"Paxtakor" yana bitta yutsa, birinchi davradagi natijasini takrorlaydi
17 avg 2021 16:50
Yangiliklar
"Paxtakor" yana bitta yutsa, birinchi davradagi natijasini takrorlaydi
Oxirgi uchta o'yinni 1:0 hisobidagi g'alaba bilan yakunlagan "Paxtakor" shu bahslarda "Bunyodkor", "Nasaf" va "Mashal"ni mag'lub etdi. Umumiy hisobda bu jamoaning qatorasiga g'alabalar soni 5ta bo'ldi. Piter Xyuistra shogirdlari bungacha "Lokomotiv" bilan "Surxon"dan ham ustun kelishgandi.
Agar "Paxtakor" keyingi turda ham zafar quchsa, ketma-ket g'alabasini 6taga etkazib birinchi davradagi natijasini takrorlaydi. CHunki amaldagi chempion bu yilning mavsumning dastlabki 6ta o'yinini o'z foydasiga hal etib, faqat 7-turda "Turon" bilan 1:1 o'ynagandi. "Paxtakor" Superliga 16-tur uchrashuvini 26 avgust kuni o'z maydonida AGMKga qarshi o'tkazadi. AGMK ikkinchi o'rinda borayotganini hisobga olsak, Toshkentda qiziqarli to'qnashuv guvohi bo'lishimiz mumkin.
Hozircha Superligada "Paxtakor" 15 o'yindan 13tasida g'alaba qozonib, ikki bor durang o'ynadi va hali mag'lub bo'lgani yo'q. To'plar nisbati 28-6. "Paxtakor" Superliga ishtirokchilari orasida eng ko'p gol urgan va eng kam gol o'tkazgan jamoa bo'lib turibdi.
Fikrlar