 22:14Расман: Неъматуллоҳ Рустамжонов "Андижон" клуби аъзосига айланди  2 21:32Расман: Асилбек Алиев "Андижон" футболчисига айланди!  10 21:25"Ювентус" Кьезани "Ливерпул"дан қайтариши мумкин  0

"Paxtakor" yangi futbolchilari bilan to'liq mashg'ulot o'tkazdi (FOTO) Yangiliklar

"Paxtakor" yangi futbolchilari bilan to'liq mashg'ulot o'tkazdi (FOTO)

Teglar :  Paxtakor
Kecha "Paxtakor" klubi jamoaga yangi taklif etilgan 5 nafar futbolchi bilan rasman shartnoma imzoladi hamda ularni keng ommaga tanishtirdi.


SHota Arveladze kecha qo'l ostidagi mavjud futbolchilarning deyarli barchasi bilan to'liq tartibda mashg'ulot o'tkazdi.

Yangilardan faqatgina Zabihillo O'rinboevga qisqa tatil berilgani bois, "sherlar"ning yangi hujumchisi mashg'ulotlarda ishtirok etmadi. Qolgan barcha futbolchilar jamoa bilan birgalikda shug'ullanishdi.

Jarohatini davolayotgan Stanislav Andreev, Jamshid Boltaboev va Javohir Sohibov bundan mustasno. SHuningdek, O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan Qatarda o'tgan turnirda qatnashgan uch nafar futbolchilar ham hali jamoaga qo'shilishgani yo'q.

Mashg'ulotlar ancha ko'tarinki ruhda o'tdi. Dastlab odatdagidek Laslo Yambor futbolchilar bilan jismoniy mashqlar bilan ularni "qizitdi". Keyinchalik esa SHota Arveladze futbolchilarni to'p bilan ishlash mahoratini oshirishga etibor qaratdi.

Darvozabonlar murabbiyi Ibrohim Yilmaz esa uch nafar kiper bilan alohida tartibda shug'ullandi. "Paxtakor"ning yangi azosi Eldorbek Suyunov o'zining yangi murabbiyi Yilmaz qo'l ostida birinchi marta shug'ullandi.

Keyinchalik futbolchilar yaqin masofadan darvozalarga zarba berish borasida ishlashdi. SHota Arveladzega yaxshi taassurot qoldirish uchun mashg'ulotda qatnashayotgan 26 nafar futbolchining barchasi birdek ter to'kmoqda.

Marko Simich va Jasur Hakimov mashg'ulot davomida oyoq paylarini cho'zib olishgani tufayli maydonni boshqa jamoadoshlariga nisbatan biroz erta tark etishdi.

Laslo Yambor esa chigalyozdi mashqlaridan so'ng jarohatidan forig' bo'layotgan Jamshid Iskanderov bilan yakka tartibda shug'ullandi.

Mashg'ulotning so'nggi qismida jamoalar ikkiga bo'lingan holda o'ynashdi. Bunda SHota Arveladze jamoa hujumda raqibga nisbatan qay tarzda pressing qo'llashi kerakligini futbolchilarga alohida tushuntirdi va shuning ustida ishlandi. Bir jamoa himoyadan hujumga o'tayotganida ularga nisbatan pressing qo'llash mashq qilindi. SHu tariqa ikki soat davom etgan mashg'ulot tugadi.

Quyida mashg'ulotlardan olingan suratlarni havola etamiz:

Foto: Tolibjon Qosimov

SHahboz Beg'amov

Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика