So’nggi yangiliklar

15:49Мартин Эдегор: "АПЛда ҳеч қачон осон бўлмайди"  0 15:27"Пахтакор" Косово жамоасига ютқазди  2 14:37ПСЖ собиқ футболчиси Индонезияда ўйнайди  0 14:04Рой Кин Майкл Кэррик МЮга мос келмайди деб ҳисоблайди: "Икки ўйинда ҳар ким ғалаба қозониши мумкин"  9 13:43Бугунги ўйинлар: “Ал Насср” уйда, АПЛда 23-турнинг охирги баҳси ва бошқалар  0 13:17"Арсенал" "Реал" ҳимоячисини сафига қўшиб олмоқчи  1 13:09Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  78 12:53Кэррик МЮнинг "Арсенал" устидан қозонган ғалабаси ҳақида: "Сити"га қарши ўйин осонроқ ўтганди"  6 12:25Артета МЮ билан ўйиндаги аламли мағлубият ҳақида фикр билдирди  7 11:58Брайан Мбеумо Робин ван Персининг натижасини такрорлади  3 11:29Гаттузо Верраттини Италия терма жамоасига қайтармоқчи  3 10:40Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг 2 нафар футболчиси мавсумни Тошкент клубида бошлайди  0 10:20Серхио Рамос "Севилья"ни сотиб олиш ниятида  1 09:55Патрик Виейра: "Арсенал"га етакчи етишмади, Сакадан кутилгани бўлмади"  0 09:28"Сўғдиёна" ярим ҳимоячиси "Металлург"га ўтмоқда  6

"Paxtakor": Raqibimiz "Naft" bilan tanishing Yangiliklar

"Paxtakor": Raqibimiz "Naft" bilan tanishing

24 fevral, seshanba kuni “Paxtakor” OCHLning 1-turida Tehronning “Naft” jamoasini qabul qiladi.
Ushbu jamoa joriy mavsumda Eron chempionatida peshqadamlar qatorida bormoqda. O'tgan mavsumda ham oxirgi turgacha “Naft” oltin medallar uchun kurashda asosiy favorit bo'lib turgandi.

“NAFT” FUTBOL KLUBI
Tashkil topgan sanasi
: 1950 yil 23 avgust
Stadioni: “Taxti”, OCHL uchun “Ozodi”
Egasi: Eron milliy neft kompaniyasi
Boshqaruvchisi: Mansur G'anbarzoda
Bosh murabbiyi: Ali Rizo Mansuriyan
 
“Naft” 1950 yil tashkil etilgan. Klubga Eron milliy neft kompaniyasi homiylik qilishni boshlagandan keyin jamoa o'sishga erishdi. Dastlab Tehron birinchiligidan mamlakat chempionatining uchinchi ligasiga ko'tarilgan jamoa keyin asta-sekinlik bilan yuqori divizion sari intilishni boshladi. Nihoyat, oradan yillar o'tib, yuqori ligada o'ynash huquqini qo'lga kiritdi. O'tgan mavsumda jamoa so'nggi tur arafasida birinchi o'rinda borayotgandi. Oxirgi turda “Sepaxan”ga imkoniyatni boy berib, 3-pog'onaga tushib ketdi. Saralash bosqichida “Al Jaish”ni dog'da qoldirgan tehronliklar ilk marta CHempionlar ligasi guruh bahslarida qatnashishadi.

Bosh murabbiy Eronning ko'zga ko'ringan futbolchilaridan biri sanalgan Ali Rizo Mansuriyandir. U “Istiqlol” va terma jamoadagi o'yinlari orqali ishqibozlar olqishlariga sazovor bo'lgan. “Naft”ni hozircha yaxshi boshqarib kelmoqda. Jamoa Eron Kubogida finalga yo'l oldi va chempionatda peshqadam bo'lib turibdi.

Ali Rizo MANSURIYAN
Tug'ilgan sanasi:
02.12.1971
Tug'ilgan joyi: Tehron, Eron
Futbolchilikdagi ampluasi: yarim himoyachi
O'ynagan jamoalari: 1993-1995 “Pars Xudro”, 1995 “Istiqlol”, 1996 “Balestier” Singapur, 1997 “Geylang Yunayted” Singapur, 1997-1998 “Istiqlol”, 1998-1999 “Ksanti” Greciya, 1999-2000 “Apollon” Kipr, 2000-2002 “Sankt Pauli” Germaniya, 2002-2008 “Istiqlol”.

Eron terma jamoasida 1996-98 yillarda 46 uchrashuvda 8 to'p kiritgan.

Boshqargan jamoalari: 2008-2009 “Istiqlol” (yoshlar), 2009 “Pas”, 2010-2011 Eron terma jamoasi (yordamchi), 2011 Eron terma jamoasi, 2011-2014 Eron olimpiya terma jamoasi, 2014 yildan “Naft”da.

Jamoa tarkibida mahalliy tajribali futbolchilar qatorida ko'plab yoshlarni ko'rish mumkin. SHuningdek, braziliyalik himoyachi Padovani, kamerunlik yarim himoyachi Virikom va gollandiyalik hujumchi Dikmenlar ham bor. “Naft” jamoaviy o'yin namoyish etishi sababli alohida futbolchini takidlab o'tish qiyin. Ushbu klub biz uchun hozircha notanish jamoa hisoblanadi.

Darvozabonlar
1. Alirizo Beyranvand
30. Ahmad Gohari
40. Vohid SHeyxveysi
99. Ali Muhsinzoda

Himoyachilar
4. Siamak Kurushi
5. Amin Hajmuhammadi
12. Meysam Judaki
13. Vohid Hamdinajod
14. Said Lutfi
17. Bahrom Dabbag'
20. Leandro Padovani (Braziliya)
22. Rizo Aliari
42. Ali Mog'tadai

Yarim himoyachilar
2. Mehdi SHiri
6. Alirizo Izzati
7. Hussayn Ibrohimi
8. David Virikom (Kamerun)
9. Vohid Amiri
11. Kamol Kamyabinia
16. Abbos Buazar
23. Iman Mobali
27. Arash Rizovand
44. Farid Mahdizoda
66. Murtazo Puraliganji

Hujumchilar

10. G'ulomrizo Rizoi
31. Ali Gorbani
41. Yusuf Arj
45. Muhammad Pak Nahad
77. Arsalan Motahhari
88. Donovan Dikmen (Gollandiya)
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика