So’nggi yangiliklar

07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  1 07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  3 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  2

"Paxtakor" Rostin Griffitsni tanishtirdi Yangiliklar

"Paxtakor" Rostin Griffitsni tanishtirdi

Toshkentning "Paxtakor" klubi avstraliyalik yarim himoyachi Rostin Griffitsni tanishtirdi.
Rostin Griffits 1988 yil 10 mart sanasida Angliyaning Stok on Trent shahrida tug'ilgan. Fuqaroligi Avstraliya. U faoliyati davomida Angliyaning "Blekbern Rovers", "Akkrington Stenli", Xitoyning "Guanchjou Fuli", Avstraliyaning "Adelaida Yunayted", "Nort Kvinslend Furi", "Sentral Kost Mariners", "Pert Glori", Gollandiyaning "Roda" klublarida faoliyat olib borgan. Uning so'nggi o'ynagan jamoasi - "Pert Glori".

Tanishtiruv marosimini Davron Fayziev olib bordi. Tadbirda klub bosh direktori Dmitriy Adisman, vice prezident Umid Ahmadjonov, sport direktori Jafar Irismetov, bosh murabbiy SHota Arveladze va yangi legioner futbolchi ishtirok etdi.

Dastlab klub bosh direktori Dmitriy Adisman o'z fikrlarini bildirdi: Biz doim musobaqa jadvalining yuqorisida bo'lishni istaymiz. SHu bois tarkibni kuchaytirayapmiz. Rostin Angliya, Avstraliyaning taniqli klublarida o'ynagan. U o'z tajribasi orqali yoshlarga ham katta yordam berishi kutilmoqda. Rostin jamoamizga foyda keltirishiga ishonamiz.

SHota Arveladze: Rostin haqida nima deyishim mumkin? U birinchi navbatda tajribali futbolchi. Birinchi davradagi so'nggi transfer bo'ldi. Osiyolik futbolchi qidirgandik. Xudoga shukurki bunday futbolchini topa oldik. Rostin bilan 18 oylik shartnoma tuzilmoqda.



- Siz Evropaning taniqli klublarida o'ynagansiz. O'zbekistonga kelish siz uchun orqaga tashlangan qadam emasmi?

Rostin: - Yo'q, buni ortga tashlangan qadam deya olmayman. Doim o'z oldiga yuqori maqsadlar qo'ygan klubga o'tish men uchun albatta o'ziga xos chaqiruv bo'ladi.

- Klub rahbariyati o'zining ko'plab yoshlarini boshqa klublarga bepulga berib yuborgani albatta hurmatga loyiq. Masalan, Javohir Sidiqov. Lekin keyinchalik klubni o'zi pand berib qo'ymaydimi?

Umid Ahmadjonov:
- Yo'q. Bizda etarli zaxira bor. Pand eb qolmaymiz. Sidiqovni transferi orqali boshqa klublar bilan do'stona aloqalarni bog'ladik. Akademiyamizni boshidan ko'rib chiqayapmiz.

- Siz bitta klubga ko'p o'ynamagan ekansiz... Bunga sabab nima?

Rostin:
- Tez tez o'zgarishlarga kelsak o'z oldiga yangi yangi maqsadlar qo'yganman. Hozirgi futbolda o'zgarishlar tabiiy hol.

- Legioner futbolchi keyingi turdan o'ynashni boshlaydimi?

SHota Arveladze:
- Ha, u jamoaga qo'shildi va navbatdagi turda o'ynash imkoniyatiga ega.

- Nima uchun aynan "Paxtakor"ni tanladingiz?

Rostin:
- SHota Arveladzeni hurmat qilaman. SHu bois O'zbekistonga keldim. Bundan tashqari Xitoyda bir necha bor o'zbek futbolchilariga qarshi o'ynaganman. Ular jismonan kuchli edilar.

- "Paxtakor" doim hujumkor futbol namoyish etgan. Bundan ham shunday bo'ladimi?

SHota Arveladze:
- Sizni tushundim. Albatta jamoa hujumkor o'yin ko'rsatamiz. Ammo zamonaviy futbolda kerak paytda himoyaviy, kerak paytda hujumkor o'yin namoyish etish kerak.

- Klub to'rt legioner bilan uzoq yillik shartnomalar tuzdi. Yil oxiriga borib qaysidir legioner bosh murabbiyning ishonchini oqlamasa ularning o'rniga boshqa futbolchilar olinadimi?

Umid Ahmadjonov:
- Bosh murabbiyimiz juda tajribali. Uning tanlagan futbolchilari kuchli va professional. Ammo agar siz aytgandek legionerlar murabbiyni qoniqtirmasa boshqa legioner olamiz.

- Stadion qurilishi haqida malumotlar chiqqandi. Qachon boshlanadi?

Umid Ahmadjonov:
- Albatta stadionda qurilish bo'ladi. Ammo bunga besh-olti oy vaqt kerak bo'ladi. Yani "Paxtakor" ikkinchi davrani o'z stadionida o'tkazadi.

Narzulla Saydullaev
Reyting: +23   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика