So’nggi yangiliklar

12:25Гвардиола: "У қарор қабул қилиши керак"  0 11:42Эшитдик-да! "Олимпик"нинг яна бир футболчиси Суперлиганинг бошқа клубига ўтмоқда  3 11:05«Реал Мадрид» яна бир фахрий ҳимоячини текинга қўлга киритиши мумкин  4 10:29Нега Тимур Кападзенинг Испанияга қарши ўйин олди ташкил этилган матбуот анжуманидаги фикрлари ҳеч бир ўзбек ОАВсида чиқмади?  32 09:57АS нашри Испания ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркибини эълон қилди  19 09:22Ўзбекистон ОТЖнинг бугунги учрашув учун тахминий таркиби билан танишинг  24 08:55“Mirabror Usmanov Cup-2024”. Бугун учинчи ўрин ва финал учун учрашувлар бўлиб ўтади  2 08:26Ҳусайн Норчаев олимпиада олдидан ФИФАга тайёргарлик, режалар ва мақсадлар ҳақида интервью берди  14 08:01ESPN нашри ХХI асрнинг энг яхши футболчилар рейтингини тузиб чиқди  17 07:21Тарих ёзишда давом этамиз! Бугун Ўзбекистон ОТЖ Олимпия ўйинларида дебют баҳсида майдонга тушади  40 00:47Чалобага АПЛнинг уч клуби қизиқиш билдирмоқда  1 00:30"Барселона" Мексика терма жамоаси мураббийлар штабига қўшилган Маркес учун 2 миллион евро олди  3 00:03"Милан" ҳимоячиси Бельгияга йўл олди  1 23:46"Реал Мадрид" бошқа ҳеч кимни сотиб олишни режалаштирмаяпти  6 23:29"Челси"ни 12 нафар футболчи тарк этиши мумкин - барча номлар маълум  3

"Paxtakor" va "Double Pass" ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi Yangiliklar

"Paxtakor" va "Double Pass" ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi

Bugun "Paxtakor" klubi va jahonga mashhur "Double Pass" kompaniyasi vakillari ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

"Paxtakor" stadioni anjumanlar zalida o'tgan tadbir 11:00da boshlandi.

Anjumanda  "Double Pass" kompaniyasi asoschisi Van Xoeke, Osiyo mintaqasi direktori Xarvi Arman, kompaniya xodimi Xans va "Paxtakor" bosh murabbiyi SHota Arveladze ishtirok etdi.

Xarvi Arman: - O'zbekistonda bo'lib turganimizdan xursandmiz. Kompaniya vakillari bilan bu erga tashrif buyurdik. Buning uchun SHota Arveladzega minnatdorchilik bildiraman. Kompaniyamiz 20 yildan beri faoliyat olib boradi. Bizda soha bo'yicha katta tajriba bor. 20 yil ilgari Belgiya futbol federaciyasi bilan kompaniyaga asos solingan. Ish boshlangan paytda Belgiyani eng kuchli futbol mamlakatlaridan biriga aylantirish asosiy maqsadimiz edi. 2002 yil Belgiya FIFA reytingida 72-pog'onada edi. Ayni paytda esa Belgiya bu reytingda peshqadamga aylangan. Hozirda 15 mamlakatda 850ga yaqin futbol klublariga yordam berib kelyapmiz. Biz yoshlar futbolini rivojlantirish bo'yicha xalqaro standart maqomiga (ISO) egamiz. Markaziy Osiyo bilan haligacha ishlamagandik. Oxirgi yillarda O'zbekiston yoshlar futbolida katta natijalarga ega. So'nggi ikki yilda SHota Arveladze "Paxtakor"da ishlamoqda, klub katta rejalarga ega. Klub katta tarixga ega, Arveladzening tajribasi ulkan, kompaniyamiz esa jahonda futbolni taraqqiy etishiga hissa qo'shishda yaxshi tajribaga ega, bu uch jihat ishimizda ijobiy natijalar berishiga umid qilamiz. Umid qilamizki, o'zbek futboli, yoshlar va "Paxtakor"ga yanada rivojlanishda katta yordam beramiz deb o'ylayman.

SH.Arveladze: - Hamkorimizga aylanib ulgurgan kompaniya vakillariga rahmat aytaman. Muzokaralar yil davomida davom etdi. Ushbu kompaniya futbolimizga kirib kelishini xohladik. Ularning olib borgan ishini o'rgandik. Jahonda ko'plab mamlakatlarda futbolni yangi darajaga olib chiqishda katta ish amalga oshirishgan. Maqsadimiz "Paxtakor"ni nafaqat O'zbekiston, balki Osiyoda eng kuchli klublar qatoriga olib chiqish. Ular qay yo'sinda o'sishimiz kerakligini ko'rsatib berishadi. Bu biz uchun foydali bo'ladi. Oldimizga superklub shakllantirish vazifasini qo'yganmiz. Ular bizning faoliyatimizni tekshirib berishadi. Qanday ishlashimiz zarurligi haqida malum fikrga kelamiz. Ushbu kompaniya bilan birinchi qadamlarni tashlayotganimizdan xursandmiz.

Van Xoeke: - Yosh iqtidorlarni qay tariqa asosiy jamoa safiga ko'chib o'tishini taminlashda yordam berishga intilamiz. Aksariyat holatlarda yosh futbolchilarning katta futbolga, asosiy jamoaga qo'shilib ketishida muammolar yuzaga keladi. SHu sababli biz birinchi navbatda klubning o'zini yaxshi tushunib olishimiz lozim. Xodimlar, murabbiylar va jamoadagi insonlar bilan suhbatlashib, ularning fikrlarini bilib, klub tizimining o'sishini aniqlab berishga intilamiz. Yoshlarning katta futbolga o'tishida o'zimizga xos tajribaga egamiz. Akademiya har bir jamoaning ertasi sanaladi. SHuning uchun u erdagi iqtidorlarni aniqlash, har bir tarafini o'rganish bilan ulari yuqori darajaga olib chiqamiz.


Xans: - Avvalambor, janob Arveladzega va klub xodimlariga bizni iliq qarshi olishgani uchun minnatdorchilik bildiraman. O'zbekistonda ilk bor ish boshladik. Dastlab ish jarayonini o'rganib chiqamiz. Keyin esa tahlillar orqali ishni yo'lga qo'yishda yordamlashamiz. Biz kimgadir qanday ishlash kerakligini aytmaymiz, balki birgalikda tajriba almashib, hamkorlikda o'sishga erishishga harakat qilamiz. Bunday tajriba Angliya va Germaniya kabi davlatlarda qo'llab ko'rildi. Yaponiya, Daniya va Braziliyada ham ayni paytda hamkorlikka egamiz. "Internasional" va "Flamengo" klublari hozir hamkorlarimiz hisoblanadi. "Paxtakor"dagi muhitni Braziliyaning "Internasional" klubiga o'xshatib yubordim. Har ikkisi katta tarixga ega. Ushbu klublardan futbol nafasi ufurib turibdi. Biz asosiy va yoshlar jamoalari o'yinlarini kuzatdik, akademiya murabbiylar shtabi bilan muloqotda bo'ldik. Braziliya bilan bu erda iqtidorlar ko'pligi, futbolni insonlar juda sevishi, tizim, rivojlanish yo'llari, ish uslublari, aniq maqsad sari intilishda o'xshashlik ko'p ekan. "Paxtakor" ramzidagi ikki yulduzchani uchtaga aylantirishda ham yordam bermoqchimiz. "Paxtakor"ni Evropa talablariga javob beradigan Osiyodagi eng kuchli klubga aylanishida ko'mak qilmoqchimiz.

Van Xoeke: - Har bir mamlakatning mahalliy jihatlaridan kelib chiqib, olib borish lozim bo'lgan ish yo'nalishini tanlaymiz. Millat, mentalitet, gen - bularni hisobga olish kerak. SHu bilan birgalikda o'zimizdagi eng yaxshi taraflar bilan bazi o'zgarishlarni amalga oshirishga kirishamiz. Bunda eng maqul variant tanlanadi. Bu erda 10 kun mobaynida bo'lamiz, uslubni o'rganib, o'zimiz uchun tahlil qilamiz. Klub hayotini kuzatib boramiz. Taklifimizni yozib olib, navbatdagi bosqichlarda rivojlanish uchun amaliy ish boshlab yuboriladi. Bazida millat qarashi, ananasini o'rganish uchun ko'p vaqt ketishi mumkin. Yaponiyada shu jihatlarning o'ziga bir oy vaqt sarflaganmiz.

Arveladze: - Bu erda ish boshlaganimda matbuot anjumanida klub prezidenti ham ishtirok etgandi. O'shanda vada berilgandi - "Paxtakor"ni superklubga aylantirish. Biz o'sha yo'lda ish olib boryapmiz. O'ylashimcha, muxlislarni stadionga qaytara oldik. Klub o'sib bormoqda, xodimlar faol ishlashmoqda. Hamisha ishlar yuqori darajada yo'lga qo'yilishi lozim. Xuddi "Bavariya"da bo'lgani singari, masalan. Klubdagi hayot yutuq yoki mag'lubiyatga bog'liq bo'lmasligi lozim. Kimningdir uch santimetr to'pni noaniq tepishi katta o'zgarishlarga olib kelishi kerak emas. Klub doim harakatda bo'lishi, undagi ish davom etishi lozim. Biz shunga erishib bormoqdamiz. "Paxtakor" faqat oldinga qarab qadam bosishda davom etadi.

Arman: - Ishonchimiz komil, "Paxtakor" bilan deyarli tilladek loyihani amalga oshiramiz. Datslabki loyihani bitirib olsak, hamkorligimiz uzoq davom etadi deb o'ylayman. Hozir klub tizimini to'liq o'rganib chiqib, fikrimizni bildiramiz. Tahlil jarayonida o'z sohasining etuk mutaxassislari bizga yordam berishadi. Hali hamkorligimiz uzoq yillar davom etadi deb o'ylayman.

Arman: - Oxirgi muvaffaqiyatli loyihalarimizdan biri "Galatasaroy" bilan bo'lgandi. Ular Turkiya jamoasi va sizlar yaqinsizlar. O'sha jamoada oxirgi 20 yilda Arda Turondan boshqa yaxshi saviyali futbolchi chiqmagandi. Biz ish olib bordik, iqtidorlar bilan ishlash kerakligini ko'rsatdik va o'tgan yili "Galatasaroy" ikki futbolchini Evropa klublariga sotdi. Bu oddiy misollarimizdan biri. "Paxtakor" bilan ham hamkorligimiz muvaffaqiyatli chiqadi degan umiddamiz.

Arveladze: - Biz iqtidor va tizim o'rtasidagi oraliqni topishni istaymiz. Ko'p narsalarni uddalay olamiz. Ajdodlarimiz necha yuz yillar avval "Tojmahal"ni qurgan, nega hozir qura olmaymiz? O'zimizga ishonishimiz va rivojlanish uchun qadam tashlashimiz zarur. Iqtidorlarning o'sishini taminlashga urinishimiz lozim.

Reyting: +28   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика