So’nggi yangiliklar

19:15Ўзбекистон Кубоги. "Нефтчи" – "Оқ-тепа", "Навбаҳор" – "ФарДУ"  0 19:00Ўзбекистон Кубоги. "Машъал" иродали ғалабага эришди, "Шўртан" йирик ғалабани тантана қилди  2 18:06Францияда ПСЖ стадионининг VIP ложаларига кириш рухсатномасини ноқонуний сотишда гумонланиб, 5 киши қўлга олинди. Рухсатномлар нархи 1500 еврогача етган  1 17:38Суперлига 10-турида ишловчи ҳакамлар эълон қилинди  2 16:50"Реал"да жисмоний тайёргарлик тизимини ўзгартиришмоқчи. Пинтуснинг усуллари зич тақвимга мос эмас деб ҳисобланди ва у Алонсо штабига кирмайди (Marca)   13 15:52“Таклиф устида узоқ ўйланмадим, бу биз учун янги чақирув” – Максим Шацкихдан дастлабки фикрлар  25 15:47Футболда тезлик бўйича жаҳон рекорди янгиланди  4 15:26Эвра Брунунинг кетишига қарши: "У жамоанинг энг муҳим ўйинчиси, усиз МЮ Европа Лигаси финалига чиқмаган бўлар эди. Уни қўйиб юборишса, хато бўлади"   0 14:31“Лочин” парвози: Кубокдаги сенсация ва Полвоновнинг қайтиши  4 14:08Деку: "Барса" Рафинья ва Ямалга боғланиб қолган. Таркибда баланс бор, лекин бизга уларга ўхшаш ўйинчилар керак"  6 13:11"Игорь, футболкангни бер". "Пахтакор" - "Насаф" учрашувидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:05"Наполи" ва де Брюйне шартнома тафсилотларини муҳокама қилишга тайёр, ярим ҳимоячининг оиласи хоҳишлари инобатга олинди   0 12:21Қоидабузарликдан сўнг урилган гол ва ВАРнинг нотўғри аралашувлари. Суперлиганинг 9-тури ҳакамлик таҳлили  3 12:12"Пахтакор" тўртинчи бўлди. "Насаф" охирги бор қачон 6 та гол ўтказган эди?   24 11:53“Трастбанк”дан кичик бизнес эгалари учун 500 млн сўмгача кредит!  2

"Paxtakor" stadioni yopildi, klub qachon uni tamirdan chiqaradi? Yangiliklar

"Paxtakor" stadioni yopildi, klub qachon uni tamirdan chiqaradi?

"Paxtakor" - "Olimpik" jamoalari o'rtasidagi o'yinni tomosha qilish bahonasida, "Paxtakor"ning Qibraydagi bazasiga borganimda qiziq bir voqeaga qulog'im chalindi, shu sababli klubga oid bazi narsalarni yozishga qaror qildim.

Ikkinchi davra "Paxtakor" uchun yaxshi va yomon yangilik bilan boshlandi. Yaxshisi jamoa safi ancha iqtidorli va tajribali futbolchilar bilan to'ldi. Barqaror o'yin etishmaydigan yoshlar bilan to'lgan "Paxtakor" ushbu transferlar orqali yanada kuchayishi aniq. Yomon tomoni tamirtalab stadion PFL va IIB tomonidan Superliga o'yinlarini o'tkazish uchun yaroqsiz deb topildi, 2023 yil esa stadion OCHL talablariga javob bermagani uchun jamoa uy o'yinlarini "Bunyodkor" stadionida o'tkazgandi. 


"So'nggi marta 2008 yil tamirlangan bu arena bugun ayanchli ahvolga kelib ulgurgan. Bu erda muxlislar uchun deyarli sharoit yo'q. Jamoa "Jar" yoki "Bunyodkor" stadionida o'ynasa, Markaziy stadionga nisbatan ancha ko'p muxlis tashrif buyuradi. SHundan kelib chiqib aytish mumkinki, klub muxlislari bu stadionda futbol ko'rishni xush ko'rmaydilar, albatta u yangilanmasa.

2023 yil o'rtalariga kelib "Paxtakor" klubini "AKFA Nolding"ga o'tishi haqidagi xabarlar chiqdi va ko'p o'tmay bu loyiha to'xtatilganligi haqida elon berildi. Sabab sifatida esa omma qarshilik qilgani ko'rsatildi. 

Klub "AKFA Nolding" kompaniyasiga o'tar chog'i, ayrim noto'g'ri talqin qilingan malumotlar asosida bu ishni to'xtatishdi. Agar 2023 yilgi reja o'z kuchida qolganida bugun biz sizlar bilan Qibrayda zamonaviy bazani ochilish marosimi haqida gaplashayotgan bo'lar edik. Birinchi bosqichda Qibraydagi sport majmuamizda asosiy tarkib va yoshlar jamoamiz uchun zamonaviy sharoit, farm klubimiz uchun yotoqxona va 120 nafar tarbiyalanuvchiga mo'ljallangan akademiya barpo etilishi kerak edi. Undan tashqari, Qibraydagi stadion "Jar" stadioniga o'xshatilishi va 2024 yil jamoamiz uy uchrashuvlarini ana shu erda o'tkazib turgan holda "Paxtakor" Markaziy stadionida katta rekonstrukciya ishlari olib borilishi ko'zda tutilgandi. Ko'pchilik o'ylaganidek "Paxtakor" to'liq buzilib, biznes markazlar qurilmas edi. Stadion to'liq kapital tamirdan o'tkazilib, tashqi darvozalarni olib tashlab, aholining sayr qilishi uchun alo holatga keltirilishi lozim edi. Yana bir katta qurilish CHilonzor akademiyasida reja qilingandi. U erda 5 yoshdan 12 yoshgacha bo'lgan futbolchilar uchun zamonaviy infratuzilma yaratilishi kerak edi. Hozir bu stadiondagi suniy maydon futbolchilarimizning turli jarohatlariga sabab bo'lyapti. Buni akademiyamizga kelib o'ynaydigan jamoalar ham yaxshi biladilar. Afsus, bitta noto'g'ri axborot mana shunday chiroyli loyihalarga nuqta qo'ydi" - deya fikr bildirdi "Paxtakor" matbuot kotibi Behzod Nazarov.


Bugungi o'zbek futbolida klubini sotib olaman degan hususiy homiyni topish qiyin masala. "Obod" klubidan keyin "Turon" qanday qiyinchiliklarni boshidan kechirib, yakunda katta arenani tark etishdi. O'zbekistonda futbol klubini sotib olgan kishi faqat "kasal" bo'lishi mumkin, biznes nuqtai nazaridan bu erda daromad qilib bo'lmaydi. Na translyaciya, na futbolchilarning savdosi, na marketing tomondan investorlar uchun bizning klublar qiziqarli loyiha hisoblanmaydi.


Asl egasi Toshkent shahar hokimligi bo'lgan "Paxtakor" uchun poytaxt deyarli mablag' ajratmayotgani haqida malumot mavjud. Jahongir Ortiqxo'jaev allaqachon siyosatdan tashqarida bo'lsa-da, "AKFA" kompaniyasi jamoaga mablag' ajratishda davom etyapti. Pul bo'lmasa klub qanday qilib "Olimpik"ning eng tajribali futbolchilarini xarid qildi? Bu o'yinchilar uchun "Navbahor", "Nasaf" va "Neftchi" kabi jamoalar ham katta qiziqish bildirishdi, ular taklif qilgan mablag' "Paxtakor"nikidan katta edi. Futbolchilar "Paxtakor" jamoasini tanlashganiga asosiy sabab, jamoaning Elit Osiyo CHempionlar ligasida ishtiroki ekanligining ehtimoli yuqori. Bu katta bozor, bu musobaqa birinchi marotaba o'tkaziladi va u qanday bo'lishini birgalikda ko'ramiz. Endi bor diqqat markazimizda ayrim guruhlar emas, balki butun musobaqa turadi. Xabaringiz bor, yangi OCHLda guruh o'yinlari bo'lmaydi, 12 ta jamoa o'zaro 8 ta o'yinda qatnashadi. Eng yomoni "Paxtakor" barcha 8 ta o'yinni safarda o'tkazadi, 4 tasi chet el mamlakatida bo'lsa, 4 tasi Superligadagi raqibining maydoni "Bunyodkor"da.



"Biz har bir uchrashuvda imkon qadar kurashamiz. Ular bizdan kuchli degani, ular osongina g'alaba qozonadi degan emas. Bu futbol va nima bo'lishini hech kim bilmaydi. Biz o'z mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilishga intilamiz. To'g'ri, ular bizdan yaxshiroq tarkibga ega, ammo bizda tajribali o'yinchilar etarlicha. Kurashishda davom etamiz. Barchasi sentyabrda boshlanadi. Yakuniy xulosalarni fevral oyida chiqaramiz. Yangi musobaqadagi ishtirokimiz qiziqarli kechishi aniq" - deya fikr bildirgandi "Paxtakor" bosh murabbiyi Maksim SHackix Elit Osiyo chempionlar ligasidagi ishtirok haqida


Qiziq tomoni shundaki, futbol masullari bu masalaga jiddiy etibor qaratmayaptilar. Olimpiadaga chiqishimizda uchta jamoa akademiyasi "Nasaf", "Paxtakor" va "Bunyodkor"ning hissasi juda katta bo'ldi, JCH yo'lida harakat qilayotgan MTJning ham negizi mana shu klublar elkasida. Lekin bugun "Bunyodkor"ning holati ham quvonarli emas, "Paxtakor"da bu ahvol, kichik terma jamoalarda "Nasaf"dan deyarli futbolchi yo'q, bu uch klub hech qachon izdan chiqishi kerak emas, biz hali JCHga chiqmadik, chiqqan taqdirimizda ham bu ananaviy bo'lishi uchun og'riqli nuqtalarimizni tuzatib olishimiz kerak. Olimpiada bilan chalg'ishimiz kerak.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика