"Paxtakor" Turkiyada mashg'ulotlarni boshladi
15 jan 2015 22:24
Yangiliklar


"Paxtakor" Turkiyada mashg'ulotlarni boshladi
Kecha Antaliyaga etib borgan jamoamiz kechki payt birinchi mashg'ulotni o'tkazdi.
Antaliya shahridagi "Papillon Belvil" mehmonxonasiga joylashgan jamoamiz azolari yaqin masofada joylashgan maydonda birinchi mashg'ulotda ishtirok etishdi. Bugun Toshkent vaqti bilan 14:00 va 20:00da 2 mahal mashg'ulot o'tkaziladi.
Birinchi nazorat uchrashuvi 17 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00da Qozog'iston chempionati ishtirokchisi Toldiqo'rg'onning "Jetisu" klubiga qarshi boshlanadi.

Fikrlar