So’nggi yangiliklar

16:18ЎФА раҳбарияти Майамидаги ФИФА Ижроия футбол саммитида қатнашди  1 15:56Маскерано: "Интер Майами" дунёнинг энг яхши 16 жамоаси қаторига кирди"  4 15:34"Насаф" ОЧЛ Элитда кимлар билан ўйнайди?  5 15:14МЮ Мбеумо учун курашда пешқадам ва у учун катта пул ажратишга тайёр  1 14:45Лотар Маттеус "Манчестер Сити"га Тер Штегенни сотиб олишни маслаҳат берди  1 14:17Жонни Эванс МЮда маълум бир лавозимга тайинланади  1 13:48Миш-мишларга қарамай, Маунт МЮни тарк этишни режалаштирмаяпти  4 13:20Илёс Зейтуллаев: "Самарқанддаги 3 очкони жамоавий ғалаба деган бўлардим"  4 13:02Мареска: "АҚШдаги об-ҳаво туфайли машқ қилиш деярли имконсиз"  0 12:34Раулнинг навбатдаги манзили Испания U-21 термаси бўлиши мумкин — музокаралар бошланди  0 12:07"Бавария" дортмундликлар юлдузини сотиб олмоқчи  0 11:39"Манчестер Сити" ҳимоячисининг дисквалификацияси узайтирилди  4 11:19Суперлига. 14-тур ҳакамлари маълум: "Насаф" – "Пахтакор" учрашувини Тўхтасинов бошқаради  26 10:40"Тоттенхэм" 20 ёшли япониялик футболчининг трансфери бўйича келишувга эришди  1 10:04Шаҳбоз Умаров “Турон“ билан хайрлашди. Унинг кейинги жамоаси водий клуби бўлиши мумкин  7

"Paxtakor" - "So'g'diyona". Mag'lub bo'lmaganlar to'qnashuvida g'oliblik kimga nasib qiladi? Yangiliklar

"Paxtakor" - "So'g'diyona". Mag'lub bo'lmaganlar to'qnashuvida g'oliblik kimga nasib qiladi?

Bugun Superliganing 10-turidan bir qator qiziqarli uchrashuvlar o'rin olgan.

Turning markaziy uchrashuvi esa shubhasiz Toshkentda "Paxtakor" - "So'g'diyona" jamoalari o'rtasida bo'lib o'tadi. Nima uchun bunday deyapmiz? Quyida shu haqida gap boradi. 


Kim qanday holatda?

Jamoalar Superliganing 10-turiga mag'lubiyatga uchramagan holda etib kelishdi. Ayni faqat shu ikki klub mag'lubiyatsiz chempionatda dadil odimlamoqda. 

9ta turda 3ta durang, 6ta g'alaba. Darhaqiqat jamoaning o'yinida Ulug'bek Baqoevning imzosi yaqqol ko'rinib turibdi. Umuman olganda Mirjalol Qosimov singari Baqoev ham natija keltira oladigan murabbiy sifatida shakllanmoqda, desak mubolag'a bo'lmaydi. Lekin oldinda jamoani yanada kuchli raqiblarga qarshi to'qnashuvlar kutmoqda. Ulardan biri bugun bo'lib o'tadi. Demak jizzaxliklarning haqiqiy kuchi mana shu bellashuvlarda sinaladi.  Ayni paytda "So'g'diyona" turnir jadvalida 21 ochko bilan ikkinchi pog'onada ketmoqda. Tarkibda Hasanov va Norxonov tandemi muvaffaqiyatli harakat qilmoqda. SHohruz Norxonov 7ta gol bilan nafaqat jamoasining, balki Superliganing eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.  Baqoev shogirdlarining navbatdagi raqiblari AGMK, "Nasaf", va "Lokomotiv". Agarda jamoa bugun "Paxtakor"dan ochko olishni uddasidan chiqsa, bu ularga keyngi bahslarda ishonch berishi tabiiy. 

Quyida "So'g'diyona"ning 9-turgacha bo'lgan uchrashuvlar natijasi  keltirilgan. 

1-tur. "Navbahor" - "So'g'diyona". 0:1

2-tur. "So'g'diyona" - "Turon" 1:0

3-tur. "Qizilqum" - "So'g'diyona" 1:1

4-tur. "So'g'diyona" - "Surxon" 2:1

5-tur. "Bunyodkor" - "So'g'diyona" 2:2

6-tur. "So'g'diyona" -  "Mashal" 2:2

7-tur. "Metallurg" - "So'g'diyona" 0:2

8-tur. "So'g'diyona" - "Andijon" 4:1

9-tur. "Qo'qon-1912" - "So'g'diyona" 2:3



Mavsumni Superkubok sovrini bilan boshlagan "Paxtakor"ning chempionatdagi g'alabali yurishi 5 ta tur davom etdi.

1-tur. "Nasaf" - "Paxtakor" 2:3

2-tur. "Paxtakor" - "Mashal" 3:0

3-tur.  AGMK - "Paxtakor" 0:3

4-tur.  "Paxtakor" - "Metallurg" 2:1

5-tur. "Navbahor" - "Paxtakor" 1:2

6-tur. "Paxtakor" - "Andijon" (qoldirilgan)

7-tur. "Turon" - "Paxtakor" 1:1

8-tur. "Paxtakor" - "Qo'qon-1912" 3:0

9-tur. "Qizilqum" - "Paxtakor" 0:1

Jamoaning g'alabali seriyasiga ettinchi turga kelib Superliga debyutanti "Turon" barham berdi, 1:1. So'nggi ikki turda "Qo'qon-1912" yirik 3:0, safarda "Qizilqum" 1:0 hisobida taslim etildi. To'qqizinchi turdan so'ng "Paxtakor" 7ta g'alaba, 1ta durang, 22 ochko to'plagan holda birinchi o'rinni egallab turibdi. SHuningdek, jamoaning zaxirasida yana bir uchrashuv borligini eslatib o'tish joiz. Jamoada eng faol futbolchi Dragan CHeran bo'lib turibdi. Uning hisobida 6ta gol va 1ta assit bor.



Uyda mag'lubiyatga uchramyotgan "Paxtakor"ga qarshi safarda ochko olayotgan "So'g'diyona"

Mezbon faktori mazkur to'qnashuvda "Paxtakor" biroz ustunlik taqdim qilishi mumkin. SHuningdek "sherlar" joriy yilda o'z maydonida o'tgan 3ta o'yinda yuz foizli natija qayd etgan, raqiblar darvozasiga 9ta gol urib, 1ta o'tkazib yuborgan. "So'g'diyona" esa raqib maydonida kechgan o'yinlarda jami 11 ochkoni qo'lga kiritganini takidlash joiz . Mana shu o'yinlarda  jizzaxliklar 9ta to'p kiritgan, darvozasidan 5ta to'p olib chiqqan. 

O'zaro o'yinlar

Milliy chempionatlar doirasida o'zaro 50 uchrashuv bo'lib o'tgan. 41 bellashuvda "sherlar" g'alabaga erishgan bo'lsa, 4ta o'yinda durang qayd etilgan va 5 bahsda raqibning g'alabasi qayd etilgan. 125 gol urgan "Paxtakor" o'z darvozasidan 39 to'p o'tkazib yuborgan. "Paxtakor"ning eng yirik g'alabalari 6:1 va 5:0 hisoblarida kuzatilgan. Toshkentdagi 25 bahsning 23tasida mezbonlar g'alabani nishonlagan. SHundan 12 g'alaba yirik natija bilan qo'lga kiritilgan. Piter Xyuistra shogirdlari o'z maydonida  90 gol urib, 18 to'p o'tkazib yuborgan. Faqat bir martadan jizzaxliklar yutug'i va durang qayd etilgan. 1995 yildan beri "So'g'diyona" safar o'yinlarida ochko olmagan. Diskvalifikaciya sabab Dragan CHeran bugungi bahsni o'tkazib yuboradi. 


Uchrashuvga jalb qilingan futbolchilar ro'yxati


PAXTAKOR – SO'G'DIYONA 

"Paxtakor" markaziy stadioni.  20:00

Hakamlar: Ahrol Risqullaev, Ruslan Serazitdinov, Aleksandr Sidorov, Elyor Tursunov

Nazoratchi: Baxtiyor Tog'aev

VAR hakami: Ilgiz Tantashev

VAR assistent: Andrey Capenko

VAR nazoratchi: Valentin Kovalenko

Operator: SHerali Jonaliev

Komissar: SHerzod Rajabov


Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика